Qorachoy-Cherkasiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorachoy-cherkasiya, QorachoyCherkasiya Respublikasi — Rossiya federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiya Yevropa qismining jan. da joylashgan. Maydoni 14,1 ming km2. Aholisi 439,7 ming kishi (2002). Poytaxti — Cherkessk shahri Maʼmuriy jihatdan 8 r-n, 4 shahar va 7 shaharchaga boʻlingan.

Davlat tuzumi[tahrir]

Qorachoy-Cherkasiya — respublika. Oliy mansabdor shaxs — respublika prezidenti. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq majlisi (parlament), ijrochi hokimiyatni rais boshchili-gidagi respublika hukumati amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Qorachoy-Cherkasiya Katta Kavkazning shim. yon bagʻrida, Elbrusning gʻarb va shim. da. Shim.roqda Yon tizma joylashgan boʻlib eng baland nuqtasi — Elbrus (5642 m). Foydali qazilmalari: koʻmir, oltin, rangli metallar, oʻtga chidamli gil. Iqlimi balandlik mintaqalari boʻylab oʻzgarib boradi. Shim.da (togʻ etaklarida) yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 5°, jan.da (baland togʻlarda) — 10°, iyulniki shim.da (togʻ etaklarida) 21°, janvarda (baland togʻlarda) 8°. Yillik yogʻin 550–2500 mm. Asosiy daryolari — kuban va uning irmoqtari. Tuproqlari shim.da qoratuproq, jan.da balandlik ortib borgan sari togʻ-oʻrmon qoʻngʻir va togʻ utloqi tuproqlar tarqalgan. Togʻ etaklarida dasht oʻsimliklari, togʻlarda qoraqayin, grab, eman, daryo vodiylarida qaragʻay, qoraqaragʻay, oqqaragʻay oʻsadi, togʻlarning yuqori qismi subalp va alp oʻtloqlaridan iborat. Oʻrmon va baland togʻlarda qoʻngʻir ayiq, oʻrmon mushugi, qobon, silov-sin, suvsar, asl bugʻu, kiyik, yovvoyi echki, qushlardan ular, karqur yashaydi. Hududida Teberda qoʻriqxonasi va Kavkaz qoʻriqxonasining bir qismi joylashgan.

Aholisi[tahrir]

Qorachoy-Cherkasiyada qorachoylar (32,2%), cherkaslar (9,7%), ruslar (42,4%), abazinlar (6,6%), noʻgʻaylar (3,2%), ukrainlar (1,5%), osetinlar (0,9%) va boshqa yashaydi. Davlat tillari — qorachoy, cher-kas, rus, abazin va noʻgʻay tillari. shahar aholisi 44%. Dindorlari musulmon-sunniylar va xristianlar. Asosiy shaharlari: Cherkessk, Ust-Jeguta, Teberda.

Tarixi[tahrir]

Qorachoy-Cherkasiya hududida odam qadimdan yashab kelgan. 10-asrda adigeycher-kas, 13— 14-asrlarda qorachoy elatlari shakllandi. 14—16-asrlarda Q.-Ch. hududiga abazinlar, 17-asrda noʻgʻaylar koʻchib bordi. 19-asr 1-yarmida Q.-Ch. hududi Rossiyaga qoʻshib olindi. 1918 yil fevralda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918 yil kuzdan 1920 yil aprelgacha oqgvardiyachilar qoʻlida boʻldi. 1922 yil 12 yanvarda Q-Ch. muxtor viloyati tuzildi. 1926 yil qorachoy muxtor viloyati va Cherkasiya milliy okrugi (1928 yil 30 apreldan Cher-kasiya muxtor viloyati)ga boʻlindi. 1942 yil avg .da Q.-Ch. nemislar tomonidan bosib olindi. 1943 yil yanvarda ozod etildi. 1943 yil okt.da Qorachoy muxtor viloyati tugatilib, aholisi SSSRning sharqiy oʻlkalariga deportatsiya qilindi. 1957 yil yanvarda birlashgan Qora-choy-Cherkasiya mux-tor viloyati tuzildi. 1992 yildan Q.Ch. Respublikasi.

Xoʻjaligi[tahrir]

Yalpi mahsulotda sanoat 18,4%, qishloq xoʻjaligi 29,5%, qurilish 5,5%, transport 1%, savdo 12,5% ni tashkil etadi.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: kimyo va neft kimyosi, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va metallsozlik, rangli metallurgiya, oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, yengil sanoat. Kon-ruda sanoat tarmogʻi rivojlangan. yiliga oʻrtacha 40 mln. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Koʻp sanoat korxonalar Cherkessk, Karachayevsk shaharlari va Mednogorsk shaharchasida joylashgan.

Qishloq xoʻjaligida yetakchi tarmoq — goʻsht-sut chorvachiligi, qoʻychilik, kartoshka va sabzavot yetishtirish. Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli boʻlgan 134,5 ming ga yerning 71,4 ming ga (53,1%) haydaladi. Dehqonchilikda bugʻdoy, makkajoʻxori, kungaboqar, qand lav-lagi, arpa, tariq ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Yilqichilik, parrandachilik, asalarichilik bilan ham shugʻullaniladi. Sugʻorish sistemasi rivojlangan (Katta Stavropol kanali bor).

Transportida avtomobil transporti muhim mavqega ega: qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 1887 km. Qorachoy-Cherkasiya hududini Harbiy Suxumi avtomobil yoʻli kesib oʻtgan. Transport yoʻlilar uzunligi 51 km. Togʻ turizmi, alpinizm rivojlangan.

Tibbiy xizmati. Qorachoy-Cherkasiyada har 10 ming aholiga 34 vrach toʻgʻri keladi. 10 dan ortiq sanatoriy-kurort va dam olish muassasasi bor (Teberda, Arxiz, Dom-bay iklimiy kurortlari va boshqalar).

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Maorifi RFda qabul etilgan tizimga muvofiq tashkil qilingan. 180 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 72 ming , 6 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 4,5 ming oʻquv-chi, 2 oliy oʻquv yurti (pedagogika universiteti, texnologiya instituti)da 4,9 ming talaba taʼlim oladi. Iqtisodiyot, tarix, til va adabiyot i.t. instituti, 170 kutubxona bor.

Adabiyoti[tahrir]

Qorachoy-Cherkasiyaning tub aholisi (qorachoy, cherkas, abazin va noʻgʻoylar) adabiyoti 20-asrning 20-yillarida shakllandi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida oʻz yozuvini yaratish va ona tilida maktab darsliklarini yaratishga urinishlar boʻlgan. 20-asrning 20-yillarida qorachoy shoirlari I.Karaketov, A.Urtenov, D.Boyqulov, abazin yozuvchisi T.Tabulov, noʻgʻoy yozuvchisi X.Bulatukov ijod qildilar. 30-yillarda cherkas yozuvchilari X.Abukov, M.Dishekov romanlari, I.Amiro-kov, qorachoy yozuvchisi X.Appayev qis-salari, qorachoy shoirlari A.Botashe-va, D.Boyqulov, M.Urusov sheʼr va dostonlari, noʻgʻoy adibi X.Bulatu-kov pyesalari nashr etildi. Noʻgʻoy yozuvchisi F.Abduljalilov, cherkas adibi X.Gashokov, qorachoy shoirasi X. Bayramukova asarlari xalqning nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashiga bagʻishlandi. 2-jahon urushidan keyin qorachoy yozuvchi va shoirlari O.Xubiyev, D.Kubanov, A.Suyunchev, N.Xubiyev, M.Batchayev, cherkas adiblari A.Oxtov, S. Xatuov, X. Xapsirokov, M.Axmetov, A.Xanfenov, abazin yozuvchilari X.Jirov, P.Se-kov, K.Jegutanov, B.Txaysuxov, M.Chikatuyev, D.Laguchev, noʻgʻoy adiblari F.Abduljalilov, S.Kapayev va boshqa samarali ijod qildilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]

Qorachoy-Cherkasiya hududida 1 —13-asrlarga oid yer ustiga oʻrnatilgan sagʻanalar, qad. shaharlar (toshdan qurilgan mudofaa devorlari xarobalari bilan), vizantiya tipidagi uncha katta boʻlmagan va freskali xristian cherkovlari (Shoan togʻidagi ibodatxona; Nijnyaya Teberda qishlogʻi yaqinidagi Sentin ibo-datxonasi, ikkovi ham 10—11-asrlarga oid), 17— [8-asrlarga oid mudofaa in-shootlari (Adiyux qad. shaharchasi minorasi, 18-asrning 60-yillari) saqlangan. Qorachoylarning anʼanaviy turar joylari devori yogʻochdan, tomi ogʻir tuproqdan ikki tomonga nishab qilib qurilgan; cherkaslar turar joylari usti loy bilan suvalgan che-tan devorli, qamish yoki somon tomli uylar boʻlgan. Hozirgi davrda Cherkessk, Karachevsk, Teberda kabi zamonaviy shaharlar, koʻplab turar joy binolari, jamoat va madaniy-maishiy inshootlar mavjud.

Qorachoy-Cherkasiyaning qad. sanʼat yodgorliklari — miloddan avvalgi 3—2-ming yillikka oid jezdan yasalgan bezak va badiiy keramika, miloddan avvalgi 2—5-asrlarga oid metall va keramika buyumlaridir. Hozirgi davrda rangtasvir (I.G.Akov, M.X.Chomayev va boshqalar) va grafika (Ya.G. Kritskiy va boshqalar) vujudga keldi. Xalq sanʼatida yogʻoch oʻymakorligi, boʻyra toʻqish, zargarlik, kashtadoʻzlik rivojlangan.