Taftazoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taftazoniy (toʻliq ismi Muhammad ibn Umar Saʼdiddin atTaftazoniy) (1322, Niso yaqinidagi Taftazon qishlogʻi — 1392.12.8, Samarqand) — qomusiy olim. T. qariyb 30 y. (1340 y.dan 1372 y.gacha) davomida Hirot va Movarounnahrning turli shaharlaridagi madrasalarda falsafa va mantikdan dare bergan. Soʻngra Temur daʼvatiga binoan Samarqandga kelib, saroyda xizmat qilgan va umrining oxirigacha shu saroyda yashab ijod bilan shugʻullangan. T.ning nazariy merosi oʻrta asrlar fanining barcha sohalarini oʻz ichiga olgan boʻlib, Qurʼon tafsiridan boshqa asarlari arab tilida yozilgan. Buasarlardan 14—16-a.ning 2yarmigacha Movarounnahr va uning atrofidagi madrasalarda oʻquv qoʻllanmasi sifatida foydalanilgan. Mantiq, huquq, mat., astronomiyaga doir asarlar yozgan. Bizgacha "Sharh alaqoid" (Abu Hafs Nasafiyning "Aqoid anNasafiy" asariga sharh) "Tahzib almantiq valkalom" ("Mantiq va kalomga sayqal berish"), "asSaʼdiya" (13-a. oxiri va 14-a. 1yarmida yashagan Kotibiyning mantiqqa oid "ashShamsiya" risolasiga yozilgan sharh), "almutavval" (Nutq sanʼatiga oid "Keng talqin"), "Muxtasar almaoniy" (ritorikaga oid "Qisqacha maʼnolar"), "alIrshod alhodiy" (arab tili grammatikasiga oid "Yoʻl boshlovchi rahbar"), "Maqosid attolibin" (falsafa va kalomga oid "Tolibi ilmlarning maqsadlari"), "Risola fi zavoye almusallas" ("Uchburchakning burchaklari haqida risola") kabi asarlari yetib kelgan. T. oʻzidan oddin oʻtgan mutafakkirlarning asarlariga turli sharhlar yozgan. Jumladan Naysaburiyning "Arifmetika haqida quyoshiy risola" asariga 2ta sharh yozgan: birinchisi — "Quyosh risola" (1389), ikkinchisi — "Uchburchak burchaklari haqida risola" boʻlib, birinchisining geometrik qismini sharhlaydi.

Adabiyot[tahrir]

  • Maʼnaviyat yulduzlari, T., 2001.

Sevara Saburova.