Bala Murghab tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bala Murghab
tuman
Tegishli Bodg‘is viloyati, Afg‘oniston
Aholi 109,381 (2003)
Maydoni 4,491 km²
Vaqt mintaqasi UTC+4:30
Xaritada
Koordinatalari: 35.34°0′0″N 63.20°0′0″E / 35.34000°N 63.20000°E / 35.34000; 63.20000 G O

Bala Murghab (Pushtu / forscha: Bala Murġāb) — Afgʻonistonning Bodgʻis viloyati shimoli-sharqida joylashgan, tepaliklardan iborat tuman . Tuman markazi Bala Murgʻob shahri boʻlib, Murgʻob daryosi boʻyida joylashgan. Bala Murgʻob Ab Kamari, Muqur, Jawand va Qadis kabi boshqa muhim tumanlar bilan oʻralgan[1].

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda Murgʻob tumanining aholisi taxminan 109 381 kishini tashkil qilgan[2]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi (UNHCR) hisobotiga koʻra, pushtunlar umumiy aholining 95,0 foizini tashkil qiladi, ikkinchi o‘rindachoraymaqlar, turkmanlar va oʻzbeklar turadi[3]. Aholining asosiy qismi Murgʻob vodiysida istiqomat qiladi.

Tumanda 133 ta qishloq mavjud boʻlib, ularning hududi 4491 km2. Tuman Turkmaniston, Muqur, Qodis, Javand, Gʻoʻrmoch va qoʻshni Foryob viloyatining Qaysor tumani bilan chegaradosh[4].

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 2 ta umumiy oʻrta maktab, 3 ta umumtaʼlim maktabi va 24 ta boshlangʻich maktablar mavjud[5].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻonistondagi fuqarolar urushi davrida tuman birinchi marotaba qamal qilingan, soʻngra 2019-yilning may oyida Afgʻoniston milliy xavfsizlik kuchlari tuman markazidagi aksariyat strategik obyektlarni tashlab, chekinishganidan soʻng (yaqin atrofdagi harbiy bazadan tashqari, bu baza hali ham xavfsizlik kuchlari tomonidan muhofaza qilinmoqda) tuman Tolibon tomonidan bosib olingan[6]. Shunga qaramasdan, Afgʻoniston milliy xavfsizlik kuchlari AQSh harbiy koʻmagi ostida harbiy havo texnikalari (vertolyotlar) orqali tumanda toliblarga qashi harbiy harakatlar olib borishmoqda. 2020-yil yanvar oyida AQSh va xavfsizlik kuchlari tuman markazida maxsus harbiy operatsiya oʻtkazib, toliblar qamoqxonasidan 60 dan ziyod mahbuslarni ozod etishadi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bala Murghab District Once Again 'Falls To Taliban'“ (en). TOLOnews. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  2. „Archived copy“. 2022-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  3. „Archived copy“. www.aims.org.af. 2022-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust.
  4. Karimi, Mohammad Halim. „Urgent action sought as Taliban besiege Bala Murghab district“. www.pajhwok.com (2019-yil 15-mart). Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  5. „Archived copy“. 2022-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  6. „Bala Murghab District Still Under Siege: Officials“.
  7. Hassan, Sharif; George, Susannah; Salahuddin, Sayed. „Afghan forces rescue more than 60 hostages from Taliban prison in night raid“. The Washington Post (2020-yil 29-yanvar). 2022-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust. „In all, 62 prisoners were freed from the compound in Bala Murghab, a district of Badghis province heavily contested by Taliban forces.“.