Budjet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Budjet (qadimiy Fransuzcha „baguette“-karmon, sumka) — bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir.

Taʼrif[tahrir]

  • davlat budjeti — moliyaviy rejalar tizimida etakchi oʻrinda turadi va davlatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi:
  • davlat budjeti — moliya tizimining barcha asosiy moliya institutlari — daromadlar, xarajatlar, davlat qarzlari birlashadigan va oʻzaro bogʻlanadigan markaziy boʻgʻini hisoblanadi;
  • davlat budjeti — davlatning soliqlar yordamida jamlanadigan eng yirik markazlashtirilgan pul jamgʻarmasidir. Davlat budjeti davlat tomonidan oʻz funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish yoʻlida sarflanadi. Tasdiqlangan budjet qonun kuchiga ega.

Davlat budjetining mohiyati[tahrir]

  1. davlat budjeti — davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
  2. budjet iqtisodiy kategoriya sifatida oʻzining tegishli moddiy ifodasiga ega boʻladi.

Budjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlat tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari kurinishiga ega boʻladi.

Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat budjeti — bu iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaa va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir.

Byudjet (ing . budget — hamyon, mablagʻ) — belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va harajatlar yigʻindisi. B. davlat darajasida (q. Davlat byudjeti), shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subʼyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. B.ni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash oʻz navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. B.da harajatlarning daromadlardan ortib ketishi B. taqchilligi muammosini keltirib chiqaradi (q. Byudjet taqchilligi), shu bois doimiy ravishda ularning muvofiqligi taʼminlab boriladi. Oʻzbekiston Respublikasining B. tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslari, davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, ijro etish tartibi va b. masalalar OʻzRning "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 14 dek.) bilan tartibga solinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]