Aleksandr Korneychuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Александр Евдокимович Корнейчук.jpg

Aleksandr Yevdokimovich Korneychuk [1905.12 (25). 5, Xristinovka stansiyasi (hozirgi Cherkassi viloyati) — 1972.14.5, Kiyev] — ukrain dramaturgi va davlat arbobi. Ukraina FA (1939), SSSR FA (1943) akad. "Eskadraning haloqati" (1933), "Haqiqat" (1937), "Platon Krechet" (1934), "Bogdan Xmelnitskiy" (1939) pyesalari ukrain dramaturgiyasida muhim urin tutadi. "Ukraina chullarida" (1941), "Front" (1942), "Makar Dubrava" (1948), "Bodrezakzor" (1950), "Mening doʻstlarim" (1970) va boshqa pyesalarida 2-jahon urushi va undan keyingi yillardagi xalqlar hayoti va mexnati tasvirlangan. "Platon Krechet", "Eskadra haloqati", "Front" va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan, baʼzilari oʻzbek teatrlarida sahnalashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil