Stepan Atoyan
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Stepan Melikovich Atoyan | ||
Tavallud sanasi | 13-iyul 1966-yil | ||
Tavallud joyi |
Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR, ![]() ![]() | ||
Boʻyi | 173 sm | ||
Ampluasi | yarimhimoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
![]() | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1989-1991 1991 1992 1993-1995 1995-1996 1996 1996-1997 1997-1999 1999-2000 2000 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
(93 (6) 8 (0) 25 (3) 73 (14) 28 (1) 0 (0) 40 (20) 17 (4) 7 (1) 8 (0)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1995-1996 |
![]() | ||
Boshqargan klublari | |||
2001-2002 2003-2004 2004-2005 2011-2012 2012-2013 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Stepan Melikovich Atoyan (armancha: Աթոյան Ստեփան; 1966-yil 13-iyulda Bokuda tugʻilgan) — sovet, oʻzbek va yunon futbolchisi. Hozir murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klublarda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bokuning „Neftchi“ jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1989-yildan 1991-yilgacha Ashxobodning „Kopetdogʻ“ jamoasida oʻynab, 93 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 1991-yil oʻrtalarida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga koʻchib oʻtgan va yarim mavsum shu klubda oʻynagan.
SSSR parchalanganidan soʻng mustaqil Oʻzbekistonda qoldi va 1992-yil boshida Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va bu jamoada bir mavsumda 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 1993-yilgi mavsum boshida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 1995-yilning oʻrtalariga qadar ushbu jamoada oʻynagan. Bu vaqt ichida jamoa yetakchilaridan biriga aylandi va ushbu mavsumlarda 73 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urishga erishdi. 1995-yil oʻrtalarida Gretsiyaning „Proodeftiki“ jamoasiga oʻtdi va bir yarim mavsum shu klubda oʻynadi.[2] 1996-yilda bir muncha vaqt Gretsiyaning boshqa „Provitan“ klubi aʼzosi boʻlgan. 1996-yil oʻrtalarida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qaytdi va 1997-yilning oʻrtalariga qadar bu jamoada 40 ta oʻyin oʻtkazib, 20 ta gol urgan[1]. 1997-yil oʻrtalarida yana „Proodeftiki“ jamoasiga oʻtgan va 1999-yil oʻrtalariga qadar ushbu Gretsiya klubida oʻynagan. 1999-yil oʻrtalaridan 2000-yil oxirigacha Gretsiya klublarida oʻynagan: „Xalkidona“ va „Atromitos“, u yerda futbolchi sifatida professional faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]
1995—1996-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Atoyan milliy terma jamoadagi debyut oʻyinini 1995-yil 18-iyulda Malayziyaning „Merdeka“ kubogida Vengriya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Stepan Atoyan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida jami 9 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, shulardan uchtasini 1996-yili BAAda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogida oʻtkazgan.[2]
Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, Atoyan Gretsiyada qolib, murabbiylik faoliyatini boshlagan. OFKning murabbiylik diplomi, B toifali murabbiylik diplomi va UEFA litsenziyasini olgan. Gretsiya futbol akademiyasida murabbiylik faoliyatini boshlagan va 13 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jamoalariga ustozlik qilgan. Keyinchalik turli ligalarda oʻynaydigan turli Gretsiya klublariga murabbiylik qilgan.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Temiryoʻlchi“
- Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 1992
„Neftchi“ (Fargʻona)
- Oʻzbekiston chempioni: 1993, 1994, 1995
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1996
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1994, 1996
Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida uchinchi oʻrin: 1993
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Статистика греческой лиги 1998/1999“. 5-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-avgust 2015-yil.
- ↑ „Статистика Кубка Азии 1996“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-avgust 2015-yil.
|
- 13-iyulda tugʻilganlar
- 1966-yilda tugʻilganlar
- Futbolchilar
- Futbol yarim himoyachilari
- Oʻzbekiston futbolchilari
- SSSR futbolchilari
- Gretsiyalik futbolchilar
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- O‘zbekistonlik legioner futbolchilari
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Murabbiylar
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Oʻzbekiston murabbiylari