Farah tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farah tumani
tuman
32°13′3.65″N 62°15′35.71″E / 32.2176806°N 62.2599194°E / 32.2176806; 62.2599194 G OKoordinatalari: 32°13′3.65″N 62°15′35.71″E / 32.2176806°N 62.2599194°E / 32.2176806; 62.2599194 G O
Mamlakat Afgʻoniston
Aholisi
 (2012)
54 000
Vaqt mintaqasi UTC+4,30
Farah tumani xaritada

Farah tumaniAfgʻonistonning Farah viloyatidagi tuman boʻlib, Farah viloyatining markazini oʻz ichiga oladi. Farah shahrida 54 ming aholi istiqomat qiladi (2015-yil)[1]. Umumiy yer maydoni 2949 gektarni tashkil qiladi[2]. Bu shahardagi turar joylarning umumiy soni 5299 ta[3].

Aholi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farah viloyatining markaziy shahri Farahda aholisi asosan tojik, pushtun va balujilardan iborat.

Xavfsizlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farah tumani rahbari 2007-yilning kuzida 400 nafar Tolibon tumanga kirib, olti nafar tinch aholi va bir politsiyachini o‘ldirganidan so‘ng hududni tark etib, o‘z lavozimidan boʻshagan. Xalqaro xavfsizlik birlashmasining maʼlumotiga ko‘ra, Tolibon harakatining hujumlari tufayli o'z mansabidan voz kechgan Guliston tumani rahbari Hoji Qosim keyinchalik lavozimiga qaytishga muvaffaq bo‘ladi, chunki bu vaqtga kelib xavfsizlik yaxshilangan edi. Viloyat gubernatori Mavlaviy Mohidin Baluch 40 nafar oqsoqollar va hukumat amaldorlaridan iborat sho‘roga kengashiga shunday dedi: “Ushbu tumanda xavfsizlikni yaxshilash uchun sizlar hamjihatlikda birlashishingiz kerak. Afgʻoniston dushmanlarining uylaringizda yoki qishloqlaringizda qolishiga yoʻl qoʻymang. Siz ularga qarshi turishingiz kerak. Xavfsizlik kuchlari sizning yordamingizsiz sizni himoya qila olmaydi." Xavfsizlik xizmati 2007-yilga qaraganda ancha yaxshi edi, chunki tumanda "yangi politsiya boshligʻi va tajribali tuman boshqaruvchisi bor" — deydi Baluch"[4].

2007-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tolibon Afgʻoniston gʻarbidagi Farah tumanini egallab oladi va yengil qurollangan afgʻon politsiyasini qochishga majbur qiladi. Afgʻon va xorijdan yuborilgan yordamchi kuchlarga qarshilik koʻrsatadi. Avvaliga Tolibon isyonchilari Gulistonning Farah tumanini, keyin Bakva yaqinini egallab oladi. Qo‘zg‘olonchilar Xak-e Sefidni ham jangsiz egallab oladi. “Xake-e Sefid tumani afgʻon kuchlarining hech qanday qarshiligisiz Tolibon qoʻliga oʻtdi”, deydi Reuters agentligiga oʻsha paytdagi Farah viloyati kengashi aʼzosi Qodir Daqiq. Tolibon kuchlari bir necha kun Xak-e Safid atrofida uni qoʻlga olish maqsadida toʻplanishadi. Farahdagi isyonchilar Eron chegarasiga yaqin joyda boʻlgan Tolibon yetakchisi orqali u yerga qurol olib kelishadi. "Afgʻon toliblari orasida koʻplab eronliklar va pokistonliklar jang qilmoqda", - deydi oʻsha vaqtdagi Farah viloyati politsiyasi rahbari Abdulrahmon Sarjang Reuters agentligiga.

Ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farah tumanida qishloq xoʻjaligi va veterinariya taʼlim instituti joylashgan boʻlib, u Afgʻoniston hukumati va Amerika Qoʻshma Shtatlari hamkorligida moliyalashtirilgan.

Qishloq xo'jaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afyun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻknori Farah viloyatida yetishtiriladigan asosiy ekin hisoblanadi. 2006-yil (7694 gektar) va 2007-yil (14865 gektar) oraligʻida yetishtirish ikki baravarga koʻpaygan. Bakva va Farah tumanlari ko'knori yetishtiriladigan asosiy hududlar hisoblanadi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The State of Afghan Cities report2015“. 2015-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „The State of Afghan Cities report 2015“. 2015-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-oktabr 2015-yil.
  3. „The State of Afghan Cities report2015“. 2015-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-oktabr 2015-yil.
  4. "District chief returns after Taliban coup"[sayt ishlamaydi], 29-aprel 2008.
  5. Naval Postgraduate School Farah Province Program for Culture and Conflict Studies

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]