Abdulloh ibn Masʻud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulloh ibn Mas'ud Abdullah ibn Masud (Arabchasi: عبدالله بن مسعود‎) Payg'ambar s.a.v Makka shahrida Islom diniga da'vatni boshlaganlaridan so'ng birinchilardan bo'lib iymon keltirgan insonlardan. Hayoti davomida Payg'ambar s.a.v ning yaqin safdoshlaridan bo'lib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra yoshligida Uqba ibn Abu Mu'aytning qo'lida cho'ponlik qilgan. Va ayni o'sha davrda Abdulloh Musulmonchilikni qabul qilgan va Payg'ambar s.a.v ning hizmatlarida bo'lish istagini bildirgan edi. Bu istakka Payg'ambar s.a.v rozilik bildiradilar va natijada Abdulloh qo'y boqishni o'zini slomga bag'ishlashga almashtiradai. Umar r.a va Usmon r.a halifalik paytlarida Abdulloh administrativ va tashqi diplomatik aloqalarga ma'sul edi. Kufadagi ayrim taniqli o'quvchilaridan – Alqama ibn Qays al-Niha'i, Asvad ibn Yazid va Masruq ibn al-Ajdalarni keltirish mumkin. Quroni Kariming tavfsir qilish va Izohlashda Abdulloh ibn Mas'ud r.a ning o'rni ayniqsa beqiyosdir.

Yoshlik Davri va Islomni qabu qilishi. Abdulloh ibn Mas'ud kelib chiqishi Banu Zahra qabilasining ittifoqoshi bo'lmish Banu Huzayl qabilasidan edi. Yoshlik paytlaridanoq odamlardan uzoqlarda Quraysh qabilasidan bo'lmish Uqba ibn Muaytning qo'y suruvlarini boqib, Makkaning tog'lik yerlarida kezib yurardi. Odamlar uni "Ibn Umm Abd" ya'ni – qul onasining o'g'li deya chqirishar edi. Uning asl ismi Abdulloh, otasining ismi esa Mas'ud edi. Eng yaqin do'stining ismi – Ali Fuad edi. Bu ikki do'st odamlar orasidan Payg'ambar chiqqani haqidagi habarni eshitishadi ammo yoshlik qilibmi yoki odatda qo'y suruvlarini boqish uchun Makka shahrini erta tark etib juda kech qaytganliklaridanmi, hullas bunga uncha e'tibor berishmaydi.

Bir kuni qo'y boqib yurarkan, Abdulloh o'rta yoshlardagi, nuroniy – soqollik ikki kishining u tarafga kelayotganini ko'radi. Albatta ular juda horigan va chanqashgan edi. Uning yaqiniga kelishgach salom berishgach: -"Chanqog'imizni qondirish va qayta kuchimizni to'plab olishimiz uchun bizga qo'ylaringdan birini sutini sog'ib bermaysanmi". ."Unday qilaolmayman, qo'ylar meniki emas. Men faqat ularni boqishga ma'sulman holos" deya javob qaytaradi Abdulloh. Uning bu javobini eshitib ushbu ikki kishi nihoyatda hursand bo'lishadi. Ushbu ikki kishilardan biri Payg'ambar s.a.v va ularning yaqin sahobalari – Abu Bakr r.a edi. O'sha kun ular Qurayshning zulmlaridan qochib Makkaning tog'lariga chiqib ketishgan edi. Abdulloh ibn Mas'ud ham o'z o'rnida Payg'ambar s.a.v va Abu Bakrdan r.a. juda ta'sirlanai va tez orada ularga bog'lanib qoladi.

Biroz vaqtdan so'ngra Abdulloh Musulmonlikni qabul qiladi va o'zini Islomga bag'ishlashga – Payg'ambar s.a.v ning hizmatlarini qilish istagi borligini bildiradi. Payg'ambar s.a.v bunga rozilik bildiradilar va o'sha kundan boshlab omadli Abdlloh ibn Mas'ud qo'y boqishlikni Payg'ambar s.a.v ning hizmatlarini qilishlikka almashtiradi. Islomga kirganlarning 6-si edi. Abdulloh ibn Mas'ud Payg'ambar s.a.v iga juda bog'lanib qoladi - hoh uy ichida bo'lsin hoh tashqarisida ularning barcha hizmatlarini qilar edi. Safar va janglarda hamrohlik qilar, uhlaganlariga uyg'otar, cho'milganlarida pana qilib turar, buyumlarini va Misvoklarini olib yurar va boshqa shahsiy ishlarida kamarbasta edi. Shu sabablardan ham sahobalar uni "Saheb-e-Siwak" Misvok tashuvchi, uzatib turuvchi, "Saheb-e-Nalaen" shippak tashuvchi, uzatib turuvchi, "Saheb-e-Mutahara" suv tashuvchi, uzatib turuvchi va yana "Saheb-e-Wisadah" deb ham chaqirishar edi.

Qurayshning Ta'qibi va uning Sobitqadamligi

Abdulloh ibn Mas'ud Qur'onni baland ovozda  Quraysh yig'lishida tilovat qilgan birinchi insondir. Bir kun sahobalar Makkada birga edilar. O'sha paytlarda ula hali ham juda ozchilik, kuchsiz va ezilgan holatda edilar. Ular: "Quraysh hali Quronni ochiq va baralla tilovat qilinganini eshitishmadi. Kim bu ishni qilishi mumkin"? "Men qila olaman" deya Abdulloh ibn Mas'ud o'rnidan turdi. Ular esa: "Sening havfsizligindan hovotridamiz. Bizga qabilasi Makkaliklarning zug'umidan himoya qila oladigan inson kerak." deya javob qaytarishdi. "Bu ishni menga qo'yib beringlar, Alloh meni himoya qilib ularning zulmidan asrab olguvchidir" deya Abdulloh o'z so'zida turib oldi.  Shunday deya Abdulloh tashqariga chiqib ketdi va Maqomi Ibrohimga keldi. Hali kun yorug' va Quraysh qabilasi Kaba atrofida yig'ilishib o'tirishgan edi. Ular oldiga kelgan Abdulloh Rahmon surasini baland ovozda tilovat qila boshladi. Qurayshliklar unga tikilib qarab bir birlaridan "Umm Abd nimalar dayapti?" deya so'ray boshlashdi. "La'nat bo'lsin unga!, u Muhammad keltirganlarning ba'zilarini uqiyapti". Ular Abdullohning yuziga ura ketishlariga qaramasdan u o'qishdan to'htamas edi. O'qishni to'htatganda esa uning yuzini qon va momataloqlar bosib ketgan edi.

Ortga qaytib, bo'lgan voqeani aytib berarkan Abdulloh birodarlariga "Allohga qasamki, Alloh dushmanlarining ahvoli mening hozirgi ahvolimdan yomonroqdir. Agar hohlasanglar ertaga borib yana shu ishni qilishim mumkin". - "Shunisini o'zi yetarlidir, sen ularga o'zlari yoqtirmagan narsani eshitishga majbur qilding".

Payg'ambar s.a.v bilan aloqa va munosabatlari Abdulloh ibn Mas'ud Payg'ambar s.a.v ning oilalarida hech kimnikiga o'xshamagan tarbiya ola oldilar. Har bir ishda va har qadamlarida Payg'ambar s.a.v ning diqqat va e'tiborlari ostidaliklaridan ibn Mas'ud r.a hatti harakagi va o'zini tutishi shu darajaga etdiki, u haqida "Ibn Mas'ud o'zini tutish va hatti harakatda (harakter) Payg'ambar s.a.v ga eng o'xshashidir" deya aytishar edi. Odatda Abdullohni Payg'ambar s.a.v ning saodatli oilalarining a'zosi bo'lsa kerak deya adashtirishar edi. Abu Muso Ashari r.a aytadi "Yamandan kelganimizda birqancha muddat biz Abdullohni Payg'ambar s.a.v ning oilalari a'zosi bo'lsa kerar deya o'ylab yurdik. Chunki Abdulloh va uning onasi Payg'ambar s.a.v ning uylariga doim to'htovsiz kirib chiqib yurishar edi". Bundan tashqari, bir safar Payg'ambar s.a.v Abdullohga "Ey Abdulloh, mening uyimga kirishga senga ruxsat kerak emas. Eshigim doim sen uchun ochiqdir" deganlari ma'lumdir.

Hijrat qilishi va hayotining ohirlari Abdulloh ibn Mas'ud r.a. uch martta hijrat qiladila – ikki ma artta Efiopiyaga va bir martta Madinaga. Payg'ambar s.a.v hayotlik davrlarida kechgan har bir jangda ishtirok etganlar. Badr jangida Abu Jahlni qatl qiladilar. Payg'ambar s.a.v Abu Jahlning qilichini ularga o'lja sifatida unga taqdim qiladilar. Halifa Umar r.a Abdulloh ibn Mas'ud r.a musulmonlarga ta'lim berishga va Baytul Molga javobgar sifatida Kufaga jo'natadilar. Umar r.a boshqa sahobalarga maosh tayinlaganliklari singari unga ham maosh taklif qiladilar. Ibn Mas'ud maoshni olishni rad qilib halifaga : “Nega meni bu dunyoga bog'lab qo'yishga harakat qilayapsan?” degan ma'nolardagi so'z aytadilar.


Qur'ondan ilmlari. Qur'on tilovatida Payg'ambar s.a.v sahobalari orasida eng yaxshilaridan biri bo'libgina qolmasdan Qur'onni eng yaxshi tushungan sahoba edi. Shuning uchun bo'lsa kerakki Shar'iat ahkomlari ilmida uning oldiga tushadigan yo'q edi. Buni tushunish uchun quidagi voqea yaqqol misol bo'la oladi: Arafotda turgan Halifa Umar r.a ning oldilariga bir kishi kelib: “Ey Amiral Mo'minin, men Kufadan keldim va u yerda bir kishining Qur'on nusxalarini o'z hotirasidan to'ldirayotgan insonni ko'rdim” deydi. Umar r.a juda darg'azab bo'ladilar va “Kim edi u?” deya so'raydilar. “Abdulloh ibn Mas'ud” deya javob beradi haligi kishi. Umar r.a ning jahli tezda tarqalib ketadi va “Allohga qasamki hozzirda yashab turgan insonlar orasida undanda bilimlirog'ini bilmayman.” deydilar Umar r.a.

“Bir kecha Allohning rasuli s.a.v va Abdulloh ibn Mas'ud r.a bir narsani juda qizg'in muhokama qildilar va men ular bilan birga edim. Qachonki Payg'ambar s.a.v ketganlarida Biz ham ular bilan ketdik. Masjid oldidan o'tar ekanmiz, bizga taniy olmagan bir kishining namozda turib tilovat qilayotganini ko'rdik. Payg'ambar s.a.v bir oz unga quloq tutdilar va bizga qarab: 'Kimda kim Qur'onni nozil bo'gan vaqtdagidek o'qishni hohlasa, unda Abdulloh ibn Mas'udni tilovat qilganidek o'qisin” dedilar.

Yana boshqa bir hadisda Payg'ambar s.a.v : “Qur'onni 4 kishidan – Abdulloh ibn Mas'ud, Abu Huzayfaning mavlosi Solim, Ubayy ibn Kaab va Muoz ibn Jaballardan o'rganinglar” dedilar. Yana Payg'ambar s.a.v aytadilar : “Qur'onni Abdulloh ibn Mas'ud o'rgatganidek o'qinglar”.

Eng mashxur va keng tarqalgan Qiroat Imom Hafsnikidir. Imom Hafs uni Imom Osim Kufidan olgan va Imom Osim Kufi esa Abu Abdurrohman Abdulloh ibn Habib As-Sulmiyidan u o'z o'rnida Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Mas'ud, Ubayy ibn Kaab va Zayd ibn Sobitdan olgan. Ohirgilarning barchalari esa to'gridan to'g'ri Payg'ambar s.a.v dan o'rganishgan.

Abdulloh ibn Mas'ud Qur'onni va uning nozil bo'lish ilmlarini shunchalik yaxshi bilganliklaridan shunday der edilar: “O'zidan boshqa iloh yo'q bo'gan Allohga qasam, Qur'onning biror oyati yo'qki uning qayerda nozil bo'lganini va nozil bo'lish sharoit va vaziyatini bilmasam. Allohga qasamki, Allohning kitobini mendanda yaxshiroq biladigan biror kimsa borligini bilganimda, u bilan birga bo'lish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilgan bo'lar edim”.

Abdulloh ibn Mas'ud o'zi haqida aytgan gaplarida rost so'zlagan edi. Bir safar Umar ibn al-Hattob halif sifatida qilayotgan safarida bir karavonga duch keladi. Kunning qorong'iligidan karvonni yaxshi ko'rib bo'lmas edi. Halifa bir kishiga karvonga peshvoz chiqishga buyuradi. Buni qarangki huddi o'sha karvonda Abdulloh ibn Mas'ud ham ketayotgan bo'ladi. Savol: Qayerdan kelayapsizlar? Deya so'raydi Umar r.a. “Chuqur vodiydan” deya javob qaytaradi qorong'ilikda turgan Abdulloh ibn Mas'ud. Savol: Va qayerga ketayapsizlar? Deya so'raydi Umar. “Qadimiy uyga” deya javob keladi. (Arabcha istilohi: Al-Bayt al Atiq). Ular orasida Olim kishi bor ekan deydi Umar al Hattob r.a va ushbu noma'lum olimdan qiyinroq savollar so'ralsin deya o'z qo'l ostidagilarga buyuradilar. Savol: Qur'onning qaysi qismi eng buyukdir? Javob: "Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu.." deya javob qaytaradi karavondagi noma'lum shaxs Oyatal Kursidan iqtibos keltirgan holda. Savol: Quronning asosi nima? Javob: "Kimda kim zarra miqdorda yaxshilik qilsa, uni ko'rur, kimda kim zarra miqdorda yomonlik qilsa uni ham ko'rur." Savol: Qur'onning qaysi qismi iymon keltirganlarga katta umida beradi? Javob: (Ey, Muhammad,) o'z jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: "Allohning rahmatidan noumid bo'lmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag'firat qilur. Albatta, Uning O'zi mag'firatli va rahmlidir Shundan so'ng Umar r.a so'radilar: “Orangizga Abdulloh ibn Mas'ud bormi?” Karvondan bir kishi “Allohga qasamki ha” deya javob qaytardi.

Payg'ambar s.a.v doim Ibn Mas'ud r.a ni odamlarga boshliq qilishni hohlar edilar. Buni u zotning ushbu so'zlaridan ham ilg'ab olsa bo'ladi: “Agarda kimnidir Hech kim bilan maslahatlashmasdan. boshliq etib tayinlashim lozim bo'lganda, Abdulloh ibn Mas'udni tanlagan bo'lar edim”.


Hadis va Shariat ahkomlaridagi bilmlari. Ibn Mas'ud odatda hato qilib qo'yishdan hadiksiraginlaridan hadis rivoyat qilishdan o'zlarini tiyar edilar. Ammo, ma'lum bir hadisni rivoyat qilgan hollarida esa, Payg'ambar s.a.v ga taaluqli va nisbat beriladigan har bir jabhada juda ehtiyotkor va e'tiborli edilar. Payg'ambar s.a.v: “Ibn Mas'ud nimaiki sizlarga rivoyat qilib bersa unga ishoninglar” deganlariga qaramasdan, rivoyat qilish asnosida ularning yuzlari oqarib titroq bosar edi. Ma'lum jabhada hukm chiqarish lozim bo'lganda esa Abdulloh ibn Mas'ud r.a hukmni o'z fikriga dahldorligini ta'kidlab o'tib – agarda hukmi to'gri bo'lib chiqsa bu Allohdan so'ngra o'zining shaxsiy fikridan, nogahon hato bo'lsa o'zining shaxsiy fikridan va shaytondan der edilar.

Imam Nasoiy o'z Sunanlarida keltiradilar: “Bir kishi bir ayolga uylanadi, biroq hikohi tugamasdan yoki beradigan mahr miqdorini aytishidan avvalroq joni uziladi. Ushbu masala haqida hukm chiqarishni sahobalardan sor'aladi, ular esa o'z o'rnida Abdulloh ibn Mas'udning oldiga borishga maslahat beradilar. Ular Ibn Mas'udning huzuriga kelishganida esa, Abdulloh ulardan o'zlarini olib qochadilar va boshqa kimsadan so'rashlarini aytadilar. Nihoyat, Ibn Mas'ud r.a yumshaydilar va : “Ayol Mizl Mahri oladi. Ushbu hukm to'g'ri bo'lsa u Allohdan. Agar aksincha noto'g'ri bo'lsa u Shaytondan va mendandir “ deydilar. Na Alloh va na uning Payg'ambari bunga aloqasi bordir. Kelganlar orasida Maakal ibn Al-Ashjai ismli sahoba ham bor edi va u ushbu hukmi eshitib : “Allohga qasamki siz Payg'ambar s.a.v ning Bint Washile Al-Ashjai ga nisbatan chiqargan hukmlarining aynan o'zini aytdingiz. Hukmingiz, Payg'ambar s.a.v ning hukmlariga muvofiqdir”. Buni eshitgan Ibn Mas'ud ilgari hali hech quvonmaganidek quvondi.

Iroqdagi va Hanafi Fiqhining ko'pchilik hukmlari Abdulloh ibn Mas'udning hukm va Fatvolariga asoslanadi. Abdulloh r.a ning Fiqhdagi o'rinlari shu darajada ediki, ular hayotlik davrlarida boshqa sahobalar Fatvo berishdan bosh tortar edilar. Fatvo isttaga har qanday insonlarni ularning huzurlariga jo'natar edilar. Abdulloh ibn Mas'uddan ilm o'rganishni hohlovchi toliblarning soni doim juda ko'p bo'lar edi.

Bir kun Hotima Ibn Abu Subra Madinaga keladilbu Hurayra Hotimadan qayerdan kelganini so'raydilar. U esa Kufadan ikki kunlik yo'l yurib kelganini aytadi. Abu Hurayra undan: “ - Mustajob ul Davat bo'lgan Saad ibn Molik sizlarning oralaringdamasmi?, - Payg'ambar s.a.v ning oyoq kiyimlarini va tahorat suvlarini tashuvchi bo'lgan Ibn Mas'ud sizlarning oralaringdamasmi? - Payg'ambar s.a.v ning sirlarini biluvchi Huzayfa sizlarning oralaringdamasmi? - Alloh Taolo o'z payg'ambarining so'zi ila shaytondan panoh bergan Amar sizlarning oralaringdamasmi? Ikki muqaddas kitobni biluvchi Salmon Forsiy sizlarning oralaringdamasmi?” O'sha paytlarda Taqdirning taqozosi bilan Hazrat Abu Hurayra keltirgan sahobalarning barchalari Kufa shahrida istiqomat qilishar edi.

Hazrat Saad rivoyat qiladilar, “Bir kun men, Abdulloh ibn Mas'ud, Bilol Habashiy va boshqalar– jami olti kishi Payg'ambar s.a.v bilan birga edik. Makkadan ba'zi kofirlar Payg'ambar s.a.v ning huzurlariga kelishdi va bizlarga ishora qilib 'Bu kishilarni o'zindan uzoq qil va biz sen bilan muloqot qilamiz v seni tinglaymiz' dedilar. Shunda Payg'ambar s.a.v bizlarni bir yerga junatishlari ularning Islomga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirar va qalblari ochilar deya o'ylayotganlarida quidagi oyatlar nozil bo'ldi: – Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! (6:52) Saad hursand bo'lib – 'Bu oyatlar biz uchun nozil bo'lgandir' der edi. Alloh Taoloning o'zi maqtaganlar bilan kim ham tenglasha olar edi? Allohga ibodat qilishning asl ma'nosi ham Allohni rozi qilishdir. Hozir bo'lgan o'sha olti kishilar hayotlik davrilaridayoq Allohning ulardan rozilik haqida habar olishgan edi. Ridda janglari' 632 yilning Iyul oyining 3-haftasida, Abu Bakr r.a asosan Banu Hoshim qavmidan tashkil topgan lashkarlarni o'zini o'zi payg'ambar deb e'lon qilgan Tulayhaning qo'shinlariga qarshi jamlaydi. Halifa jamlagan qo'shinda – Ali ibn Abu Tolib, Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn al Avvom va Abdulloh ibn Mas'uddek e'tiqodi siljimas insonlar bor edi. Ularning jangda o'z mas'uliyatlari bo'lishiga qaramasdan aytarlik hech qanday qarshilikka uchrashmadi.

O'limi Abdulloh ibn Mas'ud r.a Halifa Usmon r.a davrigacha yashagani ma'lumdir.