Nika tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nika tumani (pushtucha: نکه ولسوالۍ , forscha: ولسوالی نکه) Naka nomi bilan ham tanilgan. Afgʻonistonning Paktika viloyatidagi eng chekka tumanlardan biri. U piyola shaklidagi vodiyda joylashgan. Unga faqat bir nechta toshli daryolar va bitta tuproq yoʻl orqali borish mumkin. Ammo qishda oʻtish ancha qiyinlashadi. Vodiy iqtisodiyoti ancha orqada qolgan. Aholi, asosan, yogʻoch kesish va dehqonchilik bilan shugʻullanadi[1]. 2019-yilda aholi soni 16 747 kishini tashkil qilgan[2]. Tuman 2001-yilda AQSh bosqiniga qadar Tolibonning qal’asi boʻlib xizmat qilgan. Mish-mishlarga koʻra, bu yerda Al Qoidada muhim rol oʻynagan shaxslardan biri Jaloliddin Haqqoniy vaqt oʻtkazgan. U Usama bin Ladenning katta maslahatchilaridan biri boʻlgan. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Paktika Province Tribal Map (Page 11). Naval Postgraduate School.
  2. „Estimated Population of Afghanistan 2019-20“. Central Statistics Organization (18-noyabr 2019-yil). 9-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.