Al-Xorazmiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Matematika
O'rta Osiyo uygʻonish davri
Abu Abdullah Muhammad bin Musa al-Khwarizmi edit.png
Al-Xorazmiyning 1200 yillik yubileyi sharafiga 1983-yil 6-sentabrda bosib chiqarilgan pochta markasi

Ism

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy

Tavalludi

taxm. 780, Xorazm, O'zbekiston

Vafoti

taxm. 850, Bogʻdod, Iroq

Falsafa maktabi

Bayt ul-Hikma

Asosiy qiziqishlari

matematika, astronomiya, astrologiya, geografiya

Olgan taʼsirlari

Arastu, Ptolomey



Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (arab. محمد بن موسى الخوارزمي‎‎ - (taxm. 780-850 yillarda yashagan) - mashhur O'rta Osiyolik musulmon matematigi, astronomi, astrologi, geografi, hamda qomusiy olimidir.

U taxminan, 780-yilda Xorazmda[1] (hozirgi Xivada, Oʻzbekiston) dunyoga kelgan va 850-yillarda vafot etgan. Al-Xorazmiy oʻz umrining aksariyatini Bogʻdoddagi Bayt ul-Hikmada olim sifatida ishlab oʻtkazdi.

Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi toʻgʻrisidagi birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant kabi "algebra fanining otasi" degan unvonga sazovor boʻldi.[2] Uning hind raqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda Gʻarb olamiga oʻnlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi.[3] Al-Xorazmiy Batlimusning "Joʻgʻrofiya" asarini koʻrib chiqib, yangiladi va shuningdek, uning oʻzi ham astronomiya va astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi.

Al-Xorazmiy nafaqat matematika sohasiga, balki shuningdek tillarga ham katta hissa qoʻshqan olimdir. "Algebra" soʻzi, olimning kitobida qayd etilishicha, kvadrat tenglamani yechishda qoʻllaniladigan 2 amaliyotning biri nomidan olingandir. "Algoritm" soʻzining oʻzagi esa Algoritmi boʻlib, u olimning ismini Lotinlashtirishdan kelib chiqqan. [4] Shuningdek, ispan tilidagi guarismoʻ'[5] va portugal tilidagi algarismoʻ' soʻzlari ham(ikkalasi ham raqam maʼnosini beradi) uning ismidan kelib chiqqan.

Mundarija

[tahrir] Tarjimai holi

Al-Xorazmiy haqida juda kam ma'lumot saqlanib qolgan, hattoki olimning qayerda tugʻilganligi borasida ham aniq ma'lumot yoʻq. Uning ismi olimning Xorazm(Xiva)dan ekanligiga ishorat etadi. Xorazm hududi hozirgi O'zbekistonning Xorazm viloyati hududiga toʻgʻri keladi va oʻsha davrda Xuroson davlatining bir qismi hisoblanib, Fors davlatining sharqiy qismida joylashgan. Bu paytda Xorazmda Abbosiylar sulolasi hukmronlik qilishardi.

Olimning kunyalari Abu Abdulloh (arab. أبو عبد الله‎‎) boʻlgan.

Tarixchi At-Tabari oʻz kitoblarida olim ismini Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-Majusiy al Qatrabaliy(arab. محمد بن موسى الخوارزميّ المجوسيّ القطربّليّ‎‎ deb keltirib oʻtadi. Al-Qatrabaliy laqabi uning Bogʻdod yaqinidagi Qatrabal shaharchasidan boʻlishi mumkin degan taxminni ham beradi.

Al-Xorazmiy oʻz asarlarini aksariyatini 813-833 yillar oraligʻida yozgan. Fors davlatida islom dini oʻrnatilgach, Bogʻdod yirik fan va savdo markaziga aylandi, uzoq Xitoy va Hindistondan koʻpgina olim va savdogarlar Bogʻdod shahriga sayotga kelishardi, shu oʻrinda al-Xorazmiy ham oʻsha davlatlarga safar qilardi. Al-Xorazmiy xalifa Ma'mun tomonidan tashkil etilgan "Hikmatlar uyi"da olim sifatida ishladi va u yerda u koʻpgina fanlarni, shu jumladan, yunon va sanskrit tillaridagi ilmiy qoʻlyozmalar orqali matematika fanini chuqur oʻrgandi.

[tahrir] Fanga qoʻshgan hissasi

Frederic Rosenning Muhammad bin Musa algebrasi asarining boshbeti (1831)

Olimning matematika, astronomiya, astrologiya, geografiya va kartografiyaga qoʻshgan ulkan hissasi algebra, trigonometriya va boshqa fanlarda keng kashfiyotlar yaratilishi uchun asos yaratdi. Kvadrat tenglamalarni yechishda uning tizimli va mantiqiy yondoshuvi tartibli algebra formulasini berdi, bu soʻz uning 830-yilda yozilgan "al-Кitаb al-muxtasar fi hisab al-jabr val-muqabala" (arab. لكتاب المختصر في حساب الجبر والمقابلة ‎‎tarj. "Tenglamalar va taqqoslashlar hisobi haqida muxtasar kitob") nomli kitobidan olingan. Bu kitob XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Hozirda Oksford universiteti kutubxonasida saqlanayotgan Al-Xorazmiyning "Al-jabr val muqobala" asari bugungi kunda ham kvadrat tenglamalarni yechishda ancha qulaylik keltiradi. Tenglamalardagi hadlar ildizlar, ularning kvadratlari yoki oʻzgarmas sondan iborat boʻlishi mumkin. Masalan:

(1)

O`quvchilar buni quyidagicha yozadilar:

(2)

va uni yechishga oʻtadilar. Ammo (1) dan (2) koʻrinishga olib kelish, aslida, Aljabr va almuqobala jarayonlarini bajarish natijasidir. Aljabr musbat ishoralarni tiklash demakdir:

(3)

Endi, oʻxshash hadlar almuqobala usulida ixchamlanishi kerak. Buning uchun oʻxshash hadlar qarama-qarshi qoʻyilib, katta miqdorlaridan kichiklari ayriladi:

(4)

Bu tenglamani umumlashtirib yozsak:

(5)

yoki kanonik shaklda

(6)

hosil boʻladi. Bu tenglamaning ikki tomonini a ga boʻlsak:

(7) hosil boʻladi. Uning yechimini Al-Xorazmiy quyidagicha yozadi:

(8)

Hozirgi kitoblarda (7) tenglamani ( ) shaklda yozish qabul qilingani uchun (8) formula ( ) shaklga keladi. (8) formula bilan ( ) formula orasidagi farq shundaki, Al-Xorazmiy ni tenglamaning oʻng tomonida bersa, hozir chap tomonida beriladi. Mashhur tarixchi Jorj Sartonning ta’biri bilan aytganda “ Al- Xorazmiy o’z davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart - sharoitlar nazarga olinsa, barcha davrlarning eng buyuklaridan biri” sanaladi. Olimning ilmiy merosi hamon o’z qimmatini saqlab, ilm ahillarining hayratiga sazovor bo’lib kelmoqda.

[tahrir] Algebra

Al-Xorazmiyning al-Jabr asari sahifasi.

[tahrir] Arifmetika

[tahrir] Joʻgʻrofiya

Hubert Daunichtning al-Xorazmiy planisferasi rekonstruksiyasi.
Taqqoslash uchun Batlimusning Joʻgʻrofiya asari asosidagi XV asrdagi xarita.

[tahrir] Astronomiya

[tahrir] Yahudiy taqvimi

[tahrir] Boshqa asarlari

[tahrir] Shuningdek qarang

Islom Oltin Davri

Matematika

Hikmatlar uyi

Ma'mun Akademiyasi

[tahrir] Izohlar

  1. Berggren, Hogendijk, Struik p. 93
  2. Gandz 1936
  3. Struik p. 93
  4. al-Daffa 1978
  5. ^ *Donald E. Knuth, Algorithms in Modern Mathematics and Computer Science. Springer-Verlag. 1979. ISBN 0-387-11157-3.

[tahrir] Qoʻshimcha mutolaa uchun

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda