Abdusamad Doʻrmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdusamat Chorshanbiyevich Doʻrmonov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 15-noyabr 1965-yil (1965-11-15) (57 yosh)
Tavallud joyi Termiz
Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982—1984
1985—1986
1987
1987—1989
1990—1991
1992—2002
Sovet Ittifoqi Surxon
Sovet Ittifoqi Lokomotiv (Chita)
Sovet Ittifoqi Surxon
Sovet Ittifoqi "Paxtakor"
Sovet Ittifoqi Surxon
OʻzbekistonNeftchi (Fargʻona)
(64(7)
45(3)
22(7)
64(3)
72(19)
274(15))
Milliy terma jamoa
1992—1994 OʻzbekistonOʻzbekiston (7(0))
Boshqargan klublari
2003—2014
2014—2015
2015 — h. v.
2020
Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) murabbiy
Oʻzbekiston Yozyovon Lochinlari
Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) murabbiy
Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Abdusamat Chorshanbiyevich Doʻrmonov (1965-yil 15-noyabrda, Termiz) — sovet va oʻzbek  futbolchisi, Fargʻonaning "Neftchi" klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-yildan „Avtomobilist“ (Termiz) jamoasida oʻynay boshlagan.

1985-yilda „Surxon“ jamoasidagi sherigi Shuhrat Xoʻjaqulov bilan birga „Lokomotiv“ (Chita) klubiga oʻtgan. Yangi jamoada 2 yil davomida 45 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan.

"Paxtakor" (Toshkent) va "Neftchi" (Fargʻona) jamoalarida oʻynagan.

„Neftchi“ jamoasi tarkibida besh karra Oʻzbekiston chempioni (1992, 1993, 1994, 1995, 2001), ikki karra Oʻzbekiston kubogi sohibi (1994, 1996), shuningdek, Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan (1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003).

Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 7 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 4 tasi 1994-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlarining final turnirida boʻlgan. Finalda Xitoy termasiga qarshi kechgan oʻyinda barcha 90 daqiqani maydonda oʻtkazgan va jamoa bilan musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritgan.

2002-yilda faoliyatini yakunlagan.

2014-yil oktyabr oyida Oʻzbekiston chempionati ikkinchi devizionida oʻynagan „Yozyovon Lochinlari“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qabul qilingan. Unda bor-yoʻgʻi bir oy vaqt mobaynida, u jamoani birinchi ligaga bir qator „oʻq kabi“ oʻyinlari orqali olib chiqgan.

2015-yilning aprel oyi boshida Doʻrmonov boshchiligidagi jamoa mavsumni „Sharq“ hududiy zonasida birinchi ligada boshladi. Birinchi bosqich yakuniga koʻra, „Yozyovon Lochinlari“ Sharqiy zona turniri jadvalida sakkizinchi oʻrinni egalladi va shu tariqa birinchi liganing ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Biroq, bu vazifa muvaffaqiyatli hal etilganiga qaramay, 2015-yilning avgustida bosh murabbiylikdan ozod etildi.

2015-yilning dekabr oyidan ukasi Rustam Doʻrmonov bilan "Neftchi"da murabbiy sifatida ishlab kelmoqda.

Davlat mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolar[tahrir | manbasini tahrirlash]