Andrey Miklyayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Miklyayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Miklyayev Andrey Gennadyevich
Tavallud sanasi 7-sentyabr 1967-yil (1967-09-07) (56 yosh)
Toshkent
Boʻyi 174 sm
Ampluasi himoyachi, yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Surxon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet Ittifoqi Paxtakor (Toshkent)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1987 Sovet Ittifoqi HSK (Kiyev) (33 (2))
1987 Sovet Ittifoqi MHSK (Moskva) (0 (0))
1988-1990 Sovet Ittifoqi Paxtakor (67 (1))
1991 Sovet Ittifoqi Neftchi (33 (0))
1992-1994 Oʻzbekiston Neftchi (83 (6))
1995 Oʻzbekiston Paxtakor (21 (1))
1995 Oʻzbekiston Politotdel (6 (2))
1996-1997 Oʻzbekiston Paxtakor (54 (1))
1998-1999 Oʻzbekiston Nasaf (22 (0))
2000-2001 Oʻzbekiston Metallurg (Bekobod) (36 (1))
Milliy terma jamoa
1992-1997 Oʻzbekiston
Boshqargan klublari
2002-2003
2004
Oʻzbekiston NBU-Osiyo
Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent)
2005-2007 Oʻzbekiston Qizilqum
2008-2010 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent)
2010 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent)
2011 Oʻzbekiston Olmaliq
2012-2015 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent)
2015 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent)
2016-2018 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent)
2018 - h.q. Oʻzbekiston Surxon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Andrey Gennadyevich Miklyayev 1967-yil 7-sentabrda Toshkentda tugʻilgan oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi. Hozirgi kunda murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi. 2019-yildan buyon “Surxon” (Termiz) klubi bosh murabbiyi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrey Miklyayev Toshkentning “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu klubning futbol akademiyasida tahsil olgan. 1984-yilda Miklyayev oʻzining professional faoliyatini aynan shu klub tarkibida boshlagan. 1987-yilda Kiyevning “SKA” va Moskvaning “SSKA” klublarida oʻynagan.

1980-yillar oxirida Miklyayev “Paxtakor”ga qaytgan. 1991-1994-yillarda Fargʻonaning “Neftchi” jamoasida toʻp surgan va ushbu klub safida 116 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 1990-yillarning ikkinchi yarmida “Paxtakor”, “Politotdel” va “Nasaf” klublarida oʻynagan. 2000-2001-yillarda Bekobodning “Metallurg” jamoasida toʻp surgan va 2001-yilda futbolchilik faoliyatini shu klub tarkibida yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan bir yil oʻtib, 2002-yilda Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Ikki mavsum shu klubda ishlagan va 2004-yiliLokomotiv”ga oʻtib, Toshkent temiryoʻlchilariga rahbarlik qilgan. 2005-2007-yillarda Zarafshonning “Qizilqum” jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. 2008-2010-yillarda Toshkentning “Lokomotiv” klubi sport direktori lavozimida ishlagan. 2010-yilda bir muddat “Lokomotiv” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2011-yilda Olmaliqning murabbiylar shtabida ishlagan. 2012-yilda “Lokomotiv”ga qaytib, jamoa murabbiylar shtabi a’zoligiga kirgan. 2015-yilda yana bir muddat “Lokomotiv” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2016-yilning yanvaridan 2018-yilning apreliga qadar ushbu klubda bosh murabbiy boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]