Kontent qismiga oʻtish

Andrey Pyatniskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andrey Vladimirovich Pyatnitskiy
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Vladimirovich Pyatnitskiy
Tavallud sanasi 27-sentyabr 1967-yil (1967-09-27) (58 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Start (Toshkent)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983—1984 Start (Toshkent) 2 (0)
1985 Paxtakor 21 (0)
1986—1987 CSKA Moskva 32 (5)
1988—1991 Paxtakor 120 (25)
1992—1997 Spartak (Moskva) 100 (17)
1992—1997 Spartak-D (Moskva) 26 (5)
1998 Sokol (Saratov) 2 (1)
2001 Shatura KFK
2002 Sokol (Saratov) KFK
Milliy terma jamoa
1990 Sovet Ittifoqi U21
1990 Sovet Ittifoqi (Klub) 1 (0)
1992 MDH 5 (2)
1992 Oʻzbekiston 2 (0)
1993—1995 Rossiya 10 (2)
Boshqargan klublari
2002—2003 Almaz (Moskva) murabbiy
2003 Gazovik
2006 Vityaz (Podolsk)
2008—2012 Cherenkov nomidagi akademiya bol. mr.
2013—2014 Spartak (Moskva) murabbiy
2013—2014 Spartak U21 (Moskva)
2015—2016 Rosich 1999 (Moskovskiy)
2016—2018 Rosich (Moskva)
2019—2020 Ximik-Arsenal ka. mr.
2020 Ximik-Arsenal v. b.
2020 Ximik-Arsenal
2021 Ximik-Arsenal ka. mr.
2021 Arsenal-2 ka. mr.
2021—2022 Arsenal-2
2024—2025 Dinamo Samarqand U21
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Andrey Vladimirovich Pyatnitskiy (1967-yil, 27-sentyabr, Toshkent[1]) —  oʻzbek va rus futbolchisi, yarim himoyachi va murabbiy. SSSR sport ustasi (1986-yil), SSSR xalqaro sport ustasi (1991-yil).

Andrey faoliyatining ilk yillarida Toshkentda oʻynay boshlagan. Birinchi murabbiyi Komarnitskiy Vladimir Dementiyevich boʻlgan. Birinchi jamoasi Toshkentning  „Start“ klubi. 1985-yilda futbolchi „Paxtakor“ga oʻtadi va birinchi ligada oʻynay boshlaydi. Keyingi yili u armiyaga chaqiriladi va SSKA (markaziy harbiy sport klubi)da „xizmat qiladi“. 1988-yilda jamoaning katta ligaga qaytishiga yordam berish istagida „Paxtakor“ga qaytadi. Bu ish 1990-yilda amalga oshadi.

1992-yilda Tarxanov futbolchini „Paxtakor“da oʻynashi borasida hech qanday istiqbol yoʻqligini aytib, „Spartak“ga oʻtishga koʻndiradi[2]. „Spartak“ tarkibida u besh marta Rossiya chempioni boʻlgan. 1996-yilda jamoa sardori etib saylanadi.

90-yillarning oʻrtalarida toʻpigʻidan jarohat olib, uzoq vaqt davolandi va maydonga qaytgach, avvalgidek, maydonda toʻp sura olmaydi.

Faoliyati davomida SSSR/MDH, Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalarida oʻynagan.

1994-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullangan. 2008-yil noyabr oyidan 2012-yil dekabrigacha „Spartak“ sport maktabi murabbiyi (Moskva) lavozimida ishlagan. 2013-yil iyul oyidan 2014-yil aprel oyiga qadar „Spartak“ (Moskva) yoshlar jamoasi katta murabbiyi vazifasida ishlagan. 2014-yil 23-aprelda oilaviy sabablarga koʻra lavozimni tark etgan[3]. 2015-yilning yanvar oyidan 1999-yilda yangi tashkil etilgan Moskvaning „Rosich“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. Keyinchalik „Rosich“ klubining asosiy jamoasini boshqargan[4].

2019-yildan buyon „Ximik-Arsenal“ klubi bosh murabbiyi. 2020-yilda Sergey Podpali Tulaning „Arsenal“ klubiga tayinlangach, u bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi boʻldi.

  • 1992, 1993, 1994, 1996, 1997-yillarda Rossiya chempioni;
  • 1991—1992-yillarda SSSR kubogi gʻolibi;
  • 1993—1994-yillarda Rossiya kubogi gʻolibi;
    • 1990-yil Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni (21 yoshgacha SSSR terma jamoasi tarkibida);
  • 1993-yil Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi (4 oʻyin, 3 gol);
  • 1991-yil SSSRda mavsumning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi roʻyxatida (1) -  № 3;
  • 1992, 1993, 1994-yillarda Rossiya chempionatining 33 nafar eng yaxshi futbolchisi roʻyxatida (3): № 1.

Turmush oʻrtogʻi Svetlana  va  Daria (1994-yil 9-iyulda tugʻilgan) ismli qizi bor.

  1. „Тошкентда туғилган Андрей Пятницкий Ўзбекистонга қайтмоқда.“ (2023-yil 23-dekabr).
  2. Paxomov S. Andrey Pyatnitskiy: Mechtayu o fransuzskoy otbivnoy // Sport-Ekspress Futbol. — 1996. — № 27. — s. 3.
  3. „Pyatnitskiy po semeynim obstoyatelstvam ne smojet rukovodit molodyojnim sostavom“. 24-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
  4. Bivshiy igrok „Spartaka“ — trener molodyojnoy komandi „Rosich“