Kontent qismiga oʻtish

Ulugʻbek Roʻzimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ulugʻbek Roʻzimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ulugʻbek Ikromovich Roʻzimov
Tavallud sanasi 15-avgust 1968-yil (1968-08-15) (55 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR, USSR
Vafot sanasi 8-may 2017-yil(2017-05-08)
(48 yoshda)
Vafot joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 190 cm (6 ft 3 in)
Ampluasi Himoyachi
Mukofotlari
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985—1986 Xonqa 65 (5)
1989 Paxtakor 7 (0)
1989 Jayxun 3 (1)
1990 Paxtakor 21 (0)
1991 Umid 42 (8)
1992—1993 Navbahor 50 (7)
1994—1997 Paxtakor 50 (7)
1997—1998 Jayxun 20 (1)
1999—2001 Metallurg 86 (12)
Milliy terma jamoa
1992—1996 Uzbekistan 23 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ulugʻbek Ikromovich Roʻzimov (1968-yil 15 -vgust – 2017-yil 8-may) – nafaqadagi futbol himoyachisi. Roʻzimov Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi boʻlib, u faoliyati davomida milliy terma jamoada jami 23 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ulugʻbek Roʻzimov Toshkent shahrida tugʻilgan boʻlib, 1985-yilda SSSR ikkinchi ligasi „Xonqa“ jamoasi tarkibida futbol maydonlarida oʻynagan, 1986-yilgacha oʻynagan. 1989-yilda oʻsha paytda birinchi ligada oʻynagan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga, yil oxirida Urganchning „Jayxun“ jamoasida ikkinchi liga klubida oʻynadi. Keyingi yili u „Paxtakor“ga qaytib, u bilan birinchi liganing kumush medallari va oliy ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ammo Roʻzimov keyingi mavsumni ikkinchi quyi liga vakili Toshkentning „Umid“ jamoasida oʻtkazmoqda. Ulugʻbek Roʻzimov 1992-yil Mustqail Oʻzbekiston Oliy ligasida Namanganning „Navbahor“ klubida oʻynagan. 1992-yilda jamoa bilan birgalikda Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi. 1994-yil yana „Paxtakor“da oʻynab, 1997-yilda mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. 1997-yildan 1998-yilgacha Xorazm jamoasi tarkibida oʻynagan va 1999-yildan 2001-yilgacha oʻynagan Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻyinlarini yakunlagan. Ulugʻbek Roʻzimov 2017-yil 8 may kuni jigar sirrozi, ogʻir xastalikdan vafot etgan[1][2].

Klublar karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillar Klub Oʻyin Gol
1985—1986 Xonqa 65 (5)
1989 Paxtakor 7 (0)
1989 Jayhun (Urganch) 3 (1)
1990 Paxtakor 21 (0)
1991 Umid 42 (8)
1992—1993 Navbahor (Namangan) 50 (7)
1994—1997 Paxtakor 84 (5)
1997—1998 Xorazm 20 (1)
1999—2001 Metalurg (Bekobod) 86 (12)

Milliy terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ulugʻbek Roʻzimov Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyutini 1992-yil 28-iyunda Turkmaniston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi[3]. 1994-yilda Roʻzimov Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga kiritildi. AFC bu yil terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan kelgan. Turnirda Ulugʻbek Roʻzimov musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy himoyachilaridan biri boʻldi. Keyinchalik Roʻzimov 1996-yilgacha terma jamoa tarkibida oʻynadi va Osiyo Kubogida ishtirok etdi. U terma jamoa tarkibida jami 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navbahor (Namangan)

Paxtakor

  • SSSR Birinchi ligasi 2-oʻrin siohibi 1990

Oʻzbekiston terma jamoasi

Davlat mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994 yili Osiyo oʻyinlarida terma jamoa safida erishgan gʻalabadan soʻng Ulugʻbek Roʻzimov boshqa oʻyinlarda gʻolib chiqqan sportchilar va ularning murabbiylari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti – „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „1994 yil Osiyo o'yinlarida g'olib chiqqan O'zbekiston terma jamoasi. Ular hozir qayerda?“ (24 октября 2017). 2021-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
  2. „Осиё ўйинлари ғолиби, Хоразм футболининг ёрқин вакили Улуғбек Рўзимовни хотирлаб“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  3. „O‘zbekiston – Turkmaniston – 2:1“ (2022-yil 3-sentyabr). 2022-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
  4. „Prezident farmoni“ (2017 yil 7 noyabr). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]