Bayhaqiy Abulfazl Muhammad ibn Husayn al-Kotib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bayhaqiy Abulfazl Muhammad ibn Husayn al-Kotib (995—1077) — tarixchi olim. Nishopur madrasalarida tahsil koʻrgan. Mahmud Gʻaznaviy saroyida kotib (1021). "Ziynat ul-kuttob" ("Kotiblar ziynati") va 30 jildli "Tarixi oli Maxmud" ("Mahmud xonadoni tarixi") nomli asarlar yozgan. "Tarixi oli Mahmud" asarining Mahmud Gʻaznaviy oʻgʻli Masʼud hukmronligi (1030—41) ga oid qismigina saqlanib qolgan boʻlib, u "Tarixi Masʼudiy" va "Tarixi Bayhaqiy" nomi bilan ham mashhur. Bu asar Toshkentda soʻz boshi va izohlar bilan rus tilida nashr qilingan (1962).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil