Sardor Umrzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sardor Umurzoqovdan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Sardor Oʻktamovich Umrzoqov
Сардор Уктамович Умурзаков
Умурзаков, Сардор Уктамович.jpg
Flag of Uzbekistan.svg
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni rahbari
Emblem of Uzbekistan.svg
 
Mansab davri
2022-yil 16-iyuldan — 
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Zaynilobiddin Nizomiddinov
Flag of Uzbekistan.svg
 Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri
Emblem of Uzbekistan.svg
 
Mansab davri
2019-yil 28-yanvardan — 2022-yil 16-iyulgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jamshid Xoʻjayev
Vorisi Jamshid Xoʻjayev[1]
Oʻzcharmsanoat raisi
Emblem of Uzbekistan.svg
 
Mansab davri
2016-yildan — 2019-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-oktabr 1977-yil (1977-10-23) (44 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Sardor Oʻktamovich Umrzoqov (23-noyabr 1977-yilda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston davlat arbobi, 2022-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni rahbari[2], 2019-2022-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri. 2021-yil 8-fevraldan Islom taraqqiyot banki oliy boshqaruvchilari kengashi raisi[3].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1977-yil 23-noyabrda Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkentda tugʻilgan. 1994-1998-yillarda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining „Xalqaro moliya va bank ishi“ fakultetida oliy taʼlim olgan. Bakalavr diplomini olgandan soʻng,1998-1999-yillarda Reading universitet (Buyuk Britaniya) oʻqib, „Bank ishi“ ixtisosligi boʻyicha magistr darajasini olgan.

2000—2003-yillar bank sohasida mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida 2-toifali mutaxassis sifatida boshlagan. Biroz vaqt oʻtgach, u 1-toifali mutaxassis, soʻngra — yetakchi mutaxassis va keyinchalik — Investitsiyalarni boshqarish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Samarqand boʻlimi boshqaruvchisining oʻrinbosari etib tayinlangan.

2004-yildan 2007-yilgacha Londonda yashab, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining moliyaviy institutlari biznes guruhining katta bankiri lavozimida ishlagan. Buyuk Britaniyadan qaytgach, 2007-yildan 2013-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida rahbarlik lavozimlarni egallagan: Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, soʻngra — boshligʻi, keyinchalik — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2014-yildan 2017-yilgacha — „Oʻzbekcharmpoyabzal“ uyushmasi raisining maslahatchisi. Keyinchalik (2017—2018-yillarda) ushbu uyushmaning Boshqaruvi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Soʻngra, 2018—2019-yillarda „Oʻzbekcharmpoyabzal“ uyushmasi qayta tashkil etilishi natijasida yangidan tuzilgan „Oʻzcharmsanoat“ uyushmasining raisi lavozimida ishlagan.

2019-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Sardor Umrzoqov Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan.

Shuningdek, 2019-yil yanvar oyidan buyon Savdoni tarif va notarif tartibga solish kengashining raisi va Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyasining raisi.

2019-yil avgust oyidan — Hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha Respublika komissiyasining raisi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi Kengashining raisi, „Oʻzagroeksportbank“ ATB Kengashining raisi, "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi Direktorlar kengashining raisi va „Uzbekinvest International Insurance Company“ xalqaro sugʻurta kompaniyasi (London, Buyuk Britaniya) Direktorlar kengashining raisi.

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining boshqaruvchisi (bosh ofis — London, Buyuk Britaniya).

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining boshqaruvchisi (bosh ofis — Pekin, XXR).

2019-yilning sentabr oyidan — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi aʼzosi.

2022-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni rahbari[4]

Ilmiy darajasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]