Muruntov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MuruntovNavoiy viloyatidagi shahar (1976 yildan). Zarafshon shahar Kengashiga qarashli. Qizilqum choʻlining oʻrtasida, Tomditov va Boʻkantov togʻ tizmalari hududida joylashgan. Oʻrtacha 610 m. balandlikda. Iyulda yuqori temperatura 46°. Yanv.da eng sovuq temperatura —31°. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Yangi Zarafshon. Viloyat markazi (Navoiy shahri) dan 200 km uzoqlikda. Aholisi 4320 kishi (2002). Asosan, oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, rus, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar Muruntov oltin konining ochilishi munosabati bilan Muruntov geol. qidiruv partiyasi posyolkasi sifatida 1959 yilda vujudga kelgan. M.da 3 kichik korxona, umumiy taʼlim maktabi (900 oʻquvchi), musiqa maktabi, 2 kutubxona, muzey, sport saroyi, qishloq vrachlik punkti mavjud. Muruntov— Zarafshon yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. M. atrofida muhim foydali qazilmalardan nodir metallar, noruda qazilma boyliklardan fosforit, kvarsli qum va h.k. aniqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil