Farhod Magometov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Farhod Abdualiyevich Magometov | ||
Tavallud sanasi | 11-yanvar 1962-yil | ||
Tavallud joyi |
Toshkent, ![]() | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
?—? ?—? 1979 1980 1981—1984 1985—1986 1987—1988 1989 1990 990—1991 1992—1993 1994—1996 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
(? (?) ? (?) ? (0) 0 (0) 100 (12) 75 (3) 57 (12) 34 (4) 16 (1) 41 (1) 57 (2) 74 (9)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1992—1996 |
![]() | (20 (0)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Farhod Abdualiyevich Magometov (1962-yil 11-yanvar) — oʻzbek futbolchisi, himoyachi. 1992—1996-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida toʻp surgan, 1994-yilgi Osiyo oʻyinlari chempioni. 2008-yildan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib keladi[1].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mehnat faoliyatini 1970-yillarda Namanganning „Tekstilshik“ jamoasida boshlagan. Keyinchalik Jizzaxning „Boʻston“, Gulistonning „Paxtachi“, Toshkentning „Paxtakor“ klublari safida toʻp surgan. 1981—1984-yillarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida 100ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan. 1985—1986-yillarda yana „Paxtakor“ safida oʻynab, 75 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 1987—1988-yillarda Qiziloʻrdaning „Meliorator“ jamoasida oʻynagan. Keyinchalik Jizzaxning „Yoshlik“ (keyinchalik „Soʻgʻdiyona“), yana Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida oʻynagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, „Paxtakor“ safida, 1994—1996-yillarda esa Namanganning „Navbahor“ klubida faoliyatini davom ettirgan va shu klubda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Oʻzbekiston terma jamoasi safida 20 ta oʻyin oʻtkazgan[2]. 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.
2008-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimida ishlagan.[3][4]
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994
Oʻzbekiston chempioni (2 karra): 1992, 1996
Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori:1993
Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (2 karra): 1994, 1995
- Oʻzbekiston kubogi gʻolibi (2 karra): 1993, 1995
Davlat mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Shuhrat“ medali sohibi.[5]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Ofitsialniy sayt PFL Uzbekistana. Rukovodstvo, 28–avgust 2016–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 10–iyul 2022–yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Статистика футболистов сборной Узбекистана“ (deadlink). 8-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyul 2015-yil.
- ↑ „Магометов ишдан кетди, ўрнига ПФЛга янги раҳбар тайинланди“. 7-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-may 2023-yil.
- ↑ „Ўзбекистон вакиллари ОФК қўмиталари аъзолигига тасдиқланди“. 7-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-may 2023-yil.
- ↑ „О награждении группы спортсменов и тренеров республики“ (deadlink). 7-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyul 2015-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- FutbollFacts.ru saytida profili
- transfermarkt.com
|
- 11-yanvarda tugʻilganlar
- 1962-yilda tugʻilganlar
- Futbolchilar
- Oʻzbekiston futbolchilari
- SSSR futbolchilari
- Futbol himoyachilari
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Guliston klubi futbolchilari
- Kaysar klubi futbolchilari
- Shuhrat medali sohiblari