Arg‘andab tumani (Zabul)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Arg‘andab tumani, Zabuldan yoʻnaltirildi)
Arg‘andab tumani

ارغنداب
District
32°7′47″N 66°55′41″E / 32.12972°N 66.92806°E / 32.12972; 66.92806 G OKoordinatalari: 32°7′47″N 66°55′41″E / 32.12972°N 66.92806°E / 32.12972; 66.92806 G O
Aholisi
 (2019)
36,298
Vaqt mintaqasi UTC+4:30
[[File:|290px|Arg‘andab tumani xaritada]]

Argʻandab tumani (pushtucha: ارغنداب ولسوالۍ) — Afgʻonistonning Zobul viloyatidagi tumanlardan biri. 2019-yilda tuman aholisining soni 36 298 nafar kishini tashkil qilgan[1].

Tuman Ghilji pashtunlarining Tokhi aholi yashash punktining markazida joylashgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 25-yanvar kuni Argʻandab tumanida kengaygan tibbiy xizmat koʻrsatuvchi, yuqori sigʻimli sogʻlomlashtirish klinikasi oʻz faoliyatini boshladi[3].

2018-yilning 12-may kuni isyonchilar Argʻandab tumaniga bostirib kirib, 22 nafar politsiya xodimini oʻldirgan. 12 nafarini yaralagan edi. Bundan tashqari isyonchilar uchta xavfsizlik postini ham egallab olishdi[4].

2019-yilning 11-noyabr kuni Tolibon jangarilari Argʻandab tumanining muqobil shtab-kvartirasini bosib olib, mahalliy politsiya boshligʻi va razvedka zobitini oʻldirdi. 2019-yil iyun oyida TOLONews xabariga koʻra, Argʻandab tumanlar hududidan tashqarida ishlayotgan yoki boshqa joyga koʻchirilgan 64 tumandan biri edi. Argʻandab misolida maʼmuriy markaz tumanning boshqa qismiga koʻchirildi, chunki Tolibon dastlabki shtab-kvartirani nazoratiga olgan[5].

2020-yil 29-mart kuni Tolibon jangarilari Argʻandab tumanidagi nazorat-oʻtkazish punktlariga hujum qildi.

2020-yil 8-avgust kuni Islom amirligi mujohidlari xavfsizlikni taʼminlagan vaqtda tumanning turli qishloqlaridan kelgan polvonlar oʻrtasida kurash musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Estimated Population of Afghanistan 2019-20“. Central Statistics Organization (2019-yil 18-noyabr). 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
  2. Zabul Province Tribal Map. Naval Postgraduate School.
  3. „New health clinic open its doors in Zabul province“. U.S. Central Command (2012-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.
  4. „Afghan Fighting Kills More Than 100 People“. Voice of America (2018-yil 12-may). Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.
  5. „Taliban overruns district HQ in Zabul“. Foundation for Defense of Democracies's Long War Journal (2019-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.