Orenburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Orenburg
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Rossiya
Viloyat Orenburg viloyati
Koordinatalari 51°46′N 55°6′E / 51.767°N 55.100°E / 51.767; 55.100Koordinatalari: 51°46′N 55°6′E / 51.767°N 55.100°E / 51.767; 55.100
Ichki boʻlinishi 2 okrug: Severniy, Yujniy;
4 tuman: Dzerjinskiy, Leninskiy, Promishlenniy,
Rahbar Misheryakov, Yuriy Nikolaevich
Asos solingan 1743
Ilk eslatilishi 1735
Avvalgi nomlari 1938 — Orenburg
1957 — Chkalov
Maydoni 259[1] km²
Aholisi 579,3 ming 
Zichlik 2 112 kishi/km²
Aglomeratsiya 600.000
Milliy tarkibi ruslar 83,4 %
tatarlar 7,8 %
ukrainlar 2 %
qozoqlar 2  %
va boshqalar 4,8 %
[2]
Telefon kodi +7 3532
Pochta indeksi 460000
OKATO kodi 53401
Rasmiy sayti http://orenburg.ru
Orenburg (Rossiya)
Orenburg

Orenburg (1938-1957 y.larda Chkalov) — RFning Orenburg viloyatidagi shahar. Ural daryosi boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 529,6 ming kishi (1998). Shahar sanoatida mashinasozlik yetakchi oʻrinda — temirchilik, presslash asbobuskunalari, parmalovchi jihozlar, past voltli apparatlar, stanok va b. ishlab chiqariladi; yoqilgʻi, kimyo va neft kimyosi, yengil (ipak gazla-malar, koʻn), oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. 4 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼ-at muzeylari bor. Ilk bor 1735 y.da Oʻr daryosining Yoyiq (hoz. Ural)ga quyilish joyida vujudga kelgan (nomi shundan); 1743 y.dan hoz. oʻrnida. O. 18-a. va 19-a.ning 1-yarmida harbiy chegara liniyasining asosiy istehkomi; 1744 y.dan O. gubernyasi, 1782 y.dan Ufa no-ibligi (namestnichestvosi)ning markazi, 1796—1801 va 1865 y.dan gubernya markazi. O. kazak qoʻshinlarining harbiy va maʼmuriy markazi (1748 y.dan). 1850—81 y.larda general gubernatorlik markazi. Rossiya imperiyasi bilan Oʻrta Osiyo xonliklari oʻrtasida 18— 19-a.larda savdo va elchilik alokalari, asosan, O. orqali oʻtgan. Oʻrta Osiyodan O.ga savdo va elchilik karvonlari qatnab turgan (q. Orenburg savdo Nuli). 1900—1906 y.larda O. — Toshkent t.y. qurilgan. 1920—25 y.larda Qirgʻiziston Muxtor Respublikasi (oʻsha vaktlarda ruslar Qozogʻistonni Kirgiziya deb atagan) poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa darvozasi krldikdari (18-a.), karvonsaroy (1836—42) saklanib qolgan.[3]

Orenburg (1938—1957 yillari Chkalov) — Rossiyadagi shahar, viloyat markazi. 1735-yili qoʻrgʻon maqsadida barpo etilib, nomi Or daryosining nomiga bagʻishlab qoʻyilgan. Aholisi 579,3 mimg kishi (2011). Shaharda mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, oziq ovqatlar ishlab chiqarish, va boshqa mahsulot ishlab chiqarish sanoati yaxshi rivojlangan. 4 ta oliy oʻquv yurti, jahonnoma va tasviriy san'at muzeylari bor. Orenburg shahri Yoyiq daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan.

Aholisi[tahrir]

Shahr aholisi 579,3-mimg kishi (2011). Oʻrtacha zichligi 2 112 kishi./km². Aholining milliy tarkibi: ruslar 83,4 %, tatarlar 7,8 %, ukrainlar 1,97 %, qozoqlar 2,03 %, boshqurtlar 1,10 %, armanlar 0,63 %, mordvalar 0,52 %, va boshqalar 2,52 %.

Guberniya tuzulishi[tahrir]

Orenburg general-gubernatorligi, Qozogʻistonning gʻrbiy, shimoliy-gʻarb va janubiy-gʻarb tomonlarini oʻtarlash maqsadida 1850-yili barpo etilib, 1881-yilgacha saqlandi. 1868 yili Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga markazi Orenburg shahri boʻlgan Toʻrgʻay viloyati tashkil topdi. 1876—1881 yili Qozogʻistonning shimoliy-shrq tarafi bilan janubida Dala va Turkiston general-gubernatorliklarining tashkil topishi bilan, Orenburg general-gubernatorligi tarqalib, Orenburg guberniyasi holatiga keltirildi. Aytish joyizki Toʻrgʻay viloyati Orenburg guberniyasining tarkibida qoldirildi.

Manbalar[tahrir]