1999

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ming yilliklar: 2-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:

1999-yil — XX asrning 99-yili.[1]

Oʻzbekistonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Ayollar yili"

  • 13-yanvar. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita tashkil etildi.
  • Yanvar — „Oʻzbekiston tarixi“ jurnalining 1-soni chiqdi.
  • Yanvar — Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida „Kosonsoy-Tekmen“ Oʻzbekiston — Turkiya toʻqimachilik qoʻshma korxonasi foydalanishga topshirildi.
  • Yanvar — Xorazm viloyatida shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmudning 750 yilligi keng nishonlandi.
  • 4-fevral — „Fidokor“ gazetasi chop etila boshladi.
  • 6-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.
  • 16-fevral — Toshkent shahrida terrorchi kuchlar siyosiy va diniy ekstremistlar tomonidan uyushtirilgan terrorchilik harakati oqibatida 16 nafar inson oʻldirildi, 120 kishi tan jarohati oldi.
  • 18-fevral — „Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularni xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari“ davlat dasturi ishlab chiqildi.
  • 26-fevral — Prezident farmoni bilan „Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisida“gi Nizom tasdiqlandi.
  • Fevral — Toshkentda Oʻzbekiston tarixchilari jamiyati tashkil etildi.
  • 2-mart — 9-may Xotira va qadrlash kuni deb eʼlon qilindi.
  • 15-mart — Ibn Sino xalqaro jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
  • 21-mart — Samarqand shahrida rus va oʻzbek tillaridagi haftalik „Darakchi“ gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 30-mart — „Interkontinental“ mehmonxonasi har yili oʻtkaziladigan Yevropa „Interkontinental“ otellari koʻrik tanlovida birinchilikni oldi.
  • Mart — „SamKochAvto“ qoʻshma korxonasida shaharlararo va shahar ichida qatnashga moʻljallangan dastlabki avtobuslar ishlab chiqarildi.
  • Mart. „Teatr“ oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 7-aprel — Toshkent islom universiteti tashkil etildi.
  • 14—15-aprel — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida „Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida“ (yangi tahrirda), „Oʻrmon toʻgʻrisida“, „Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida“, „Xotinqizlarga qoʻshimcha imtiyozlar berish toʻgʻrisida“ qonunlar qabul qilindi.
  • 23-aprel — Toshkentda Maʼrifatchilar jamiyatining taʼsis majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda jamiyat Nizomi tasdiqlandi.
  • Aprel — Brisben (Avstraliya)da oʻtkazilgan Xalqaro „Gran pri“ turnirida oʻzbek karatechilari 25 ta medalni qoʻlga kiritdilar, ulardan 14 tasi oltin medallardir.
  • 1-2-may — Toshkentda kurash boʻyicha birinchi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportchilar qatnashdi.
  • 9-may — Oʻzbekiston Respublikasida birinchi bor 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi. Toshkentda Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida „Xotira va qadrlash maydoni“ barpo etildi.
  • 17-may — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida elektrpoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
  • 17-may — Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida uni umumiy temir yoʻl tarmogʻi bilan ulaydigan uzunligi 20 km boʻlgan Jiyron—Shoʻrtan temir yoʻl tarmogʻi foydalanishga topshirildi.
  • 27-may — Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karmana tumani tashkil etildi.
  • May — Navoiy viloyatida Navbahor gidrouzeli foydalanishga topshirildi.
  • 10-iyun — Zulfiya nomidagi davlat mukofoti taʼsis etildi.
  • Iyun — Navoiy shahrida oʻt oʻchiruvchi mashinalarni yigʻish boʻyicha Oʻzbekiston—Ukraina qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • 1-iyul — Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilindi.
  • 19-20-iyul — Toshkentda Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha „6+2“ guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi kabul qilindi.
  • Iyul — Andijon viloyatining Marhamat tumanida Oʻzbekiston—Rossiya „Ekomevalar“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsata boshladi.
  • Iyul — Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan „Ilyushin Il-114“ samolyoti Toshkent—Nukus, Toshkent—Fargʻona yoʻnalishlari boʻyicha doimiy parvozlarni amalga oshira boshladi.
  • 7-avgust — Toshkentda Maʼnaviyat va maʼrifat respublika kengashining taʼsis konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
  • 18-avgust — Vazirlar Mahkamasining Yevropa — Osiyo transkontinental avtomagistralini loyihalash ishlari boʻyicha qarori chiqdi.
  • 19-20-avgust — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida“, „Turizm toʻgʻrisida“, „Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida“ qonunlar qabul qilindi.
  • 26-avgust — Samarqandda „Sharq taronalari“ ikkinchi xalqaro musiqa festivali ochildi.
  • Avgust — Fargʻona tumanida pillani qayta ishlaydigan Vodil pillakashlik fabrikasining birinchi navbati ishga tushdi.
  • 20—21-sentabr — Toshkentda „Buyuk ipak yoʻli“ni tiklash boʻyicha xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda Oʻrta Osiyo mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Suriya va boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilot vakillari qatnashdilar.
  • 21-sentabr — Shahidlar xotirasi xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
  • 27-sentabr — Toshkentda Amerikaning „Motorola“ kompaniyasi vakolatxonasi va radiostansiyalar ishlab chiqaradigan „Oʻzbekiston—Motorola—Telekom—Radio“ qoʻshma korxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 12-oktabr — „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
  • 23—30-oktabr — Toshkentda boks boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda 20 mamlakatdan 210 sportchi qatnashdi.
  • 26-oktabr — „Sharq ayoli“ xalqaro ayollar jamgʻarmasi tuzildi.
  • Oktabr — Samarqanddagi „SamKochAvto“ Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtobuslarning dastlabki turkumi eksportga joʻnatildi.
  • Oktabr — Toshkentda Respublika „Toshkent“ fond birjasi bilan Frankfurt fond birjasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va hamjihatlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
  • Oktabr — Nukusda Onkologiya ilmiy markazi ochildi.
  • Oktabr — Andijon viloyatining Shahrixon tumanida „Anteks“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati toʻqimachilik korxonasi ishga tushirildi. Oktabr — „Kurash“ jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 5-noyabr — Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi.
  • 6-noyabr — Termiz shahrida „Alpomish“ dostonining 1000-yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari boʻlib oʻtdi.
  • 1-dekabr — Toshkentda „Kabul—Oʻzbek Ko“ Oʻzbekiston—Koreya toʻqimachilik qoʻshma korxonasi ishlab chiqarish majmuining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 5 va 19-dekabr — Barcha viloyat, tuman va shaharlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy Kengashlar deputatligiga erkin demokratik saylovlar boʻlib oʻtdi.
  • 17-dekabr — Qoraqalpogʻistonda 115 km uzunlikdagi Miskin — Sulton Uvays magistralida temir yoʻl izlarini tutashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
  • 17-dekabr — Xorazmda oʻzbek shoiri, tarixchi Ogahiyning 190 yilligi nishonlandi.
  • 18-dekabr — Nukusda Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli tavalludining 175 yilligi nishonlandi.
  • 29-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Termiz shahrining 2500-yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida“gi qarori chiqdi.
  • 1999 — Toshkentda „Toshkent-plaza“ xalqaro savdo koʻrgazma majmuasi bunyod etildi.
  • 1999 — Oʻzbekiston isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tuzildi.

Voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vafot etgan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nobel mukofoti laureatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]