Paxtakor FM (futbol klubi)
|
| |||
| Toʻliq nomi | Paxtakor-2 futbol klubi | ||
|---|---|---|---|
| Laqabi | Sherlar | ||
| Asos solingan | 2012-yil | ||
| Stadioni | Qibray stadioni | ||
| Sigʻimi | 1.000 | ||
| Prezident | Jahongir Ortiqxoʻjayev | ||
| Bosh murabbiy | Bobur Abdurahmonov | ||
| Liga | Oʻzbekiston Birinchi ligasi | ||
| Oʻrni | 5 | ||
| Vebsayti | Klub sayti | ||
|
| |||
| Paxtakor Toshkent sport jamoalari | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
|
„Paxtakor-2“ – Oʻzbekistonning professional futbol klubi boʻlib, poytaxt Toshkentda joylashgan. Hozir Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etadi. Jamoa „Paxtakor“ klubining farm jamoasi hisoblanadi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Paxtakor-2" jamoasi „Paxtakor“ klubining futbol yetkazib beruvchi farm jamoasi hisoblanadi. 2012-yilda „Paxtakor-2“ Birinchi liga va Oʻzbekiston kubogida oʻzining professional ishtirokini boshlagan. 2012-yil 3-aprelda klub nomi „Paxtakor-2 Chilonzor“ nomiga oʻzgartirilgan[1][2].
2012-yilning 24-iyul kuni klub bosh murabbiyi Noʻmon Xasanov oʻz lavozimini tark etdi va „Paxtakor“ yoshlar jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. „Paxtakor-2“ jamoasiga avval „NBU Osiyo“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan Ilhom Moʻminjonov yangi bosh murabbiy boʻldi[3]. 2014-yildan klub eski nomi Paxtakor-2 deb oʻzgartirilgan.
2012—2016-yilgi mavsumlarda Oʻzbekiston Birinchi ligasida (2018-yildan Oʻzbekiston Pro ligasi deb nomlangan) oʻynagan. 2016-yilgi mavsum ligada „Paxtakor-2“ jamoasi soʻnggi, 17-oʻrinni egallagan edi.
Futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2026-yil 7-aprel holatiga koʻra[4]
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
Bosh murabbiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Paxtakor-2“ teper budet imenovatsya „Paxtakor-2-Chilanzar“. (Wayback Machine saytida 2018-03-31 sanasida arxivlangan) pfl.uz, 03.04.2012.(ruscha)
- ↑ „«Paxtakor-2» endi «Paxtakor-2-Chilonzor» deb ataladi.“ (2012-yil 3-aprel).
- ↑ „Нумон Хасанов назначен главным тренером молодежной команды "Пахтакор"“. FC Pakhtakor (2012-yil 24-iyul).[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Paxtakor FJ jamoasi tarkibi“. pfl.uz. Qaraldi: 2026-yil 7-aprel.
- ↑ „No``mon Hasanov – «Paxtakor» yoshlar jamoasi ustozi“ (2012-yil 25-iyul).
- ↑ „Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. “Paxtakor-2” haqida“ (30 noy 2015).