Nijniy novgorod viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nijegorod viloyatidan yoʻnaltirildi)
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Нижегородская область
Nijegorod viloyati
Nijegorod viloyati bayrogʻi Nijegorod viloyati gerbi
Administrativ markaz Nijniy Novgorod
Maydon 76 624 km² (40-chi)
- suv qismi 1,2%
Aholi 3 291,1 ming kishi (11-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 42,95 kishi / km²
YaIM 646,7 mlrd rub. (13-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 178,5 ming rub.
Federal okrug Privoljskiy
Iqtisodiy tuman Volgo-Vyatskiy
Gubernator Valeriy Pavlinovich Shantsev
Qonunchilik majlisi raisi Yevgeniy Viktorovich Lebedev
RF subyekti kodi 52, 152
Vaqt mintaqasi MSK+4 (UTC+8)
Rasmiy sayt www.government-nnov.ru/

Nijniy novgorod viloyati -RF tarkibidagi viloyat. 1929-yil 14-yanvar da tashkil etilgan (1932-yilgacha Nijniy Novgorod oʻlkasi, 1936 yilgacha Gorkiy oʻlkasi, 1990 yilgacha Gorkiy viloyati). Rossiya Yevropa qismining markazida, Volganing har ikkala so-hilida joylashgan. Volga-Vyatka iqti-sodiy rayoniga kiradi. Maydoni 76,9 ming km². Aholisi 3657,0 ming kishi (2000). Shahar aholisi 78,2%. 1 km² ga 48,1 kishi toʻgʻri keladi. Viloyat aholisining aksari qismi ruslar (94,7%), shuningdek, tatar (1,6%) mordva (1,0%), ukrain (0,9%), chuvash (0,3%) va boshqa yashaydi. 48 maʼmuriy tuman, 26 shahar, 71 shaharcha bor. Markazi — Nijniy Novgorod. N.Nijniy novgorod viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining markaziy qismida joylashgan. Asosan, oʻrmonli oʻr-qir dashtdan iborat. Volga daryosi viloyat hududini oʻrmonli Chap sohil (Zavoljye) payettekisligi va Oʻng sohil balandligiga boʻladi. Relyefning karst shakllari rivojlangan. Qurilish materiallari, torf, fosforitlar, temir rudalari konlari bor.

Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —12°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin miqsori 500 mm. Vegetatsiya davri 165—175 kun. Asosiy daryolari: Volga va uning irmoklari. Gorkiy suv havzasi, koʻllar (asosan, Zavoljyeda) bor. N.Nijniy novgorod viloyati jan. tayga, aralash va keng bargli oʻrmonlar mintaqasida joylashgan. Tuproklari asosan, chimli podzol va podzollashgan tuproqlar. Viloyat hududining 40% ga yaqin maydoni oʻrmon. Yassi suvayirgʻich va pastqamliklarda botqoklik koʻp. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, qoʻngʻir ayiq, silovsin, boʻrsiq, chipor yumron-qoziq, olaxurjun va boshqa bor. Los qoʻriqlanadi. Viloyat xududida Kerjen qoʻriqxonasi mavjud. Sanoatning asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (avtomobillar, dare va dengiz kemalari, samolyotlar, avtomobil va kema dvigatellari, stanoklar, pribor va asboblar, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar, televizorlar ishlab chiqariladi), kimyo va neft kimyosi (organik sintez mahsulotlari, plastmassa va sintetik smolalar, organik shisha, boʻyoq, lok, zaharli kimyo-viy preparat va boshqalar), oʻrmon va sellyuloza qogʻoz, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari ishlab turibdi. Badiiy hunarmandchilik buyumlari ham ishlab chiqariladi. K-xning yetakchi tar-mogʻi — chorvachilik. Koramol (sutgoʻshtli zotlari), bugʻu, parranda, choʻchqa boqiladi. Bugʻdoy, qand lavlagi, sabzavot (shu jumladan, piyoz), javdar, arpa, suli, grechixa, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Transport yoʻli bor. Volga, Oka, Vetluga va Sura daryolarida kema katnaydi. Asosiy dare porti — Nijniy Novgorod. 10 oliy oʻquv yurti, 5 teatr, 9 muzey mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil