Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
(TTPU)
Xalqaro nomi Turin Polytechnic University in Tashkent
Asos solingan 2009
Oʻquv yurti turi universitet
Yoʻnalish mashinasozlik
Sohasi texnika
Manzili Toshkent shahar, 100000, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli, 17
Vebsayti polito.uz/uz/

Koordinatalari: 41°21′2.5883999999928″N 69°13′15.509999999985″E / 41.350718999999998005°N 69.22097499999999570°E / 41.350718999999998005; 69.22097499999999570 G O

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti – Oʻzbekistonning Oliy oʻquv yurtlaridan biri[1][2][3][4][5].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiyaning Turin shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorligda tashkil etilgan bu universitet Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan. Universitetning asosiy maqsadi yuqori texnologiyaga asoslangan sanoatning yuqori tarmoqlariga yetuk kadrlar yetkazib berishdan iboratdir. Oʻzbekistonning taʼlim sohasida yuqori mavqega ega boʻlgan universitet Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga muvofiq sanoatning yuqori tarmoqlarini yanada rivojlantirish va shu doirada sanoatning rivojlanayotgan tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar yetqazib berish haqidagi qonuniga muvofiq 2009-yil 28-aprelda tashkil topgan. Universitet bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi General Motors kompaniyasi keng qamrovda hamkorligni yoʻlga qoʻygan.

Taʼlim jarayonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetda oʻquv jarayonlari Italiyaning Turin universiteti va xalqaro standartlaga mos ravishda olib boriladi Italiyadan kelgan yuqori malakali professorlar va mahaliy proffessorlar talabalarga taʼlim berishadi. Universitetda darslar toʻliq ingliz tilida olib boriladi. Dars jarayonlari zamonaviy metodik yoʻnalishlarga mos rafishda olib boriladi. Talabalarga ilim olishlari uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Internet bilan taʼminlangan butun universitet boylab Wi-Fi tarmogʻi ishlab turadi. Oʻzbekistonda va xalqaro miqiyosda amal qiladigan diplom beriladi.

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axborot texnologiyalari va ishlab chiqarishda BTA[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu yoʻnalishda talabalarga birinchi navbatda zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qoʻllanilishi borasida taʼlim beriladi, yana dasturlash texnologiyasi C, C++, HTML, SASS, CSS, JAVA, JavaScript, Bootstrap, Python, PHP, React va boshqa dasturlash tillari boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishlari mumkin.

Sanoat-fuqaro qurilish va arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanoatning muhim tarmoqlaridan boʻlgan qurilish va arxitektura boʻyicha talabalarni qabul qiladi va qurilish texnologiyasi, koʻp tarmoqli ishlab chiqarishda qurilish va arxitektura borasida yetuk kadrlar yetishtirb chqarishga moslashgan.

Energetika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu yoʻnalishda talabalarga sanoatda energetikani ishlab chiqarish va uni boshqarish, taqsimlash kabi sohalarga yoʻnaltirilgan tarmoqlarga kadrlar yetishtirib beradi.

Mashinasozlik texnologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetda eng koʻp joy mana shu fakultet hissasiga toʻgʻri keladi va mashinasozlik texnologiyasi universitetning eng muhim tarmogʻlaridan biri hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Polito.uz Polito.uz veb-sahifasi
  2. Oligoh.uz, 2017-07-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-19
  3. Abuturent.uz, 2016-03-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-19
  4. Oʻza.uz, 2016-03-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-19
  5. Ziyo.net, 2016-01-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-19