Pifagor teoremasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Teoremaning yaqqol geometrik isboti


Pifagor teoremasi — toʻgʻri burchakli uchburchak tomonlari haqidagi teorema. Unga koʻra, agar toʻgʻri burchakli uchburchak tomonlari bir xil masshtabda oʻlchangan boʻlsa, katetlar uzunliklari kvadratlari yigʻindisi gipotenuza uzunligi kvadratiga teng: a^2 + b^2 = c^2

Pifagor teoremasiga, asosan, toʻgʻri burchakli uchburchak katetlariga yasalgan kvadratlar yuzalarining yigʻindisi gipotenuzaga yasalgan kvadrat yuzasiga teng (rasmga q.). Pifagor teoremasi Qadimgi Misr va Pifagor teoremasiga Bobilda maʼlum °VD shakl. boʻlgan, lekin birinchi isboti Pifagorga tegishli deb hisoblanadi. Hozir P.t.ning oʻndan ortiq isboti maʼlum. Yuqorida keltirilgan Pifagor teoremasi taʼrifi Yevklid geometriyasida oʻrinli, lekin noyevklid geometriyalarda Pifagor teoremasi boshqacha ifodalanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil