Ali Qushchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ali Qushchi (taxallusi; asl is-mi-sharifi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) (1403, Samarqand — 1474, Istanbul) — falakiyotshunos va riyoziyotchi olim, muta-fakkir, Ulug‘bek ilmiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, uning yaqin shogirdi. Amir Temur qarorgohi boshlig‘ining o‘g‘li. Ulug‘bek saroyida qarchig‘aylar boqqani uchun uni "Qushchi" deyishgan. A. Q. boshlang‘ich ma’lumotni Samarqandda oladi (Qozizoda Rumiyda tahsil ko‘radi), o‘z ma’lumotini oshi-rish uchun 1414 y. da Eronning Kirmon sh.ga boradi va u yerdagi madrasada 3 yil ta’lim oladi, ayniqsa tabiiy fanlar-ni, xususan falakiyot, riyoziyotni puxta o‘rganadi, 1417 y. Samarqandga kaytadi. Bu vaqtda Samarqandda Ulug‘bek madra-sasi qurilayotgan edi. A. Q. shu madrasa-da ham ta’lim olishni davom ettiradi, Qozizoda Rumiy va G‘iyosiddin Koshiy-lardan ilm sirlarini o‘rganadi. Ma-drasani bitirgach, shu yerda falakiyot va riyoziyotdan mashg‘ulotlar olib bora-di, ilmiy ishlar b-n mashg‘ul bo‘ladi. Ulug‘bek rasadxonasini qurish ishlarida ham faol qatnashadi. Shu davrda "Hisob risolasi" va "Astronomiya risolasi" asarlarini yozadi va ilm ahli orasida katta obro‘ kozonadi. 1428 y. Ulug‘bek rasadxonasi ishga tushirilgach, bu yerda Ulug‘bek rahbarligida kuzatuvlar olib boradi, risolalar yozishda davom etadi. Ulug‘bekning "Ziji jadidi Ko‘ragoniy" asari yozilishida A. Q.ning ham hissasi katta. 1438 y. Ulug‘bek A. Q.ni Xitoy saltanatiga elchi qilib yuboradi, u Xi-toydan qaytib kelgach, "Matematika va astronomik jug‘rofiya" asarini yozadi.

Ulug‘bek vafotidan (1449) so‘ng uning Samarqanddagi mashhur kutubxonasi xavf ostida qoladi. Kutubxonani A. Q. saqlab qolgan degan taxminlar bor; ri-voyatlarga qaraganda kutubxonadagi kito-blarning ko‘p qismini A. Q. Samarqand yaqinidagi Xazrat Bashir qishlog‘iga ko‘chirgan. Ko‘p o‘tmay, ta’qiblardan qochib, A. Q. Samarqanddan chiqib ketish-ga majbur bo‘ladi. U avval Karmana va b. shaharlarda yashab, 1465 y. Turkiyaning Istanbul sh.ga boradi. Turk sultoni Muhammad II (1451—81) taraqqiyparvar shaxs bo‘lib, o‘z atrofiga olim va sho-irlarni to‘plar edi. A. Q.ning dong‘ini eshitgan sulton uni saroyga xizmatga ta-klif kiladi va olimlarga rahbar qilib tayinlaydi. A. Q. Turkiyada olimlar, faylasuflar, shoirlarni o‘z atrofiga to‘plab, ilmiy ishlarni taraqqiy etti-rishga intiladi, o‘zi esa riyoziyot, fala-kiyot, falsafa, mantiq, adabiyot, musiqa va b. fan sohalaridan risolalar yozadi. A. Q.dan 20 dan ortiq ilmiy asar me-ros bo‘lib qolgan. U ko‘p olimlarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa A. Q.ning "Ulug‘bek zijiga sharh" asari astronomiya tarixida katta ahamiyatga ega. U "Zij"ni geometrik teoremalar yordamida sharhlaydi. A. Q. asarlarining ko‘pchiligi Turkiyadagi Ayo-So‘fiyo madra-sasi kutubxonasida saqlanib qolgan.

Ulug‘bek maktabi namoyandalari va xususan A. Q.ning asarlari va dunyoqarashlari ilm-fan tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi. A. Q. dunyo moddiy nar-salardan iborat, moddiy narsalar esa oddiy va murakkab holda bo‘lib, ularda ichki ziddiyatlar mavjud, deb hisoblagan. U fasllar almashinuviga Yerning Quyoshga yaqinlashuvi sababligini aytgan.

A. Q. 16— 17-a.larda O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida riyoziyot fani rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. "Hisob risolasi" asaridan O‘rta Osiyo madrasalarida o‘quv qo‘llanmasi sifa-tida foydalanilgan. Bu asarda hindlar arifmetikasi (o‘nlik sanoq tizimi), fa-lakiyotshunoslar arifmetikasi (oltmish-lik sanoqtizimi) va geom. (handasa) haqida yangi fikrlar aytilgan. "Kitob ul-Muhamadiya" asarida A. Q. sonlar-dan ixtiyoriy natural darajali ildiz chiqarish usullarini va Nyuton binomi formulasini ko‘rsatadi, uning bu usul-lari hozirgi vaqtda Ruffini — Gorner sxe-masi deb nom olgan usulga o‘xshashdir. Bu asarida A. K,, kvadrat ildizini, umuman I darajali iddizni taqribiy hisoblash formulalarini beradi. Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi ildiz ishorasi Turkiston olimlari asarlarida qo‘llanilmagan: ildiz so‘zlar b-n yozilgan. A. Q. bu asari-da birinchi bo‘lib asoslagan "musbat" va "manfiy" atamalari, ularning tatbiqi mat. tarixida katta ahamiyatga ega. G‘arbiy Yevropaga "musbat" va "manfiy" sonlar 15-a. oxirlarida pizalik Leonardo asar-lari orqali tarqalgan. Kitobda uzunlik (masofa), kesmalar va yuzlarni o‘lchash va jismlarning hajmlarini hisoblash qoidalari bayon qilingan. Bu asarda tri-gonometriyadagi tekis uchburchaklar tri-gonometriyasi, sinus va kosinus teore-malari bayon etiladi, ba’zi shakllarning sirtlarini hisoblash uchun taqribiy formulalar beriladi, bu formulalar A. Q. dan oldin o‘tgan olimlar asarlarida uchramaydi. Kitobda keltirilgan sinus-lar jadvalidagi sinus funksiyasining qiymatlari hozirgi zamon qiymatlaridan deyarli farq qilmaydi.

A. Q. uchburchakning yuzini topish usulini ham bergan. Hozirgi i.t. ish-lari ko‘rsatishicha, A. Q. asarlaridagi to‘g‘ri chiziqli trigonometriyaga doir ko‘p masalalar birinchi marta berilgan ekan. Uchburchaklarni yechish masalasida konuslar teoremasini Koshiy va A. Q. birinchi marta ish-latganlar (Yevropa-da 1593 y. birinchi marta Viyet tatbiq etgan). A. Q. "Astronomiyaga oid ri-sola" asarida Ulug‘bek rasadxonasida olib borilgan kuzatishlarning natija-si o‘laroq, yulduzlar va sayyoralarning harakati, past (perigey), yuqori (apo-gey) masofalari haqidagi, fazoda har bir sayyoraning o‘rni, Quyosh uzoqligi haqidagi hisoblashlar va jadvallarni keltirgan, Oy va Quyosh tutilishi masa-lalarini ham juda aniq, to‘g‘ri va ilmiy tarzda tushuntirib bergan. Yuqorida aytilgan "Astronomiya risolasi"da A. Q. tuzgan dunyo haritasi berilgan. Xa-ritada asosan shim. yarim shar chegarala-ri ko‘rsatilgan; haritadagi ko‘ndalang chiziqlar iqlimlar chegarasini ifoda-laydi. Ekvatorning sharqiy yarim shari-dagi uz. "3332 farsang"— taxm. 20 ming km ga to‘g‘ri keladi. Harita bir qadar sxematik tarzda tuzilganligiga, uning haqiqatga mos kelmaydigan joylari borligiga qaramay, u O‘rta Osiyo harita-shunosligining bir na-munasi sifatida ahamiyatga ega. A. Q. mat. fanidan o‘qish kitoblari va qo‘llanmalar ham yozgan. A. Q. Samarqand ilmiy maktabi an’anala-rini davom ettirib, bu ilmiy maktab-ning fan sohasidagi katta yutuqlarini O‘rta, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakat-lariga tarqatishda faol ishtirok etadi. 320A. Q. vafotidan so‘ng uning shogirdlari — Mirim Chalabiy, Husayn Birjandiy, Bahovaddin Omuliy, Najmiddin Ali-xon va b. uning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.

A. Q. asarlari qo‘lyozmalari Tosh-kent Sharqshunoslik in-tida, Dushanba, Sankt-Peterburg , Mashhad, Istanbul, Oksford, Leyden (Niderlandiya) va Aya-So‘fiyo (Turkiya) kutubxonalari va b. joy-larda saqlanmoqda.

Manbalar[tahrir]

  • Astronomiyaga oid risola, T., 1968;

Adabiyotlar[tahrir]

  • Ahmedov B„ Ulug‘bek, T., 1965;
  • Nosirov A., Ali Qushchi, T., 1964;
  • Ahadova M., O‘rta osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doir ishlari, T., 1983;
  • Abdurahmonov A., Ulug‘bek akademiyasi, T., 1993.