Nodira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nodira (Komila)
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Nodira (taxallusi; ismi Moxlaroyim) (1792, Andijon —1842, Qoʻqon) — shoira, maʼrifatparvar va davlat arbobi. "Komila" va "Maknuna" taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon qokimi Rahmonqulbiy — ming qabilasidan, Fargʻona hukmdori Olimxonning togʻasi. Olimxon ukasi Umarxonga Margʻilon hokimligini beradi va uni 1807 y.da N.ga uylantiradi. N.shu xonadonda sheʼr yezishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi. N.ning turmush yoʻldoshi Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan.

1822 y.da Umarxon vafot etib, uning oʻgʻli, 14 yoshli Muhammad Alixon (Maʼdalixon) taxtga koʻtarildi. Lekin davlatni, asosan, N.ning oʻzi idora qildi. U madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga intildi. N.ning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida N.ning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar bilan koʻrsatib berilgan: "Asar yozishdan maqsadim N.ning oqila, fahmli, ilm va soʻzning qadriga yetadigan donishmand ayol ekan-ligini koʻrsatishdir... Umarxon vafo-tidan soʻng bu iffat sadafining in-jusi kunlarni xasratu firoq bilan shu tariqa oʻtishini noshukurlik deb bildi. U gulistondek Chahorchaman bogʻiga borib, Fargʻona, Toshkent, Xoʻjand, Andijon va b. shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarni oʻz xizmatiga chaqirtirib keldi". N. bir necha kitoblarni koʻchirtirdi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga tash-viqqildi. Shoira devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini oʻzi shaxsan koʻzdan kechirib turgan. U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla kalam, kumush qalamdon berib, ularni "Zarrin qalam"lik mansabiga koʻtargan.

N. bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga eʼtibor bergan. Goʻristoni ka-londagi Madrasai Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Mox^aroyim madra-sasini bino ettirgan. Buxoro amiri Nasrullo 1842 y.da Qoʻqonga bosti-rib kirib, Maʼdalixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, 14 yashar oʻgʻli Muhammad Aminxonni va N.ni foji-ali ravishda oʻldiradi.

N.ning adabiy merosi oʻz gʻoyaviybadiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz sheʼriyatning goʻzal namunalaridandir. Uning tula boʻlmagan o'zbekcha devoni Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida satslanadi (inv.№ 4132). Devonga N.ning 109 (yoki 1704 misra) gazali kiritilgan. N.ning uzi yozgan de-bochada tarjimai holiga oid baʼzi muhim maʼlumotlar berilgan. 19-a.dakoʻchirilgan, hoz. Oʻzbekiston FA Tarix muzeyi arxivida saqlanayotgan devonda N.ning "Komila" taxallusi bilan yozgan 19 (328 misra) gʻazali borligi aniklangan. 1962 y.da Namanganda shoiraning mukam-mal devoni topildi. Oʻzbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi davlat ada-biyot muzeyida saqlanayotgan (inv. № 313) bu devon shoiraning merosini toʻliq qamrab olgan, deyish mumkin. Bunda shoira yozgan debocha mukammal berilgan. Devonda shoiraning "Nodi-ra" taxallusi bilan yozgan 180 sheʼri jamlangan (shulardan 136 tasi oʻzbek tilida, 44 tasi tojik tilida). Jumladan, 11 muhammas, 2 musaddas, 1 musamman, 1 tarjiʼband, 1 tarkibband va 1 firoqnoma ham bor. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida N.ning "Maknuna" taxallusi bilan yozilgan, 333 gʻazaldan iborat bir devoni mavjud (inv. № 7766). Bugungi kunda biz N.ning oʻzbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz.

N. sheʼriyatining asosini lirika tashkil etadi. N. muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. U goʻzallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dardalamlari, ohu figʻonlarini kuyladi. Shoira oʻzini ishq oynasi deb atar ekan, bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi, ezgu istaklari va orzusi aks etgan. U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yogʻdu ekanligini kuyladi:Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et!N.ning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi. Muhabbat shaxsiy tuygʻular doirasidan yuqori koʻtarilib, odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga aylantiriladi. N. insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi. Shoiraning forstojik tilidagi mebosh radifli gazalida vafo mavzui keng doirada kalamga olinadi.

Shoira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo kabi hislatlarni maʼrifat, yaʼni Xudo vasliga erishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli hislatlarni oʻz ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitkadamlik bilan koʻngil ganjinasida asramogʻini obrazli qilib tasvirlaydi. Odamzod shu sifatlardan maxrum boʻlar ekan, u riyo yoʻliga kirib ketadi.

N. oʻz ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yoʻnalishiga asoslangan bir butunlik orkali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy muhab-bat yoʻlidagi ruhiy dunyosini ham juda goʻzal va jonli misralarda ifodalab beradi. N. sheʼrlarida islom ruhi, ta-savvuf taʼlimi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi va undan yaxshilik urugʻini qidiradi. N. saroyda yashasa ham, oʻzini maʼnaviy jihatdan baxtiyor hisoblay olmas edi.

Shuning uchun ham u gʻazallaridan birida: "Meni saltanat masnadida koʻrib, gumon etmang ayshu farogat b-n", deydi.

N. olimlar, shoirlar, ayniqsa, shoiralarni oʻz himoyasiga olgan. Shoira oʻz devonlarining "hamnishin olima afifalar, fozila hamsuhbat sharifalarning maslahatlari va tashabbuslariga koʻra jamlangani"ni oʻzbekcha devoniga yozgan soʻzboshisida qayd etib oʻtadi.

N. mumtoz sheʼriyatning mavjud hamma janrlarida qalam tebratdi. Uning oʻzbekcha va forsiychatojikcha gazallari aruzning turli vaznlarida 5, 7, 9, 13, hatto 18 baytli hajmda yaratilgan. Shoira gʻazallarining asosiy qismi 7—9 baytlidir. N. mumtoz adabiyot anʼanalarini qunt va ixlos bilan davom ettirgan. Navoiy, Fuzuliy, Bedil gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan. N. oʻz gʻazallarida koʻproq "mukar-rar" (soʻzning takrorlanib kelishi) va "qoʻsh mukarrar" usullaridan foydalangan. Asarlarida talmeh, majoz, tash-beh, istiora, tazod, tadrij, tashhis, intoq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qoʻllangan.

N. fors-tojik tilida ham goʻzal, taʼsirchan sheʼrlar yozgan. Ular ham mazmun va badiiy mahorat jihatdan oʻzbek tilidagi gʻazallaridek yuksak darajada yozilgan boʻlib, shoira ijodini yana ham keng va toʻlaroq oʻrganishda muhim rol oʻynaydi.

N. ijodiga boʻlgan qiziqish shoira qayotlik davridayoq boshlangan. Mashhur shoira Dilshod (1800—1905) N.ga maxsus gʻazallar bagʻishlab, uni "ilm-adab i va nazm osmonining yulduzi, ushshoqlari gʻazalxoni, shakar sochuvchi bulbul" deb taʼriflaydi. N. gʻazallariga juda ‘ koʻp shoirlar naziralar yozganlar, muhammas bogʻlaganlar. Oʻzbek adabiyotida va sahnada N.ning badiiy obrazi yaratildi. H. Razzoqovning "Nodira", Turob Toʻlaning "Nodirabegim" musiqali dramalari sahnalashtirildi. Komil Yormatov va M. Melkumovlarning ssenariysi asosida "Nodirabegim" fil-mi yaratildi. Shoira asarlari rus va b. chet tillarga tarjima qilingan. Fa-zallari oʻzbek maqomlari va xalq kuylariga solingan. Oʻzbekistonning sha-har va qishloqlarida koʻplab koʻchalar, kinoteatr, maktab va kutubxonalar N. nomi bilan yuritiladi.

Manbalar[tahrir]

  • ____Sheʼrlar, T., 1958; Devon, T., 1963; Asarlar (2 j.li), 1-j., T., 1968; 2-j., 1-2-kitob, T., 1971; Devon (forstojik tilidagi gʻazallar), Dushanba, 1967; Uvaysiy va Nodira, T., 1994.

Adabiyot[tahrir]

  • Jalolov T., Oʻzbek shoiralari, 1-kitob, 2nashr, T., 1970; Abdullayev V., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 2-kitob, 1967; Qa-yumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961; Qodirova M., Davr Nodirasi (Nodiraning hayot va ijod yoʻli), T., 1991; Maʼna-viyat yulduzlari, T., 2001.

Mahbuba Qodirova.[1]


Nodira (Komila) (1792—1842) Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda oʻsha paytda Margʻilon hokimi boʻlgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qoʻqonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842 yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.

Nodiraning sheʼriy merosi bir nechta devonlarining qoʻlyozmalari (inv. № 7768, 660, 2090) orqali yetib kelgan.Oʻzbekcha sheʼrlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Uning 10.000 misraga yaqin asari yetib kelgan. Gʻazal, muxammas, ruboiy, fard kabi koʻplab janrlardan faol foydalangan. Sheʼrlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil anʼanalarini davom ettirgan. Nodira gʻazallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan.

Fayl:Nodira devon.jpg
Nodira devoni muqovasi

Nodira hayoti va ijodini oʻrganish oʻz davridanoq boshlangan. Hakimxon Toʻraning «Muntaxabut-tavorix», Avazmuhammad Attorning «Tuhvatut-tavorix», Ishoqxon Toʻraning «Tarixi Fargʻona», Mushrifning «Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin» kabi tarixiy asarlarda, Uvaysiyning «Voqeoti Muhammadalixon», Nodir-Uzlatning «Haft gulshan» nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli maʼlumotlar bayon etilgan.

Ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, X.Razzoqov, M.Qodirova kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.

Andijonda shoira nomiga shahar markazidagi shohkoʻchalardan biri, kinoteatr va boshqa madaniy muassasalar qoʻyilgan.

Gʻazallar[tahrir]

Vasl uyin obod qildim…


Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli gʻamdin bu imorat boʻldi vayron oqibat.

Qildi choki piroqan dogʻI dilimni oshkor,
Qolmadi koʻnglumda zaxmi ishq pinhon oqibat.

Ahdu paymonlar qilib erdi, vafo qilgʻum debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yalgʻon oqibat.

Orzu qildim tutarmen deb visoli domanin,
Pora boʻldi hajr ilgida giribon oqibat.

Zohido, ishqu muhabbat ahlini maʼzur tut,
Yor koʻyida na boʻldi shayx Sanʼon oqibat.

Baski, qon boʻldi yurogim gavhari ashk oʻrnigʻa,
Qatra-qatra koʻzlarimdin tomdi marjon oqibat.

Ohkim, boʻldi yana subhi nishotim shomi gʻam,
Chehra pinhon etti ul xurshidi tobon oqibat.

Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida,
Poymoli hayli moʻr oʻldi Sulaymon oqibat.

Nodira, bulbul kibi to nola insho ayladim,
Navbahor oʻtti, xazon oʻldi guliston oqibat.


Marhabo


Marhabo, ey payki sulton, marhabo,
Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo.

Tal’ating farrux, muborak maqdaming
Qildi kulbamni guliston, marhabo.

Xoʻb kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.

Boʻldi mavzun qomatingdin munfail,
Sarvi nozi bogʻi rizvon, marhabo.

Qilgʻasen ul moh mehrin oshkor,
Subh yangligʻ pokdomon, marhabo.

Mujda keltirding visoli yordin,
Topti taskin dardi hijron, marhabo.

Kel beri, to xoki poyingni qilay
Toʻtiyoyi chashmi giryon, marhabo.

Ravshan aylarman chirogʻi ohni,
Koʻzlarimdur gavharafshon, marhabo.

Bu kecha hijron shabistonidadur
Anjumi ashkim charogʻon, marhabo.

Qoʻy kafi poyingni diydam ustina
Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo.

Nodira, har soʻzki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron: «Marhabo!»


Muhabbatsiz kishi odam emasdur


Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.

Uzoru qaddu raftoringni koʻrsat,
Chaman sarvu gulini sharmisor et.

Labi maxmurdadurmen, jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i humor et.

«Analhaq» mojarosin aylading fosh,
kel, ey Mansur, istiqboli dor et.

Duru ashku aqiqi xuni dilni
Kelu yoring ayogʻigʻa nisor et.

Kuyib, ey Nodira, olam eligʻa
Muhabbat shevasini oshkor et.


Dodim eshit


Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shohu, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.

Dudi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misraʼi barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.

Sarvinozim, sendin ayru naxli ohim boʻldi xam,
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.

Har nechakim, sabr taʼmirini bunyod ayladim,
Ashk selobida vayron oʻldi obodim, eshit.

Barcha yoru oshnodin aylading begonaligʻ,
Necha kunlar boʻldi hargiz qilmading yodim, eshit.

Kelki, bir soat seni koʻrmoq uchun mushtoqmen,
Telba boʻldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.

Nodira bodi sabodin senga irsol etgali
Qildi insho bu gʻazalni tab’i noshodim, eshit.


Dahrni imtihon etib ket


Kel, dahrni imtihon etib ket,
Sayri chamani jahon etib ket.

Bedardlaring jafolaridin
Faryod etib, figʻon etib ket.

Dunyo chamanini bulbulisen,
Gul shoxida oshyon etib ket.

Ey ashk, koʻzimni maktabidin
Hayrat sabaqin ravon etib ket.

Olam chamaniki bevafodur,
Bir oh bila xazon etib ket.

Ushshoq maqomi boʻstondur,
Azmi rahi boʻston etib ket.

Maqsad na edi, jahona kelding?
Kayfiyatini bayon etib ket.

Fosh etma ulusqa ishq sirrin,
Koʻngulda ani nihon etib ket.

Kel, ishq yoʻlida koʻzlaringni
Ey Nodira, durfishon etib ket.


Yorsiz na lazzat


Jon koʻrmadi roʻzadin halovat
Iftorda yorsiz na lazzat?

Yor aylasa yori birla iftor,
Yoʻq roʻzada mundin oʻzga davlat.

El barcha visol bazmida shod,
To subh chekib surudi ishrat.

Har shom menga navolayi gʻam
Iftor qilurgʻa boʻldi qismat.

Mohi ramazonki, fayzi choʻqtur,
Men xastagʻa yorsiz na rohat.

Har shom koʻzimni yoshi sham’im,
Xuni jigarim ba joyi sharbat.

Hijron ila roʻza javr etolmas,
Gar yor esa, Nodira, salomat.


Koʻzlarim mushtoqdur diydor uchun…


Koʻzlarim mushtoqdur diydor uchun, ruxsora och,
Pardani yuzdin, koʻzim qilgʻuncha bir nazzora, och.

Pardayi nozu hayo xomush laʼlingdin koʻtar,
Ikki gul bargini birdin guhar guftora och.

Besutun togʻida koʻp jon chekmagʻil, ey koʻhkan,
Koʻkragimdin joʻyi shir oʻrnigʻa oʻtligʻ yora och.

Ey koʻngul, dudi figʻoningdin kavokib tiyradur
Oh koʻp chekma, hijobi sobiti sayyora och.

Shavq komil boʻlsa, muxlis koʻchasi masdud emas,
Ey sharar, bir jazba birla rohi sangi xora och.

Muncha pinhon dogʻkim, ey jon, falak qoʻydi senga,
Yor agar kelsa, giriboningni aylab pora, och.

Nodira, ohu dilu shoʻri junun barpoy qil,
Ushbu lashkar birla olam mulkini yakbora och.


Ehtiyoj


Qilmagʻil zinhor izhor ehtiyoj
Kim, aziz elni qilur xor ehtiyoj.

Hech kim olamda forugʻbol emas,
Har kima oʻz miqdoricha bor ehtiyoj.

Ganji husningni zakoti ber menga,
Sen gʻanisan, menda bisyor ehtiyoj.

Koʻzlarim aylar yuzingni orzu
Kim erur koʻzguya diydor ehtiyoj.

Mustamand etti meni muhtojlik,
Qildi hojatmanding, ey yor, ehtiyoj.

Gar tilarsen obroʻ ahbob aro,
Aylama zinhor izhor ehtiyoj.

Qil ravo, albatta, oshiq hojatin,
Boqmagʻil arz etsa agʻyor ehtiyoj.

Bir tarahhum zohir etsang, netgusi,
Qildi husninggʻa meni zor ehtiyoj.

Yor vaslini tilarmen, Nodira,
Ayladi koʻnglimni afgor ehtiyoj.


Nodira ahvolidin ogoh boʻling


Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.

Ul parivash vaslidin boʻldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.

Yor uchun agʻyor dardin tortaman,
Koʻrmadim bir yorni agʻyorsiz.

Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Soya paydo boʻlmadi devorsiz.

Berma nisbat qaddiga, ey bogʻbon,
Sarvdur bu bogʻ aro raftorsiz.

Nodira ahvolidin ogoh boʻling,
(Ey musohiblarki, qolmish yorsiz).

Nashr qilingan asarlari[tahrir]

  • Nodira. Devon. -T.: 1963;
  • Nodira. Ey, sarvi ravon. -T.: 1992;
  • Komila -Nodira. -T.: 2002.

Ilmiy adabiyot[tahrir]

  • A.Qayumov. Qoʻqon adabiy muhiti. -T.: 1961;
  • M.Qodirova. Nodira. -T.: 1965.Hind yozuvi

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil