Kontent qismiga oʻtish

Allohning 99 nomi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Islomda Xudoning 99 nomidan yoʻnaltirildi)
Imom Rizo maqbarasi
Allohning ismlarini hattotlik uslubida yozilishi.

Bu maqolada Allohning 99 ismi (arabcha: أسماء الله الحسنى, ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) va ularning mazmuni roʻyxat shaklida berilgan. Qurʼonning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi:

Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, uni oʻsha ismlar bilan chorlangiz (yod etingiz),Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik) kimsalarni tark qilingiz“

Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’oni Karimning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’oni Karimning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad paygʻambar 99 raqamini keltirgan. Boshqa hadis toʻplamlarida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi:

Ismlar roʻyxati va maʼnosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Arabcha Oʻqilishi Qurʼoni Karim sura va oyatida zikr qilinishi Tarjima va maʼnolari
1. الرحمن Ar-Rohmān Rahmon surasi (55-sura)ning birinchi oyati faqat shu ismdan iborat. Mehribon – Ulugʻ neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos boʻlib, barchaga kofirga ham, moʻminga ham mehribon va neʼmat beruvchi maʼnosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib boʻlmaydi.
2. الرحيم Ar-Rohīm Qurʼon: Birinchi va boshqa ayrim joylardan tashqari har bir suraning boshlanishida tilga olingan (Qurʼonda jami 114 ta sura mavjud). Rahmli – „Rohiym“ latif neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat xosroq boʻlib, qiyomat kuni faqat moʻminlarga rahm qiluvchi maʼnosini anglatadi. Va Allohdan oʻzgalarga, jumladan Paygʻambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.
3. الملك Al-Malik 59:23, 20:114, 23:116 Podsho – Barcha narsani egasi."Malik" haqiqiy egadir. Undan oʻzga ega yoqdir. Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xoʻjayin boʻlmaydi. Shuning uchun insonlar oʻzlariga oʻxshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul boʻlish lozim.
4. القدوس Al-Quddūs 59:23, 62:1 Muqaddas, nuqsonlardan holi – Barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning oʻzigagina hosdir.
5. السلام As-Salām 59:23 Ofat va balolardan salomat. Qutqarayotgan – „Salom“-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh „Salom“ sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.
6. المؤمن Al-Mu’min 59:23 Moʻmin-iymon va omonlik beruvchi.
7. المهيمن Al-Muhaymin 59:23 Hamma narsani qamrab oluvchi. Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh boʻlib turadi. Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.
8. العزيز Al-Aziz 3:6, 4:158, 9:40, 48:7, 59:23 Izzat va qudrat sohibi. Ulugʻ – Barchaning ustidan gʻolib. Undan biror narsa gʻolib kelolmaydi.
9. الجبار Al-Jabbār 59:23 Bandalarini ishlarini isloh etuvchi. Jabbor – oliy qadar ulugʻ, Uning oldida hamma oʻzini xor tutadi.
10. المتكبر Al-Mutakabbir 59:23 Kattalik yarashuvchi zot. Mutakabbir – kibriyosi va ulugʻligi behad. Uning oldida boshqalar qul boʻlib turadi.
11. الخالق Al-Xoliq 6:102, 13:16,[1] 36:81, 39:62, 40:62, 59:24 Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Xoliq – Asli va oʻxshashi yoq narsaning oʻlchovini mos qilib yaratuvchi. Xoliq mutloq vujudga keltiruvchidir.
12. البارئ Al-Bāri' 59:24 Bori' – Yoʻqdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi, yaratuvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yoqdir.
13. المصور Al-Musovvir 59:24 Maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi.
14. الغفار Al-Gʻoffār 20:82, 38:66, 39:5, 40:42, 71:10 Gʻaffor – Koʻplab magʻfirat qilib, bandalarning aybini oʻz fazli ila kechib yuboruvchi. bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi.
15. القهار Al-Qohhār 12:39, 13:16, 14:48, 38:65, 39:4, 40:16 Qahhor – Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi.
16. الوهاب Al-Vahhāb 38:9, 38:35 Oʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi.
17. الرزاق Ar-Rozzāq 51:58 Barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi.
18. الفتاح Al-Fattāh 34:26 Hukm etuvchi, rahmat hazinalarini ochuvchi.
19. العليم Al-'Alīm 2:158, 3:92, 4:35, 24:41, 33:40 Biluvchi, dono, ilm sohibi. Boʻlgan va boʻladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.
20. القابض Al-Qobiz 2:245 Kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi).
21. الباسط Al-Bāsit 2:245 Kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi.
22. الخافض Al-Xofiz 56:3; al-Kafʿamī (1992:38) Kofirlar martabasini tushiruvchi.
23. الرافع Ar-Rofi' 58:11, 6:83 Moʻminlar martabasini koʻtaruvchi.
24. المعز Al-Mu’izz 3:26 Kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi.
25. المذل Al-Muzill 3:26 Kimlarnidur xoru zalil qiluvchi.
26. السميع As-Samī 2:127, 2:256, 8:17, 49:1 Maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, xatto dildan oʻtganini ham, eshituvchi.
27. البصير Al-Basīr 4:58, 17:1, 42:11, 42:27 Hamma maxfiy va oshkora narsalarni koʻruvchi.
28. الحكم Al-Hakam 22:69 Qatʼiy hukm etuvchi.
29. العدل Al-`Adl Qurʼon emas, al-Kafʼamiyga qarang (1992:40) Oʻta adolatli.
30. اللطيف Al-Latīf 22:63, 31:16, 33:34 Bandalariga sezdirmay oʻz lutfu ehsonini yetkasizb beruvchi.
31. الخبير Al-Xobīr 6:18, 17:30, 49:13, 59:18 Hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor[2][3][4][5].
32. الحليم Al-Halīm 2:235, 17:44, 22:59, 35:41 Jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi.
33. العظيم Al-'Azīm 2:255, 42:4, 56:96 Azamatli va ulugʻ zot. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulugʻ.
34. الغفور Al-Gʻofūr 2:173, 8:69, 16:110, 41:32 Koʻp magʻfirat qiluvchi.
35. الشكور Ash-Shakūr 35:30, 35:34, 42:23, 64:17 Oʻz amaliga koʻp savob beruvchi.
36. العلي Al-'Aliyy 4:34, 31:30, 42:4, 42:51 34:23 Martabasi oliylikda benihoya.
37. الكبير Al-Kabīr 13:9, 22:62, 31:30, 34:23 Hammadan ulugʻ.
38. الحفيظ Al-Hafīz 11-57, 12-55 Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi.
39. المقيت Al-Muqīt 4:85 Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi.
40. الحسيب An-Hasīb 4:6, 4:86, 33:39 Hisob qiluvchi, kifoya qiluvchi.
41. الجليل Al-Jalīl Sifatlarida ulugʻlikka ega.
42. الكريم Al-Karīm 27:40, 82:6 Saxovatli va karami keng. Birov soʻramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ato qiluvchi. Qarama-qarshilikdan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi.
43. الرقيب Ar-Roqīb 4:1, 5:117 Doimo kuzatib turuvchi. Raqiyb – hech bir zararni ham qoʻymay tekshirib turuvchi.
44. المجيب Al-Mujīb 11:61 Duolarni ijobat qiluvchi.
45. الواسع Al-Vāsi' 2:268, 3:73, 5:54 Keng va keng qamrovli zotdir
46. الحكيم Al-Hakīm 31:27, 46:2, 57:1, 66:2 Dono
47. الودود Al-Vadūd 11:90, 85:14 Bandalarini sevuvchi
48. المجيد Al-Majīd 11:73 Eng ulugʻvor
49. الباعث Al-Bā'is 22:7 Oʻliklarning tiriltiruvchisi
50. الشهيد Ash-Shahīd 4:166, 22:17, 41:53, 48:28 Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.
51. الحق Al-Haqq 6:62, 22:6, 23:116, 24:25 Oʻzgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi zot.
52. الوكيل Al-Vakīl 3:173, 4:171, 28:28, 73:9 Barchaning ishi unga topshirilgan zot.
53. القوى Al-Qovviyy 22:74, 42:19, 57:25 Quvvatli zot.
54. المتين Al-Matīn 51:58 Matonatli zot.
55. الولى Al-Valiyy 4:45, 7:196, 42:28, 45:19 Himoya qiluvchi doʻst, homiy va yordamchi
56. الحميد Al-Hamīd 14:8, 31:12, 31:26, 41:42 Barcha maqtovlar ila maqtalgan zot.
57. المحصى Al-Muhsi 72:28, 78:29 Barcha narsaning hisobini olgan zot.
58. المبدئ Al-Mubdi' 10:34, 27:64, 29:19, 85:13 Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.
59. المعيد Al-Mu'īd 10:34, 27:64, 29:19, 85:13 Yoʻq boʻlgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
60. المحيى Al-Muhyi 7:158, 15:23, 30:50, 57:2 Tiriltiruvchi. U zot oʻliklarni tiriltiruvchidir va bu ismga ularni tiriltirishdan oldin sazovordir. Uni ularni oʻlik boʻlganlaridan keyin jon kiritib tirik qilganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, ularga hayot berishidan oldin ham, tiriltiruvchi, deyilaveradi. Xuddi, xaloyiqni xalq qilishidan oldin Xoliq boʻlganidek.
61. المميت Al-Mumīt 3:156, 7:158, 15:23, 57:2 Oʻldirivchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.
62. الحي Al-Hayy 2:255, 3:2, 20:111, 25:58, 40:65 Tirik. U tirikdir, oʻlmas. Yaʼni, Allohning hayoti abadiydir, oʻlim ila yoʻq boʻlmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yoʻq boʻlgan emas.
63. القيوم Al-Qoyyūm 2:255, 3:2, 20:111 Oʻz oʻzidan qoim boʻlgan va boshqalarni qoim qilgan zot.
64. الواجد Al-Vājid 38:44 Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni toʻsa olmaydi.
65. الماجد Al-Mājid 85:15, 11:73; al-Kafʿamī (1992:48) Majdu sharaf sohibi boʻlgan zot.
66. الواحد Al-Vāhid 13:16, 14:48, 38:65, 39:4 Yagona. Bita. Boʻlinmas. U zot oʻz zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir.
67. الصمد Al-Aḥad 112:1 Yagona, Boʻlinmas.
68. الصمد As-Somad 112:2 Somad sifati koʻp maʼnolarni oʻz ichiga oladi:- itoat qilingan ulugʻ-Usiz hech bir ish bitmaydi.- hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.- butun maxluqot bitib tugasa ham, Oʻzi doim boqiydir va hokazo.
69. القادر Al-Qodir 6:65, 46:33, 75:40 Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. har bir ish unga osondir.
70. المقتدر Al-Muqtadir 18:45, 54:42, 6:65 Juda ham qudratli.
71. المقدم Al-Muqoddim 16:61 Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan oldinga suradi.
72. المؤخر Al-Mu’axxir 71:4 Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan orqaga suradi.
73. الأول Al-'Avval 57:3 „Avval“ – U hamma narsadan avval, yaʼni, barcha mavjudotlar yoʻqligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni „Avval“ sifatiga ega boʻlgan Alloh yaratdi. Yaʼni, Alloh vujudga kelishining boshlanishi yoʻqdir.
74. الأخر Al-'Axir 57:3 „Oxir“ – U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi.
75. الظاهر Az-Zohir 57:3 „Zohir“ – Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.
76. الباطن Al-Bātin 57:3 "Botin" – U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.
77. الوالي Al-Vāli 13:11 Har bir narsaga voliy – ega boʻlgan zot.
78. المتعالي Al-Mutā'ali 13:9 Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot.
79. البر Al-Barr 52:28 Ulugʻ yaxshilik qiluvchi.
80. التواب At-Tavvāb 2:128, 4:64, 49:12, 110:3 Bandalarni tavbaga yoʻllovchi va ularning tavbasini koʻplab qabul qiluvchi zot.
81. المنتقم Al-Muntaqim 32:22, 43:41, 44:16 Zolim va osiylardan intiqom oluvchi.
82. العفو Al-Afuvv 4:43, 4:99, 4:149, 22:60, 58:2 Afv qiluvchi.
83. الرؤوف Ar-Roʻūf 9:117, 57:9, 59:10 Oʻta shafqatli va mehribon.
84. مالك الملك Mālik-ul-Mulk 3:26 Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni oʻzi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini oʻzgartiradigan yoʻq.
85. ذو الجلال والإكرام Zūl-Jalāli
val’ikrom
55:27, 55:78 Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi.
86. المقسط Al-Muqsiţ 3:18; al-Kafʿamī (1992:58f) Oʻz adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.
87. ar|الجامع}} Al-Jāmi 3:9 Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
88. الغني Al-Gʻoni 39:7, 47:38, 57:24 Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi.
89. المغني Al-Mugʻni 9:28 Behojat qiluvchi. U zot Oʻz bandalaridan qay birini xohlasa behojat qilib qoʻyadi.
90. المانع Al-Māni' al-Kafʿamī (1992:61) Man qiluvchi.
91. الضار Az-Zorr 6:17; al-Kafʿamī (1992:58) Zarar qiluvchi. Zararli narsalarni ham yaratuvchi.
92. النافع An-Nāfi 30:37 Manfaat beruvchi.
93. النور An-Nūr 24:35 Oʻz-oʻzi ila zohir boʻlgan va oʻzgalarni zohir qilgan.
94. الهادي Al-Hādi 22:54 Hidoyat qiluvchi. U zot Oʻz fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Yaʼni, Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa, albatta, Oʻz xohishi va fazli ila hidoyat qiladi.
95. البديع Al-Badī 2:117, 6:101 Oʻxshashi yoʻq narsalarni keltiruvchi.
96. الباقي Al-Bāqi 55:27; al-Kafʿamī (1992:64) Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik oriz boʻlmas.
97. الوارث Al-Vāris 15:23, 57:10 Muvjudotlar yoʻq boʻlganda ham boqiy qoluvchi zot.
98. الرشيد Ar-Roshīd 2-256, 18-17 Toʻgʻri yoʻlga irshod qiluvchi.
99. الصبور As-Sobur 2:153, 3:200, 103:3 Oʻta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.

Islom tasavvufi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tasavvuf ilmida Allohning 99 ta ismlari tasavvufiy „Eng oliy va ulugʻ ism“ (ismu l-ʾAʿẓam - الاسْمُ ٱلْأَعْظَم) ga ishora qiluvchi anʼana bor[6]. Bu „Xudoning eng ulugʻ ismi“ boʻlib „U bilan chaqirilsa (duo qilinsa) ijobat boʻladigan zot“ deyiladi[7].

Abdulloh ibn Masud rivoyat qilgan hadisga koʻra, Xudoning baʼzi ismlari insoniyatdan ham yashiringan[8]. Javshan Kabirda (bu yerda جَوْشَنُ ٱلْكَبِير- soʻzma-soʻz tarjimasi „Buyuk Sovut“) Xudoning 1000 dan ortiq ismlari keltirilgan.

Nufuzli sunniy tasavvufshunos Ibn Arabiy (1165-yil 26-iyul – 1240-yil 16-noyabr) Xudoning ismlarini oddiy epitetlar sifatida emas, balki olamni yaratilgan va mumkin boʻlgan shakllarda ajratib turadigan haqiqiy sifatlar sifatida talqin qilgan. Bu nomlar orqali ilohiy salohiyati yashirin boʻlgan insonlar uchun ochib beriladigan ilohiy xususiyatlar ana shunday ismlarning aksi boʻlishini oʻrganish mumkin. Biroq, bunday aks ettirishlar cheklangan, ilohiy xususiyatlar ismlarning ilohiy mohiyatiga teng kelmaydi[9]. Ibn Arabiyning metafizik taʼlimoti taʼsirida Haydar Amuliy farishtalarni Xudoning turli ismlariga asosan nomlagan. Shunga koʻra, yaxlit farishtalar Alloh taoloning goʻzal ismlarining bir koʻrinishidir. Yovuz farishtalar (shayotin) esa Alloh taoloning ulugʻ ismlarining dimogʻdor koʻrinishidir[10].

Teoforik ismlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xudoning 99 ismi hamda Qurʼon oyatlari va duolari bitilgan ramziy koʻylak, Turkiya, 18-asr, Haliliy haj va ziyorat sanʼati

Xudoning Arabcha ismlari butun dunyo boʻylab musulmon madaniyatlarida, asosan Arab tilida soʻzlashadigan jamiyatlarda keng qoʻllanadigan teoforik ismlarni shakllantirish uchun qoʻllanadi.

Xudoning ismlari unga bagʻishlanganligi va ularning shaxsning ismi sifatida ishlatilishi diniy jihatdan nooʻrin deb hisoblanganligi sababli, teoforik ismlar oldidan abd (عَبْدُ: „qul/xizmatkor“) qoʻshimchasini qoʻshish orqali erkaklar ismi hosil qilinadi.

  1. „al-Quran (القرآن) :: Online Quran Project :: Translation and Tafsir“. 2009-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
  2. Allohning ismlari va sifatlari
  3. „Hadith: Book of Invocations - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  4. „Hadith - Book of Oneness, Uniqueness of Allah (Tawheed) - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  5. Khadem, Dhikru'llah (1976-yil mart). „Bahá'u'lláh and His Most Holy Shrine“. Bahá'í News. № 540. 4–5-bet. 20-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  6. Schimmel, Annemarie. The Mystery of Numbers. New York, US: Oxford University Press, 1993 — 271-bet. ISBN 0-19-508919-7. 
  7. Momen, Moojan. Islam and the Bahá'í Faith. George Ronald, 2000 — 241-bet. ISBN 978-0-85398-446-7.  The endnote states: "Ibn Májah, Sunan, 34. (Kitáb ad-Du'á), ch. 9, no. 3856, vol. 2, p. 1267. See also: Ad-Dárimí, Sunan, 23 (Fadaʼil al-Qur'án), ch. 15, no. 3296, vol. 2, pp. 324–325. Similar statements in Shi’i tradition include: Majlisí, Bihar al-Anwar, vol. 26. p. 7.
  8. Taymiyyah, ibn, Taqī ad-Dīn Ahmad. The Goodly Word: al-Kalim al-Ṭayyib. Islamic Texts Society, 2003 — 72-bet. ISBN 1-903682-15-0. 
  9. Bruce Lawrence The Qur’an: A Biography Atlantic Books Ltd, 02.10.2014 ISBN 9781782392187 chapter 8
  10. Ayman Shihadeh Sufism and Theology Edinburgh University Press, 21.11.2007 ISBN 9780748631346 pp. 54–56