Sarrof

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sarrof (arab. — pul almashtiruvchi, yirik pullarni mayda qiluvchi) — shaxdr koʻchalari va rastalarida oʻtirib, kishilarning yirik pullarini maydalab, qimmatbaho buyumlarini pulga almashlab berib foyda koʻruvchi shaxs. S.lar xorijdan kelgan savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almashtirib berish, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush va boshqalarni anikdash, ularning bahosini belgilash, ayrim kishilarning omonat pullarini, buyumlarini maʼlum muddatgacha sakdab berish kabi ishlar bilan shugʻullanib, bank, omonat kassalari, garovxonalar vazifalarini bajarishgan. S.lar sudxoʻrlik ishi bilan ham shugʻullangan. S.lar xizmatlari evaziga kishilardan maʼlum miqdorda haq olgan. Ilgari har bir shaharda S.lar faoliyat yuritgan. Maye: Buxoroda S.larning alohida mahallasi va asosiy ish joyi — Toki Sarrofon mavjud edi. Hozirgi davrda Sharq mamlakatlarida S. bank egasi hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil