Gʻazzoliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻazzoliy, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazzoliy [1058 — Tus (Eron) — 1111] — islom ilohiyotchisi, faylasuf. "Gʻ." taxallusi haqida turli fikr bor. Baʼzi olimlar gʻazzol (ip yigiruvchi) oilasida tugʻilgan, shu sababdan Gʻazzoliy taxallusini olgan desa, boshqalari esa Gʻazola (Tus yaqinidagi qishloq)da tugʻilgan, shuning uchun taxallusi Gʻazoliy deb hisoblaydilar. Nishopur (Sharqiy Eron) va Bagʻdodda taʼlim olgan. "Nizomiya" madrasasi (Bagʻdod)da islom huquqshunosligidan dars bergan. Mudarrislikdan voz kechib, 11 y. zohidlikda hayot kechirgan, ilm bilan mashgʻul boʻlgan. 1105 y.da Nishopurga kelib, yana madrasada mudarrislik qildi, ammo bu hol uzoqqa choʻzilmadi. Tusga koʻchib borib 300 ga yaqin talabaga xususiy tarzda dars berdi. Uning fiqhga doir "Bosit", "Vojiz", "Vosit", aqidaga doir "Qavoid al-Aqoid" ("Aqidalarning qoidalari"), "arRisolat al-qudsiya" ("Qudsiya risolasi"), mutasavviflar uchun "Ihya ulum ad-din" ("Diniy ilmlarni tiriltirish"), "Mukoshafat ul-qulub" ("Qalblar kashfiyoti") asarlari mashhur. Shuningdek, "Tahofut al-falasifa" ("Faylasuflarni rad etish"), "Kimyo-i-saodat" ("Saodat kimyosi"), "Maqosid al-falasifa" ("Faylasuflarning maqsadlari") asarlari olim ijodida muayyan oʻrinni egallaydi. Bu asarlarda Forobiy, Ibn Sino, Abu Hayyon atTavhidiy qarashlarining taʼsirini koʻrish mumkin.

Gʻ. oʻz asarlarida islom ilohiyotini falsafiy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Gʻ. xudoni aql orqali anglash mumkin emas, uni maxsus ruhiy, jismoniy harakatlar — sigʻinish va ibodatlar orqali anglash mumkin deb hisobladi. Sunniylik aqidalarini tasavvuf ideallari bilan birga qoʻshib talqin qilgan. Gʻ. fikricha, insonning Alloh buyurgan amallardan oʻziga maqbulini tanlab olishi oʻz ixtiyo-ridadir, shu bois mazkur xatti-hara-katlari oldindan belgilab qoʻyili-shiga qaramay ular uchun aynan in-sonning oʻzi masʼuldir. Gʻ.ga koʻra, jon xudo singari fazodan tashqari-da, olam xudo tomonidan yaratilgan. Gʻ.ning diniy tizimi tasavvufni anʼanaviy islom bilan birlashtirdi. Gʻ. gʻoyalari islom tafakkuriga va oʻrta asr Yevropa falsafasiga taʼsir koʻrsatdi. Gʻ.ni zamondoshlari "Hujjat ul-islom" ("Islom dalili") deb ulugʻlashgan.

Manbalar[tahrir]

  • Mukoshafat ul-qulub, T., 2002;
  • Ixya ulum ad-din, T., 2004;
  • Qiyomat va oxirat, T., 2004.