Xarappa madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xarappa madaniyati, Hind vodiysi tamadduni — jez davriga oid yuksak rivojlangan shahar madaniyati (mil. av. 2500—1800 yillar). Hindistonning qad. aholisidravidlar tomonidan yaratilgan deb taxmin etiladi. Hindiston va Pokistonning Hind daryosi vodiysi va unga koʻshni viloyatlardagi ulkan hududga (300 ming kv. km maydonga) tarkalgan. Xarappa savdo koloniyasi manzilgohi, Shim. AfgʻonistondaAmudaryoning soʻl qirgʻogʻidagi Shoʻrtoʻqay qishloq xarobasidan aniklangan. Xarappa madaniyati aholisi dengiz va quruklik orqali Mesopotamiya va Oʻrta Osiyo bilan qizgʻin savdo aloqalari olib borgan. Xarappa madaniyatining iqtisodiy asosini sugʻorma dehqonchilik, shuningdek, uy chorvachiligi va hunarmandchilik tashkil etgan. Bu madaniyatga oid 2 asosiy shahar — Mohenjo Daro va Xarappada olib borilgan qazishma ishlari shaharsozlik sanʼati yuksak darajada taraqqiy etganidan dalolat beradi. Bu shaharlarning aholisi 100 ming kishiga yetgan. Shaharlar reja asosida qurilib, qalʼa (ark) va quyi shahar kismidan iborat boʻlgan shahar koʻchalariga pishiq gʻisht yotqizilgan, ariqlar oʻtkazilgan. Kengligi 10 m ga yetgan koʻchalar qatʼiy toʻrtburchak hosil qilib oʻzaro kesishgan. Koʻchalarning har 2 tomonida pishiq gʻishtdan ishlangan 2 va hatto 3 qavatli binolar qad. koʻtargan; ularning suv taʼminoti va kanalizatsiyasi tizimi puxta ishlab chiqilgan. Badavlat shaharliklar uylarida 30 tagacha xona boʻlgan. Xarappaliklar uzunlik va ogʻirlik oʻlchov birliklari tizimidan xabardor boʻlishgan. Xarappa madaniyati aholisining original yozuvni kashf etgani ushbu madaniyatning yorqin yutuqlaridan biridir. Bu yozuv bitilgan mingdan ortiq muxr, shuningdek, sopol va metall buyumlar topilgan, lekin, ularni hanuzgacha oʻqishga muvaffaq boʻlinmagan. Prof. Yu. Knorozov rahbarligidagi olimlar tomonidan matematik metodlar qoʻllanishi natijasida yozuv oʻngdan chapga yoʻnalgani va protodravidlarga mansubligi aniqlangan. Xarappa madaniyatining halokatga uchrashi (hasidoriylar istilosi, ekologik sharoitning oʻzgarishi, bezgak epidemiyasi) sabablari nomaʼlum.

Adabiyot[tahrir]

  • Kosambi D., Kulturam sivilizatsiya drevney Indii. Istoricheskiy ocherk, M., 1968; Kultura drevney Indii, M., 1975; Beshem A., Chudo, kotoraya bila Indiya, M., 1977; Gʻiyosov T.Gʻ., Qadimgi Hindiston tarixi, T., 2000; Indiya i Sentralnaya Aziya (doislamskiy period), T., 2000.