Bomiyon viloyati
|
| ||
| viloyat | ||
|---|---|---|
| Tarkibida | 7 ta tumanlar | |
| Maʼmuriy markazi | Bomiyon shahri | |
| Gubernator | Habiba Sarabi | |
| Rasmiy tillar | dariy, hazoragi | |
| Aholi | 411 200 (2007) (25-oʻrinda) | |
| Zichligi | 29,01 (23-oʻrinda) kishi./km² | |
| Millatlar tarkibi | Hazoralar, pushtunlar, forsivonlar | |
| Maydoni | 14 175 km² (17-oʻrin) | |
| Vaqt mintaqasi | UTC+4:30 | |
| Kod ISO 3166-2 | AF-BAM | |
| Xaritada | ||
|
| ||
| 34.45°0′0″N 67.15°0′0″E / 34.45000°N 67.15000°E | ||
Bomiyon (dariycha: بامیان Bāmiyān, pushtucha: باميان) — Afgʻonistonning markazida joylashgan viloyat[1] . Gʻarbdan Gur viloyati, shimoli-gʻarbdan Saripul viloyati, shimoldan Samangan viloyati, shimoli-sharqdan Bagʻlon viloyati, sharqdan Parvon viloyati, janubi-sharqdan Vardak viloyati, janubda Daykundi va Gʻazni viloyatlari bilan chegaradosh.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu yerda oʻzining Hindukush togʻ yonbagʻirlaridagi feruza rangli koʻllari va Ajar vodiysidagi qoʻriqxonasi bilan mashhur boʻlgan mamlakatning birinchi milliy parki — Bandi-Amir joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyatning asosiy tarixiy yodgorligi Bomiyon Budda haykallari boʻlib, bu oʻlka islom dini tarqalgunga qadar buddaviylik dini markazi boʻlganidan dalolat beradi[2][3].
Maʼmuriy tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bomiyon viloyati yettita tumanlarga boʻlinadi
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy aholisi — hazoralar. Shuningdek, viloyatda Afgʻonistonning boshqa etnik guruhlari ham istiqomat qiladi.
Aholi punktlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Darnosh qishlogʻi
- Dodar qishlogʻi
- Kagor qishlogʻi
- Lagki qishlogʻi
- Payin-Baj qishlogʻi
- Ravi-Sang qishlogʻi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bamiyan“. Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
- ↑ „Silk Road Seattle - Bamiyan“. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
- ↑ Trespassed. „Бамиан, Афганистан“ (rus tilida) (2009-yil 23-aprel). Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.