Ahmad al-Fargʻoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Fargʻoniy 797865-yillarida yashab ijod qilgan buyuk ajdodimizdir. U oʻz asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Uning ijodiy faoliyati Bagʻdodda ulugʻ mutafakkir olim al-Xorazmiy rahbarligidagi «Bayt ul-hikma» bilan bogʻliqdir.

Ahmad al-FARG‘ONIY (to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibi Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy) (taxm. 797, Farg‘ona — 865, Misr) — astronomiya, mat., geogr. va b. ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan o‘zbek qomusiy oli-mi. Sharkda Al-Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy fa-oliyati to‘g‘risida juda oz, u ham bo‘lsa, uzuq-yuluq ma’lumotlar yetib kelgan. A. al-F. hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylar sulolasi hukm surgan, Arab xalifaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga ay-lanib, uning ijtimoiy-siyosiy va ma-daniy hayotida Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan kelgan ko‘plab mutafak-kirlar muhim o‘ringa ega bo‘la boshlagan tari-xiy davrda kechdi. A. al-F. Xalifa Xorun ar-Rashid (786 — 809) vorisla-857ri al-Ma’mun (813 — 833), Mu’tasim (833 -842) va Mutavakkil (846 — 861) hukmronlik qilgan davrda yashadi hamda avval Marv, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida ilmi hay’at (fala-kiyotshunoslik — astronomiya), riyoziyot (mat.) va jug‘rofiya (geografiya) fanlari bilan shug‘ullandi hamda qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi.A. al-F. dastavval (taxm. 811 y.) Farg‘onadan Marvga kelgan. Ilk o‘rta asrlardayoq Marv sh. O‘rta Osiyoning yi-rik madaniy va ilmiy-ma’rifiy markaz-laridan biri bo‘lgan, bu maskanda o‘sha davrlardayoq Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan ko‘plab olimlaru fozillar va mutafakkirlar to‘planib, Ajamnij madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb et-ganlar. Hatto 651 y.da so‘nggi Sosoniylar shahanshohi Yazdigard III ibn Shahriyor (632 — 651) arablar ta’qibidan qochib, poytaxt kutubxonasidagi kitoblarni o‘zi bilan Marvga olib kelgan. Xalifalik qo‘l ostiga o‘tgach ham Marv o‘zining qad. mavqeini yo‘qotmay, nafaqat ilmiy va madaniy markazga, balki fath etilgan sharqiy viloyatlarning siyosiy markaziga aylangan.Horun ar-Rashid vafoti (809 y.)dan so‘ng xalifalik taxtiga Muhammad al-Amin (809 — 813) chiqadi. Uning aka-si Abdulloh bilan taxt uchun (809 — 813 y.larda) olib borgan kurashi (Xorun ar-Rashid o‘g‘li Abdullohni 806 y.da Movarounnahr va Xurosonning noibi etib Marvga yuborgan edi) Abdullohning g‘alabasi bilan tugaydi. Muhammad al-Amin qatl etiladi. O‘sha yili (813 y.) Abdulloh al-Ma’mun nomi bilan taxtga o‘tiradi. Biroq u xalifalik poytaxti Bag‘dodga bormay, to 819 y.ga qadar Marv-da yashaydi. U o‘z atrofiga olimlaru fo-zillarni to‘playdi. 819 y. al-Ma’mun barcha saroy a’yonlari va olimlari bilan birga Maradan Bag‘dodga ko‘chadi. Ular orasida A. al-F. ham bo‘lgan. Bu davrda xalifalikda Horun ar-Rashid farmoni bilan bino qilingan ikkita rasadxona va boy kutubxona bor edi. Abu Rayxon Beru-niy ma’lumotiga Karaganda, rasadxona-lardan biri Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinida Kasiyun nomli tog‘da joylash-gan edi. Rasadxonalarda Horun ar-Rashid asos solgan ilmiy markaz "Bayt ul-hikmat" ("Donishmandlar uyi") olim-lari i. t.lar olib borardi. Ular orasi-da A al-F. xdm bor edi. A. al-F. avval Bag‘doddagi rasadxonada ish olib bordi, so‘ngra al-Ma’mun topshirig‘iga binoan Damashqsagi rasadxonada os-mon jism-lari harakati va o‘rnini aniqlash, yan-gicha "Zij" yaratish ishlariga rahbarlik qildi.A. al-F. yunon astronomlari, jum-ladan, Ptolemeyning "Yulduzlar jad-vali" asarida berilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish hamda o‘sha davrdagi barcha asosiy joylarning jug‘rofiy koordi-natalarini yangitdan aniqlash yuzasidan olib borilgan muhim tadqiqotlarda faol ishtirok etdi. Shu munosabat bilan arab tilidagi ilmiy atamashunoslikka doir ishlarni, xususan, falakiyot, riyo-ziyot va geogr.ga oid atamalarni belgilab chiqishdek maxsus ilmiy ishlarni amal-ga oshirishda ham A. al-F.ning xizmati katta. Bulardan tashqari, u ayrim astro-nomik asboblarni ixtiro etish, fala-kiyotshunoslikka doir arab tilidagi boshlang‘ich bilimlarni belgilash va tar-tibga solish ishlariga ham muhim hissa qo‘shdi. 832 — 833 y.larda A. al-F. Shom (Suriya) shim.dagi Sinjor dashtida Tad-mur va ar-Raqqa oraligida yer meridiani bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashdi. A. al-F.ning hayoti va ilmiy hamda amaliy faoliyati to‘g‘risidagi eng so‘nggi ma’lumot 861 y.ga man-subdir. O‘sha yili Abbosiy xalifa Abul Fazl Ja’far al-Mutavakkil (hukmronlik yillari 847 — 861) buyrug‘iga binoan Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan inshoot barpo etish uchun Misrning Qohira yaqinidagi Fustat sh.ga keladi. Ilmiy-texnik va me’moriy jihatdan g‘oyat ulug‘vor bu qurilma Nil daryosining Sayyolat ul-Rod mavzesida hozirga qadar 858saqlanib qolgan. Garchi A. al-F. haqida ma’lumotlar juda oz bo‘lsada, ammo o‘rta asrlarda sharq ilmiy dunyosida uning nomi mashhur bo‘lgan. Ibn annadim (10-a.), Ibn al-Kiftiy (12 — 13-a.)lar, Abul Faraj Bar Ebrey (13-a.) va Xoji Xalifa (17-a.) kabi Sharq fihrastchilari uning nomini o‘z asarlarida qayd etganlar.Musulmon mamlakatlari bo‘ylab sa-farga chiqqan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi ekspeditsiya a’zolari 1997 y. 5 dek.da MARda bo‘lishib, A. al-F. hayotini o‘rganishlari natijasida u Misrning Fustat sh.da vafot etganligi, Munattam tog‘ining sharqiy qismidan sal narida joylashgan Imom ash-Shofe qabristoniga dafn etilganligini aniqlashdi. Vaqt o‘tishi bilan uning qabri yo‘qolib ketgan. U yerdan olib kelingan tuproq Farg‘ona vodiysining Quva sh.da 1998 y. barpo etilgan ramziy qabrga qo‘yildi.Ilmiy merosi. Yozma manbalarda qayd etilishicha, A. al-F. ilk o‘rta asr falakiyot, riyoziyot va geogr. ilmlari yo‘nalishida bir qancha ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirgan. Uning asosiy astronomik asari — "Kitob al-harakot as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum" ("Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi"). Bu asar "Astronomiya asoslari haqidagi kitob" nomi bilan ham ma’lum bo‘lib, 1145 va 1175 y.larda Yev-ropada lotin tiliga tarjima etiladi. Shundan so‘ng A. al-F. nomi lotinlash-tirilib, "Alfraganus" shaklida G‘arbda shuhrat topadi. Uning "Astronomiya asoslari haqidagi kitob" asaridan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur bo‘lgan bilimlarni uz ichiga olgan. Uning geogr.ga oid bo‘limi Yer yuzidagi mamlakatlar va shaharlar haqidagi eng boshlang‘ich va zaruriy bi-limlarga bag‘ishlangan bo‘lib, "Yerdagi ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida" deb ataladi. Asarda falakiyot va geogr. ilmlarining asosiy mazmuni, va-zifalari va qismlari tushunarli dalil-lar asosida sodda qilib bayon etiladi. Xususan, Yerning dumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda ko‘tarilishi, tutilishi va bu tutilish-ning har bir joydan turlicha ko‘rinishi, masofalar o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishi o‘zgarishi haqida qimmatli mulohazalar bildiriladi. Umuman A. al-F.ning "Astronomiya asoslari haqidagi kitob" asari o‘rta asr musul-mon Sharqi mamlakatlaridagi, so‘ng Is-paniya orqali Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Qad. yunon ilmi, jumladan, astro-nomik ilmlar ham birinchi bor arabcha-dan tarjima qilingan risolalar orqali ma’lum bo‘ldi. A. al-F. asarining lotin-cha tarjimasi birinchi marta 1493 y.da tosh bosma usulida nashr etildi. 1669 y. mashhur golland matematigi va arab-shunosi Yakob Golius A. al-F. asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjima-si bilan nashr etganidan so‘ng A. a-F.ning shuhrati yanada ortdi. Yevropa Uyg‘onish davrining mashhur olimi Regiomontan 15-a.da Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyaga doir ma’ruzalarini A. al-F. asarlari asosida o‘qigan. A. al-F. nomi Dante (14-a.) va Shiller (18-a.) to-monidan tilga olinadi.Yevropa olimlaridan D’alamber, Bro-kelman, X. Zuter, I. Yu. Krachkovskiy, A. P. Yushkevich va B. A. Rozenfeld A. al-F.ning ijodiga va qoldirgan ilmiy mero-siga yuqori baho berganlar.Bizning davrimizgacha A. al-F.ning 7 asari saqlanib qolgan (lekin bular hoz. zamon tillariga tarjima qilin-magan). Asarlarning qo‘lyozmalari jahonning turli shaharlari — Berlin, Dushanba, London, Parij, Tehron, Tosh-kent, Mashhad, Patna, Rampur, Xalab va Qohiradagi yirik kutubxonalarda saqlanmoqda.A. al.-F.ning boy ilmiy mero-sini chuqur o‘rganish O‘zbekistonda 859mustaqillikdan keyin boshlandi. 1998 y. A. al-F.ning 1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Farg‘ona sh.da A. al-F. nomi bilan ataladigan istirohat bog‘i va qad. Quva shahrida A.al-F. haykali o‘rnatildi. YUNESKO ning 1998 yildagi tadbirlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori (1997 y. 27 noyabr)ga ko‘ra allo-ma hayoti va ijodiga bag‘ishlangan il-miy anjumanlar, badiiy ko‘rgazmalar o‘tkazildi, yangi kitoblar nashr etildi, spektakllar (dramaturg Hayitmat Rasul-ning "Piri koinot", Yo‘ldosh Sulaymon-ning "Farg‘ona farzandi", Nurulloxon hoji Abdulloh o‘g‘li "Bashar allomasi") sahnalashtirildi, filmlar suratga olindi. Oydagi 20 km li yirik krater-lardan biriga A. al-F. nomi qo‘yildi. Farg‘ona sh.dagi maydon, ko‘cha, makta-blarning biriga A. al-F. nomi berilgan.Ad;. Kari-Niyazov T. N , Astrono-micheskaya shkola Ulugbeka, M.-L., 1950; Nosirov A., Hikmatullayev X., Ahmad Farg‘oniy, T., 1966; Buyuk siymolar, al-lomalar (O‘rta Osiyolik mashhur muta-fakkir va donishmandlar), 1-kitob, T., 1995; Axmedov A., Ahmad al-Farg‘oniy, T., 1998.Abdulahad Muhammadjonov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil