Tuyaqorin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuyaqorin (Heliotropium lasiocarpum Fisch. et C.A.Mey.) — kampirchopondoshlarga mansub bir yillik zaharli oʻt; boʻyi 30—60 sm, sershox. Ildizi oʻq ildiz; suyet shoxlanadi. Barglari navbatmanavbat joylashgan, ikkala tomoni dagʻal tuklar bilan qoplangan. Gullari mayda, oq, toʻpgul oʻqiga bir tomonlama oʻrnashgan. Urugʻi oq tuklar bilan qoplangan, har mevada 4 tadan yetishadi. Aprelda unadi, may oyida gullaydi: urugʻi iyulning 2yarmida pishadi. Urugʻidan koʻpayadi. Nihollari aprelda koʻkarib chiqadi. Sent. oxirida quriydi. T. yoʻl yoqalarida, uvat va marzalarda, ayniqsa, bahorikor ekinlar orasida koʻp oʻsadi. Poya va barglarida 0,4%, urugʻida esa 1 % ga yaqin zaharli alkaloidlar (geliotrin va laziokarpin) bor. Yetilgan urugʻlari asta toʻkilib tuproqni, ayn iksa, hosili kech yigʻishtirilgan donni ifloslaydi. T. urugʻi aralashgan bugʻdoy, arpa, tariq va boshqa donlarni isteʼmol qilish natijasida odam va hayvonlar zaharlanishi mumkin. Oʻrta Osiyoda Tapkalgan. Tashlandiq yerlar, oʻtzor, bogʻ va uzumzorlarda oʻsadi.

Kurash choralari: urugʻlik material tozalanadi; ekinlar oʻtoq qilinadi; gʻalla ekinlariga 2,4—D tipidagi gerbitsidlar purkalanadi.