Kontent qismiga oʻtish

Vohondaryo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vohondaryo
[[Tasvir:|250px|]]
Tavsif
Uzunligi
Davlat Afgʻoniston

Vohondaryo — Afgʻonistonning eng chekka shimoliy-sharqidagi togʻ daryosi. Vahjir daryosining quyi qismi, Panj daryosining boshi. Uzunligi 220 km. V. Hindukush tizmasi sharqiy tarmoqlarining shimoliy yon bagʻrida 5000 m balandlikdagi muzlikdan boshlanadi. V.ga Hindukush tizmasining shimoliy va Vohon tizmasining janubiy yon bagʻirlaridan koʻp irmoqlar qoʻshiladi. V. Tojikiston va Afgʻoniston davlat chegarasi boʻylab oquvchi Pomir daryosi bilan qoʻshilgandan soʻng Panj daryosi nomini oladi. V. qoyali baland togʻlar orasidan tor vodiy (eni 1–2 km)da oqadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil