Yuriy Sheykin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Sheykin
Fayl:Юрий Шейкин.JPG
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yuriy Vyacheslavovich Sheykin
Tavallud sanasi 10-aprel 1963-yil (1963-04-10) (60 yosh)
Tavallud joyi
Sovet IttifoqiSSSR,
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Vafot sanasi 5-yanvar 2011-yil(2011-01-05)
(47 yoshda)
Vafot joyi Buyuk Novgorod,, RossiyaRossiya
Ampluasi darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983
1987
1988—1991
1992—1995
1996
1996
1997
2000
Sovet IttifoqiNarimanovets
Sovet IttifoqiShaxtyor (Angren)
Sovet IttifoqiTraktor (Toshkent)
OʻzbekistonTraktor (Toshkent)
OʻzbekistonMHSK
OʻzbekistonMash’al
OʻzbekistonTraktor (Toshkent)
OʻzbekistonZarafshon
(14 (-?)
15 (-?)
125 (-?)
101 (-129/8)
12 (-12)
11 (-14)
14 (-34)
2 (-?))
Milliy terma jamoa
1994 OʻzbekistonOʻzbekiston (7 (-4))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yuriy Vyacheslavovich Sheykin (1963-yil 10-aprel, SSSR — 2011-yil 5-yanvar, Buyuk Novgorod, Rossiya) — sovet va oʻzbek futbolchisi, darvozabon.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini 1983-yilda „Narimanovets“ klubida boshlagan.

Faoliyatining asosiy qismini Toshkentning „Traktor“ida oʻtkazgan. „MHSK“, „Mash’al“, „Zarafshon“ klublarida toʻp surgan.

1994-yilda Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgach Oʻzbekiston terma jamoasiga taklif qilingan. Shaykinning eng yaxshi yutugʻi turnirning yarim finalida, Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda boʻlgan. Raqibning haddan tashqari ustunligiga qaramay, Yuriy oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va Azamat Abduraimovning yagona goli Oʻzbekiston terma jamoasini finalga olib chiqqan[1][2].

Koreyaliklar bosh murabbiyi Anatoliy Byshovets ushbu oʻyin haqida quyidagi fikrlarini bildirib oʻtgan:

„Uchrashuvning rasmiy malumotlarini keltiraman: darvozaga 27 ta zarba berdik, ular — 3 ta, biz 20 ta burchak toʻpini amalga oshirdik, ular esa 2 ta. 6-7 ta toʻgʻri vaziyatlardan foydalana olmadik. Darvozabon Sheykin moʻjizalar yaratdi. Hatto himoyachilar ham fidokorona oʻynashdi. Abduraimov 30-35 metrlardan darvozamizga gol urdi. Toʻp yerga tegib, darvozabon qoʻli ostida toʻrga uchib tushdi“[3].

Final uchrashuvida Oʻzbekiston terma jamoasi Xitoy terma jamoasini 4:2 hisobida magʻlub etib, Osiyo oʻyinlari chempioniga aylangan.

Mavsum yakunida Yuriy Sheykin „Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi“ soʻrovnomasida uchinchi boʻlgan.

2000-yilda Yuriy Sheykin futbolchilik faoliyatini yakunlaydi va doimiy yashash uchun Rossiyaga joʻnab ketadi.

Yuriy Sheykin 2011-yil 5-yanvarda Velikiy Novgorod shahrida toʻsatdan vafot etgan[4].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1ChempionOsiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil

3Bronza medali sohibiOʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 1996-yil

Davlat mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Одиссея форварда: Россия и дальнее зарубежье, победа на Азиаде…“ (deadlink). 2015-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-iyul.
  2. Игорь Шквырин — чемпион пяти стран и одного континента
  3. Анатолий Бышовец. "Два шока за два дня" // Футбол : еженедельник. — 1994. — № 44.
  4. Ушёл из жизни Юрий Шейкин
  5. „О награждении группы спортсменов и тренеров республики“ (deadlink). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]