Irlandiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Irlandiya Respublikasi
Éire
Irlandiya davlat bayrogʻi   Irlandiya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: Amhrán na bhFiann
(The Soldier's Song)
Irlandiya Xaritasi
Poytaxt Dublin
Rasmiy til(lar)
Hukumat Parlamentlik Respublika
 •  Prezident   Meri MakAleeze
 •  Taoiseach   Brian Cowen
Mustaqillik  
 •  Birlashgan Qirolligidan   6 dekabr 1921
 •  Birlashgan Qirolligidan   1948
Maydon  
 • Butun 70,280 km² (120-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 4,015,676 (123- oʻrin)
 • Zichlik 57/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$136,900 mil. (53-)
 • Jon boshiga AQSh$34,091
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma EI
Internet domen .ie
Telefon prefiksi +353


Irlandiya (irlandcha Eire, ing . lrelang) — Gʻarbiy Yevropada, Irlandiya o. da joylashgan davlat. Mayd. 70,3 ming km2. Aholisi 3,84 mln. kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 26 graflikka boʻlinadi, ular 4 tarixiy viloyat (province)ra birlashadi. Poytaxti — Dublin sh.


Davlat tuzumi[tahrir]

I. — respublika. 1937 y. 29 dek. da qabul qilingan hamda 1972 va 1999 y. larda tuzatishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1997 y. dan Meri Makalis xonim). U aholi tomonidan toʻgʻri umumiy va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 y. muddatga saylanadi, ikkinchi muddatga yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hoki-miyatni Milliy parlament amalga oshiradi, uning tarkibiga prezident va ikki palata: vakillar palatasi bilan senat kiradi. Ijrochi xrkimiyatni vakillar palatasining taklifiga bino-an prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi.


Tabiati[tahrir]

Sharqiy qirgʻoklari ancha tekis, jan. qirgʻoqlarida buxta va qoyali burunlar, gʻarbiy qirgʻoqlarida ichkariga chuqur kirgan qoʻltiklar koʻp. Yer yuzasining yarmidan koʻpini Mar-kaziy tekislik (bal. 40—100 m) egallagan, bu tekislikda tepalar va past togʻlar bor. Tepalar, asosan, qumtoshlardan, past togʻlar ohaktoshlardan iborat, ularning ustini morena yotq-iziqlari qoplagan. Ohaktoshli yerlarda ungur, gʻor kabi karst relyef shak-llari, yer osti daryo va koʻllari uchraydi. Chekka qismlarida past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Jan.-gʻarbidagi Kerri togʻi (1041 m) I. dagi eng baland togʻdir. I. da torfning katta zaxiralari, toshkoʻmir, qoʻrgʻoshinrux, mis, fosforit bor.

Iqlimi — moʻʼtadil okean iqlimi, obhavosi beqaror, seryomgʻir, tuman koʻp tushadi, tez-tez shamol esadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 5—8°, iyulniki — 14—16°. Yillik yogʻin 700—2000 mm. I. da daryo, koʻl va botqoklik koʻp. Daryolari sersuv, muzlamaydi, kemachilikda va elektr energiyasi olishda foydalaniladi. Yirik daryosi — Shannon.

I. ning koʻp qismi torfli yalangliklar, oʻtloklar. Oʻtloqlari doimo koʻmkoʻk. Yalangliklarda torfli-botqoq va qumoq tuproqlar uchraydi. Oʻtloq joylarning tuprogʻi — podzol va oʻtloqpodzol tuproqlar. Hayvonlari Gʻarbiy Yevropanikiga oʻxshash, turi kam. Yovvo-yi hayvonlarning kupi qirib tashlangan. Milliy bogʻlari: Glenya, Killari.

Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, shotlandlar. Rasmiy tillari — irland va ingliz tillari, asosiy soʻzlashuv tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik.


Tarixi[tahrir]

I. hududida inson mil. av. 6ming yillikdan buyen yashaydi. Mil. av. 4-a. da kelt qabilalari koʻchib kelib mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan. 5-a. da xristian dini tarqalgan. I. ga normannlar (795—1014) , ingliznormand qoʻshinlari (1169—71) bir necha bor hujum qildi. 14—17-a. larda irland xalqi ingliz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo boʻlishiga inglizlar qarshilik koʻrsatdi. 18-a. oxirida irland vatanparvarlarining bosqinchilarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801 y. 1 yanvar da "Uniya haqida akt" eʼlon qilindi. Shundan keyin Angliya oʻz parlamentidan I. vakillariga bir necha oʻrin berib, I. parlamentini bekor qildi. 19-a. mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni toʻxtatmadi.

1-jahon urushi yillarida I. mehnatkashlari urushga va mustamlakachilarga qarshi kurashdi. 1916 y. gi I. qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919—21 y. lardagi partizanlar urushi natijasida 1921 y. dek. da tuzilgan Angliya — I. biti-miga muvofiq, I. ning jan. qismi mustaqil deb eʼlon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937 y. gi yangi konstitutsiyada I. "Eyre mustaqil davlati" deb eʼlon qilindi.

2-jahon urushi yillarida I. betaraf turdi. Garchi 1949 y. I. mustaqil respublika deb eʼlon qilingan boʻlsa ham mamlakatning shim. qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saklanib qoldi. 1955—61 y. larda mamlakatni birlashtirish maqsadida I. maxfiy harbiy tashkilot toʻdalari Shim. I. dagi maʼmuriy va politsiya bi-nolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959 y. I. Resggublikasi va Shim. I. ka-saba uyushma markazlarining birlashishidan I. tred-yunionlar kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda I. siyosatida Shim. I. muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari bilan bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985 y. da imzolangan bitimga binoan, Shim. I. ga taalluqli ichki muammolarni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish koʻzda tutilgan. 1993 y. da imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinch siyosiy vo-sitalar bilan bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998 y. dan Olster mu-ammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vositachilik qila boshladi. I. — 1955 y. dan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni. 1991 y. dek. da OʻzR suverenite-tini tan olgan.


Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir]

Fianna Fayl ("Taqdir askarlari"), 1926 y. tashkil etilgan; Fine gal ("Birlashgan Irlandiya"), 1933 y. asos solingan; I. leyboristlar partiyasi, 1912 y. tuzilgan. I. kommu-nistik partiyasi, 1921hy;~asos solingan; Demokratax soʻl partiya. 1992 y. tashkil etilgan; Taraqqiyparvar de-mokratik partiya, 1985 y. tuzilgan; I. ishchilar partiyasi, 1970 y. asos solingan. I. tred-yunionlar kongressi (1894) I. va Shim. I. ning 66 kasaba uyushmalarini birlashtiradi.


Xoʻjaligi[tahrir]

I. — industrial mamlakat. Yalpi ichki maxulotda sanoat ulushi 37%, q.x. ulushi 10,1%, xizmat sohasi ulushi 50% dan koʻproqni tashkil etadi. 50-y. largacha I. iqtisodiyotida q.x. va chorvachilik ustun boʻlgan. Endilikda u xorijiy sarmoya yordamida mashinasozlik, elektronika, kimyo sanoati kabi ogʻir sanoat tarmoqlarini va ichki imkoniyatlar hisobiga oziq-ovqat, oʻrmon, toʻqimachilik, yengil sanoat kabi anʼanaviy tarmoqlarni rivojlantirishga erishdi. Keyingi yillardagi iqtisodiy taraqqiyot tufayli I. oʻsish surʼatlari jihatidan Yevropada oldingi oʻrinlarga chiqib oldi. Mahsulot eksport qilish koʻpaydi.


Sanoati[tahrir]

Tabiiy resurslari torf, qoʻrgʻoshin, rux, mis, kumush, tabiiy gazning katta, toshkoʻmir, temir rudasi va piritning ozroq zaxiralaridan iborat. Shular tufayli konchilik sanoati va ayni vaqtda q.x. xom ashyosini qayta ishlash tarmoqlari yetakchi oʻrinda. Metallurgiya (asosan, poʻlat eritish), mashinasozlik (ayniqsa, kemasozlik, avtomobil yigʻish, priborsozlik), elektrotexnika, neft kimyosi, qurilish ashyolari korxonalari bor. Oziq-ovqat tarmoqlari orasida goʻsht, sut, yogʻ, pivo, qand-shakar, spirt-araq korxonalari ayniqsa faol ishlaydi. Torf qazib olish va undan foydalanish sohasida I. dunyoda oldingi oʻrinda turadi. I. energiyaga boʻlgan ehtiyojining 40% ni ichki imkoniyatlari hisobidan qoplaydi. Energiya balansida chetdan keltiriladigan neftning ulushi kamayib, koʻmir va torfning ulushi oshib bormoqda. I. da yiliga oʻrtacha 14,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Mamlakatda xorijiy investitsiyalar faol jalb etilgan. Bu sohada Buyuk Britaniyadan ta-shqari AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiyaning mavqei kuchli. Xorijiy sarmoya yordamida barpo etilgan 800 dan ortiq korxona sanoat mahsuloti eksportining 80% ni beradi.


Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

Chorvachilik — mamlakat q.x. ning asosiy tar-mogʻi hisoblanadi: bu tarmoq yalpi q. x. mahsulotining 88% ni beradi, uning 80% eksport qilinadi. Asosan, qoramol (7,2 mln.), qoʻy (9 mln.) bo-qiladi. Fermer xoʻjaliklarining 70% ga yaqini 25 ga gacha yerga ega boʻlgan oʻrta va kichik fermer xoʻjaliklaridir. Q. x. ga yarokli yerlarning salkam 70% yaylovlarga toʻgʻri keladi. Dehqonchilikning iqtisodiyotdagi ahamiyati unchalik katta emas va u mamlakatning donga boʻlgan ehtiyojini qoplay olmaydi. I. da oz mikdorda qand lavlagi, suli, arpa, bugʻdoy, kartoshka yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan.


Transporti[tahrir]

T. y. uzunligi 2,8 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 92 ming km. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy portlari — Dublin, Kork. I. chetga mashina va asbob-uskuna, krra-mol, oziqovqat, kimyo, toʻqimachilik mahsulotlari va sh. k. chiqaradi. Chetdan transport vositalari, neft va b. keltiradi. Keyingi yillarda tashki savdoda ijobiy saldoga erishildi. Sayyohlik ham katta daromad keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AK.Sh va Rossiya. Pul birligi — irland funti.


Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir]

I. da 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 9 y. lik majburiy taʼlimi joriy etilgan. Boshlangʻich maktab — 6 y. lik. Oʻrta maʼlumot davlatga yoki xususiy shaxslarga qarashli maktablarda olinadi. Har yili maktablarni bitirib chiqqanlarning 50% oliy oʻquv yurtlariga kiradi. 4 universitet, ularning xuzurida kollejlar, jumladan, Dublin unti (Triniti kolleji, 1592), Dublindagi Milliy universitet (1908), Limerik sh. dagi texnikaga yoʻnaltirilgan Milliy oliy taʼlim instituti bor. Ilmiy muassasalari: Dublin qirollik jamiyati (1731), I. qirollik akademiyasi (1786), tibbiy (1882), ijodiyot (1932), rassomlik, haykaltaroshlik va meʼ-morlik (1823) tarmoq akademiyalari. Eng yirik kutubxonalari: Dublindagi Milliy va Xalq kutubxonalari. Muzeylari: Dublindagi Milliy muzey (1731), Milliy galereya (1864), Fuqarolik muzeyi (1953), Zamonaviy sanʼat galereyasi (1953).

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: "Ayrish independent" ("Irlandiya mustaqilligi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1905 y. dan), "Ayrish press" ("Irlandiya matbuoti", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1931 y. dan), "Ayrish tayme" ("Irlandiya vakti", ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1859 y. dan), "Ivning gerald" ("Kech-ki xabarchi", ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1891 y. dan), "Innyu" ("Bugun", irland tilidagi haftalik milliy gaz., 1943 y. dan"), "Iris efi-gyul" ("Rasmiy gazeta", irland tilida haftasiga 2 marta chikadigan gaz., 1922 y. dan), "Ayrish pipl" ("Irland xalqi", ingliz tilidagi haftanoma), "Ayrish soushelist revyu" ("Irland sotsialistik sharhi", ingliz tilida har chorakda chiqadigan nazariy jur., 1969 y. dan), "Ayrish uorkers voys" ("Irland ishchilari ovozi", ingliz tilidagi haftalik byulleten). I. radio va telekoʻrsatuvi davlat mahkama-sidir. I. da 1926 y. dan radioeshittirish, 1961 y. dan telekoʻrsatuvlar olib boriladi.

Adabiyoti irland va ingliz tillarida. Xalq ogʻzaki ijodining dastlab-ki namunalari 1-a. da yaratilgan. Soʻngroq diniy mavzudagi yozma adabiyot (6-a.), tarixiy vokeayaar va mi-fologik syujetli sagalar (8—9-a. lar-da) paydo boʻlgan. 12-a. da bardlar (xalq baxshilari) sheʼriyati yuqori bosqichga koʻtariladi.

16—18-a. lar I. dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik gʻoyalari targʻib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. O’Nayv, J. Najent, E. O’Xassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub "Irlandiya tarixi" (1640) alohida ahamiyatga ega boʻldi. I. jamiyatining urugʻchilik tuzilmasi barbod boʻlgach, bardlar sheʼriyati tanazzulga uchradi. Poeziyada xalqchillik ruhi kuchaydi (E. O’ Raxilli, J. Makdonnell, O. R. O’Sallivan). 18-a. oxiridan ingliz tilidagi adabiyotning salmogʻi osha bordi. 19-a. 1-yarmida romantizm irland adabiyotida bosh yoʻnalish boʻldi. 40-y. larda eng isteʼdodli shoirlar "Yosh Irlandiya" inqilobiy-demokratik tashkiloti tevaragida birlashdi. J. K. Mangan, S. Fergyuson, T. Devis siyosiy satira va insoniy lirika anʼanalarini da-vom ettirdilar. Vatanparvarlik balladasi eng ommaviy janr boʻlib kolli. Prozada tarixiy va oilaviy-mai-shiy mavzudagi romanlar yaratildi (J. Griffin, J. Beynim, M. Ejuort, U. Karlton). 19-a. oxirlarida "Irland uygʻonishi" deb atalgan milliymadaniy harakat boshlandi, U. B. Yits bu harakatning tashabbuskorlaridan boʻldi. Uilyam Yits oʻz ijodida kelt mifologiyasiga qaytdi. Bu irland milliy adabiyotini qayta vujudga keltirish imkonini berdi. Yits oʻzining teatr asarlari bilan sheʼriy dramaga koʻp yangiliklar kiritdi. 20-a. boshlaridagi adabiyotda poeziya va dramaturgiya yetakchi mavqeni egalladi. 1916 y. da ingliz mustamlakachilari tomonidan otib tashlangan vatanparvar shoirlarning ijodi irland xalqining inqilobiy anʼanalari ruhi bilan sugʻorilgan edi. 20—30-y. larda realistik romanchilik yetakchi jan-rga aylandi (P. O’Donnell, Sh. O’Fa-oleyn, L. O’Flaerti, J. Felan). I. O’Keysi oʻz tarjimai holi asosida yozgan epopeyasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalq milliy-ozodlik harakatini har tomonlama chuqur tasvirlab berdi. 60—80y. larda yaratilgan asarlarda ishonchsizlik, ojizlik, yolgʻizlik kayfiyatlari va zolimlarga qarshi xalq nafrati aks etdi. Olsterdagi inson huquqlari uchun kurash — hozirgi I. adabiyotining eng asosiy mavzularidan biri. J. Karrik, R. Myorfi, T. Kinsella, B. Kliv, B. Fril asarlari bunga misoldir.

Meʼmorligi qad. kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davridan harsang toshlardan barpo etilgan sagʻanalar va diniy inshootlar saqlanib qolgan. 5—11-a. larda I. da tosh kapella-ibodatxonalar, baland soqchi minoralar (Glendalox, Kels va b. joylarda), 12-a. oxiridan 14-a. gacha gotika uslubida butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12—16-a. lar)da I. meʼmorligining oʻziga xos tomonlari saklangan (Dublindagi Krayst-chyorch ibodatxonasi va b.). 17—18-a. larda va 19-a. boshlarida Dublinda ingliz klassitsizmi uslubida maʼmuriy binolar, saroylar va uylar, 1829 y. dan ingliz neogotikasi uslubida cherkovlar qurildi. 19-a. va 20a. boshlarida port shaharlarida rejali va qorishiq us-lubdagi binolar paydo boʻldi. 20-a. 2-yarmidan I. shaharlarida zamonaviy bino va meʼmoriy majmualar qurila boshladi (M. Skott va T. Kennedi kabi meʼmorlarning Dublin va Golueydagi ishlari).

Tasviriy sanʼatida jez davridan geometrik naqshli tilla zeb-ziynat asboblari, temir davridan murakkab guldor metall buyumlar saklanib krlgan. 5—12a. larda imoratlar, tosh xochlar, jez plastinalar hayvonlar tasviri tushirilgan naqsh bilan ziynatlangan. Nafis kitob miniatyuralari (8-a. ga mansub "Kels Injili") yara-tilgan. 18-a. da koʻpchilik rassomlar (Ch. Jervas, toʻngʻich N. Xoun, J. Barret va b.) Angliyada taʼlim olib, oʻsha yerda ijod qildilar. 19-a. rassomlari realizm va oʻziga xoslikka intildi (ken-ja N. Xoun manzaralari, U. Osborn kartinalari). 20-a. boshlarida milliy realistik maktab shakllandi, manza-ra va portretlar yaratildi (J. B. Yits, Ch. Lemb, J. X. Kreyg , V. Irl va b.). Hoz. I. da realizm anʼanalari bilan bir qatorda modernizm yoʻnalishlari tarqalgan. Xalq hunarmandchiligida toʻqimachilik, kashtachilik, qamishdan buyumlar toʻqish rivojlangan.

Musiqa folklori qadimdan bir ovozli boʻlgan. 16-a. oxiridan koʻp ovozli diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll O’Katayn, J. va X. Skott, Keroll O’Deyli, T. va U. Konellan va b. arfa uchun kuy hamda ishqiy qoʻshiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlardir (16— 17-a. lar). I. da professional musiqaning shakllanishida 18-a. da D. Myorfi, M. Kelli, J. Fids, 19-a.da M. Balf, 20-a. da Ch. Stan-ford, A. Baks va b. muhim rol oʻynagan. 1856 y. Dublinda konservatoriya, 1964 y. da milliy opera truppasi tashkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. I. da simfonik orkestrlar, xor birlashmalari, musiqa jami-yatlari bor.


Teatri[tahrir]

Badiiy oʻqish va badihachilik sanʼati I. da majusiylik davridan mavjud. 16-a. da Dublinda diniy mavzudagi dramalar koʻrsatilgan. 17-a. dan ingliz aslzodalari uchun teatrlar tashkil topgan. 1899 y. U. B. Yits va A. Gregori Dublinda I. adabiy teatrini tuzdilar. 1901 y. da I. milliy drama jamiyati, 1904 y. da uning zaminida Dublindagi doimiy teatr (keyinchalik Abbatlik teatri) yuzaga kelgan. Abbatlik ("Ebbi teatr") da esa spektakl yaratishning yangi prinsiplari ishlab chiqildi. 1922 y. drama ittifoqi tashkil topdi. 1928—31 y. larda Golueyda Gel teatri ishladi. 1929 y. da E. Xelton va M. Mak-Liamoir tomonidan Dublinda zamonaviy teatrlarning novatorlik usullarini tasdikdaydigan teatr vujudga keldi. Uning sahnasida irland mualliflarining pyesalari, U. Shekspir, O. Uayld, B. Shou, A. P. Chexov, L. Tolstoy asarlari qoʻyildi. 1939 y. dan Abbatlik teatri gel tilidagi spek-takllarni ham namoyish eta boshladi.

Kinosiga 1936 y. asos solingan. 30— 40-y. larda I. kino instituti tashkil boʻlgan. 1958 y. dan "Ardmor" kinostudiyasi ishlay boshladi. "Obrazlar", "Och binafsha rang taksi" kabi filmlar ishlandi. "Yits mamlakati", "Irlandiya xalqi", "Ozodlik", "Bu toshlar qoladi" kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1982 y. "Quvilganlar" badiiy filmi (rej. Vinn-isimond) ekranga chiqdi. Mashhur rej. lari: M. O’Kelli, P. Keri, B. Kuini, R. Mangs, L. Markes, D. Komerford, K. Gikki. 1970 y. da kinematografiyachilar birlashmasi tu-zilgan.

Oʻzbekiston — I. aloqalari. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ikki mamlakat oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalar rivojlana boshladi. Oʻzbekiston I. ga, asosan, paxta tolasi va bir oz miqdorda maʼdanli oʻgʻit eksport qiladi. I. dan don, mol yogʻi, oʻsimlik yogʻi va sariyogʻ, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, dori-darmon, kiy-im-kechak, organik kimyoviy birikmalar, elektr jihozlari va sh. k. larni sotib oladi. Shu tariqa 2000 y. da oʻzaro tovar aylanmasi 14,3 mln. AKIIT dollariga yetdi. "Oʻzbeksavdo" uyushma-sining "Tijorat" firmasi I.ning "Verloni ltd" firmasi bilan I. dan Oʻzbekistonga 2,6 mln. dollarlik kungaboqar yogʻi yetkazib berish haqida shartnoma tuzgan. "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 1995 y. dan I. ning "Esb International" firmasi bilan hamkorlik qilmoqda. Shu yili bu firma xalqaro tashkilotlar tomonidan koʻrsatilayotgan texnikaviy koʻmak dasturi doirasida Yevropa Hamja-miyati Komissiyasi (YEHK)ning "OʻzRda elektrlashtirish tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirishga texnikaviy yordam" deb atalgan "EUZ 92/020" loyihasini bajardi. 1997 y. da firma YEHK oʻtkazgan tenderda gʻolib chiqib, "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasida yangi "EUZ 9603" loyihasini bajarishga kirishdi.

I. ning "Cheldon Ltd" firmasi Oʻzbekistonda ishlab chikarilmaydigan turli smolalar, yuqori va past bosimli polietilenni "Qurilishplastmassa" aksiyadorlik jamiyatiga, koksni "Santexlit" aksiyadorlik jamiyatiga, KS-11 smolasini "Ohangaronshifer" aksiyadorlik jamiyatiga yetkazib bermoqda.

OʻzRda irlandiyalik sarmoyadorlar ishtirokidagi 9 korxona faoliyat koʻrsatadi. Shundan 7 tasi qoʻshma korxona va 2 tasi irland sarmoyasi 100% boʻlgan korxonadir. I. ning 2 firmasi: "Xerkos Limited" (rangli metallurgiya korxonalari uchun xom ashyo savdosi, yuksak texnologiyali tovarlar i. ch.), "Ay-Si-Ti Interneyshnl Kotton end Tekstayl Treyding K0 Ltd" (paxta savdosi) vakolatxonalari mavjud.[1]

Irlandiya (Irlandiya Respublikasi) poytaxti — Dublin shahri. BMT aʼzosi

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil