Botir Zohidov
Qiyofa
| Botir Zohidov | |
|---|---|
| Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri | |
|
Mansab davri 2024-yil 23-sentyabrdan – hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Behzod Musayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
24-iyul 1982-yil Toshkent, OʻzSSR |
Botir Erkinovich Zohidov (Ботир Эркинович Зоҳидов) – oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi, 2024-yil 23-sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri[1][2][3].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Fizik-oʻqituvchi, Oʻzbekiston Prezidentining sobiq maslahatchisi Erkin Zohidovning farzandi[4][5].
2003-yilda Toshkent moliya institutini, 2008-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
2004-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida boʻlim bosh mutaxassisligidan Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi.
2022-yil 19-sentyabrdan 2024-yil 23-sentyabrgacha Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hokimi boʻlgan.