Az-Zamaxshariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog'i (hozirgi Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanida) da dunyoga kelgan. Ilmga bo'lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom (Suriya), Bag'dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san'atini, arab maqollari va urf odatlarini chuqur o'rganshiga sabab bo'ladi. U mintaqa georafiyasiga doir ma'lumotlar to'playdi. Mahmud az-Zamaxshariy turli soha ilmlariga doir 50 dan ortiq asar yozib qoldirdi. Ayniqsa uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag'ishlangan „Al-Mufassal”, Qur'oni Karim tafsiriga(sharh) oid „Al-Kashshof” asari butun musulmon olamida mashhurdir. Mahmud az-Zamaxshariy „Jorulloh” („Ollohning qo'shnisi”), „Arab va g'ayri arablar ustozi”, „Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug'langan. Qohiradagi mashhur Al-Azhar diniy dorulfununining talabalari hozir ham „Al-Kashshof” asosida Qur'oni Karimni o'rganadilar. Buyuk olim 1144-yilda vafot etgan.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.