Joʻzjon (viloyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Joʻzjon viloyatidan yoʻnaltirildi)
Joʻzjon viloyati
جوزجان
viloyat
Tarkibida 11 tuman
Maʼmuriy markazi Shibirgʻon
Hokim Muhammad Alim Sayi
Rasmiy tillar oʻzbek Tili, Fors Tili
Aholi (2012) 512,100[1] (21-oʻrin)
Zichligi 43 kishi./km²
Millatlar tarkibi oʻzbeklar 65 %
tojiklar 25 %
boshqalari 10 %
Dinlar tarkibi Musulmonlar
Maydoni 11 798 km² (19-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+4:30
Kod ISO 3166-2 AF-JOW
Xaritada
Joʻzjon viloyati xaritada
Koordinatalari: 36°45′0″N 66°0′0″E / 36.75000°N 66.00000°E / 36.75000; 66.00000 G O

Joʻzjon (dariycha: جوزجان Jowzjān) — Afgʻonistonning shimolidagi viloyat. Shimoliy tomonidan Oʻzbekiston, sharqiy tomonidan Balx viloyati va gʻarbiy qismida Foryob viloyati bilan chegaradosh. Aholisi 512,100 kishi (2012), aholisining yarmidan ziyod qismini oʻzbeklar va Tojiklar tashkil qiladi. Maʼmuriy markazi Shibirgʻon shahri.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Shohnoma"pa Turon shohi Afrosiyob bilan bogʻliq voqealar munosabati bilan qayd etib oʻtilgan. Xitoy manbalarida ("Tanshu") Xu-chje-kyen deb nomlanib uning podshosi 50 ming kishilik qoʻshinga ega ekanligi va u Toharistonning turkiy qavmlardan boʻlgan oliy yabgʻusiga tobe ekanligi aytilgan. Arablar istilosidan avvalgi davrda Joʻzjon hokimlari "guzgon-xudot" yoki "Guzganon shox." unvoniga ega boʻlishgan. 10-asrda Joʻzjonda hukmronlik qilgan Farigʻuniylar sulolasi vakillari ana shu unvon bilan aytilgan. Arab xalifaligi davrida Joʻzjon viloyatidan atigi 152 ming dirham xiroj olingan. 10-asrda Joʻzjon keng hududni qamragan badavlat, gullab-yashnagan viloyat boʻlgan. Gʻarbda u Garchiston va Marv, sharqda Balx, Tohariston va Bomiyon, janubda Gʻur va Bust, shimolda Amudaryo bilan chegaralangan. Joʻzjon hokimi shu qadar kuchli boʻlganki, hatto Somoniylar xiroj toʻlamay faqatgina sovgʻa-salom joʻnatib turgan[2]. "Hudud ul-olam"ga koʻra Joʻzjon shohi oʻz zamonasidagi hukmdorlar ichida eng obroʻli, qudratli, aqlli, dono va oʻqimishlisi boʻlgan. Uning mulkida adolat, tinchlik va osoyishtalik hukm surgan. 9-asrda Joʻzjonning poytaxti Anbar shahri (hoz. Saripul) boʻlib, unda xalifalik voliysining qarorgohi joylashgan. 10-asrda unda Farigʻuniylarning qishki qarorgohi boʻlib, yozgi qarorgoh Gurzuvon shahrida boʻlgan. "Hudud ul-olam"ga koʻra Anbar boy shahar boʻlib, savdo ahli gavjum boʻlgan markaz sanalgan. Bu yerda mashhur "guzgon terisi" tayyorlanib, u turli mamlakatlarga chiqarilgan. Shaharda oʻzining zarbxonasi, ulkan jome masjidi boʻlgan. 1019-yil farigʻuniylar sulolasi taxtdan agʻdarilgach, Mahmud Gʻaznaviy Joʻzjonni Gʻaznaviylar saltanati tarkibiga qoʻshib olgan. Joʻzjon bu davrda yirik iqtisodiy va harbiy-siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan. 1198-yil aprelda Joʻzjon qoraxitoylar bosqiniga uchragan. 13-asr boshida uni moʻgʻullar, 14—15-asrlarda temuriylar egallagan. 16-asrda shayboniylar, 17-asrda auimapxoHuwiapra tobe boʻlib Balx mulkiga tegishli boʻlgan. 18-asr oʻrtalaridan afgʻonlarning Durroniylar davlati, 1919-yilda mustaqil Afgʻoniston davlati tuzilgach, uning viloyatlaridan biri.

Maʼmuriy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joʻzjon viloyatining tumanlari.

Joʻzjon viloyati 11 tumanga boʻlinadi.

Shahar va aholi punktlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatning katta shaharlari hisoblanadi (2006):

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamal iddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv. T., 1996.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jowzjan Province“. Government of Afghanistan and United Nations Development Programme (UNDP). Ministry of Rural Rehabilitation and Development. Qaraldi: 2012-yil 22-oktyabr.
  2. КОММЕНТАРИИ К ТЕКСТУ
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil