Ahmad Yassaviy
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad Yassaviy ( — 1166-67) Ilk turk mutasavvifi, yassaviylik (jahriylik) tariqatining asoschisi, orifona sheʼriyat boshlovchisi.
Mundarija |
[tahrir] Hayot yoʻli
XI-asrning soʻngida Sayram qishlogʻida (Hozirgi Qozog'iston territoriyasi)Shayx Ibrohim oilasida tugʻilgan. Shayx Arslonbobdan taʼlim olgan. Buxoroda Yusuf Hamadoniyga uchinchi xalfa boʻlgan, shayxlikni Hamadoniyning toʻrtinchi xalfasi Abduxoliq Gʻijduvoniyga topshirib, Yassiga qaytgan. Oltmish uch yoshida chillaxona qazdirib, «buyuk turk piri olamdan etakni silkkan» (Alisher Navoiy).
Yassaviylik tariqatining asoslari «Faqrnoma» (ayrimlar Yassaviyga nisbat beradilar), «Maslakul-orifin», «Lamaʼot», «Samaratul-mashoyix», «Javohirul-abror» kabi manqaba va risolalarda aks etgan.
«Devoni hikmat» kitob shogirdlari tomonidan tartib berilgan. Unda ilohiy ishq gʻoyasi va maʼrifiy mazmun yetakchilik qiladi. Hikmatlar maʼno va mohiyat eʼtibori bilan Qurʼoni karim va Muhammad alayhissalom hadislariga chuqur bogʻlangan. «Devoni hikmat»ning 20dan ortiq nusxalari OʻR FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Asar qoʻlyozmalaridan eng qadimgisi 17 asrga tegishli.
Yassaviy merosi va tariqati xorijda L. Massignon, A. Arberri, M. Smitt, X. Kisling, F. Mayer, A. Shimmel, R. Xartman, F. Koʻprulu, J. Trimingem, K. Eraslon, Idris Shox, Devin Di Uis; Rossiyada A. Krimskiy, I. Petrushevskiy, E. Bertels; Oʻzbekistonda Fitrat, A. [Saʼdiy]], E. Rustamov, B. Qosimov, I. Haqqulov, N. Hasanov tomonidan oʻrganilgan.
Qabri Qozogʻistonning Turkiston shahrida, 14 asrda Amir Temur tomonidan taʼmirlangan. Turkistonda Ahmad Yassaviy nomidagi turk-qozoq universiteti mavjud.
[tahrir] Sheʼrlar
|
[tahrir] Nashr qilingan manbalar
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar (nashrga tayyorl. I Haqqul. — T.: 1991).
Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (nashrga tayyorl. A.Abdushukurov). — T.:1992.
Oʻzbek adabiyoti namunalari (tuz. prof. Fitrat). — T.: 1928;
Ahmad Yassaviyning yangi topilgan hikmatlari. «Jahon adabiyoti» jurn. 2002, № 10.
[tahrir] Ilmiy adabiyot
Fitrat. Ahmad Yassaviy. «Tanlangan asarlar» (nashrga tayyorl.H.Boltaboev). 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000;
A.Saʼdiy. Yassaviy kim edi? (nashrga tayyorl. B. Doʻstqoraev) -T.: 1994.
E. Rustamov. Ahmad Yassaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi. «Oʻzbek tili va adabiyoti» jurn. 1972, № 4-5;
I.Haqqul. Ahmad Yassaviy. Hayoti va ijod yoʻli. — T.: 2001.
N.Hasanov. Turkiyada yassaviyshunoslik. -T.:1999.
|
Bu maqola O‘zbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
|
O‘z |
Iltimos, O‘zbek tili tipografik qoidalariga e’tibor bering. |
|
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnun bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |
|