Chah Ab tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chah Ab tumani (forschada: ولسوالی چاه آب) — Afgʻonistonning Takhar viloyatidagi tuman. Tuman markazi — Chah Ab[1]. Tuman iqtisodiyoti asosan dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Tuman Tolibon nazorati ostida deb qaraladi[2].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chah Ab 764 kilometr maydonga ega, bu nisbatan olib qaraganda Dominikaga hududiga teng[3]. Tumanda 63 ta qishloq bor.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chah Ab Takhar viloyatining shimoli-sharqiy burchagida joylashgan boʻlib, Afgʻonistonning 3 tumani va Tojikistonning bir viloyati bilan chegaradosh. Jumladan: sharqdan Shahri Buzurg, janubdan Rustaq, gʻarbdan Yangi Qala, shimoldan Khatlon. Shahri Buzurg Badaxshon viloyatida joylashgan[4]. Khatlon — Tojikistondagi viloyat. Chah Ab va Khatlonni Panj daryosi ajratib turadi.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 2015-yil holatiga 87860 nafar aholi istiqomat qiladi. Har 100 ayolga 99 erkak toʻgʻri keladi va oʻrtacha yosh 16,2 yoshni tashkil qiladi. 2015-yilda aholining 40,3 foizi ish bilan band boʻlgan boʻlsa, ularning 5 foizi ish izlayotgan edi. Oilalar oʻrtacha miqdorda 6,5 kishidan iborat.

Iqtisodiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dehqonchilik va chorvachilik hududning asosiy iqtisodiy faoliyati hisoblanadi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari sifatida bugʻdoy, arpa, zigʻir, noʻxat va kunjut yetishtiriladi. Yangi texnologiyalar va malakali ishchilar yetishmasligi sababli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hosildorlik darajasi past.

Chah Ab konlar va tabiiy resurslarga boy boʻlib, qazib olinadigan qimmatli materiallardan biri oltindir[5]. Biroq, bu jarayon ham tartibga solinmagan. Bundan tashqari, elektr quvvati yoʻqligi, yoritish va isistish ehtiyojini qondirish uchun oʻrmonlar doimiy ravishda kesilmoqda.

Taʼlim va sogʻliqni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda 15-24 yoshdagi aholining faqat uchdan bir qismi, 2006-yilda esa 10 foizdan kami kitob oʻqiy olgan. Taʼlim sifati past; mablagʻ, xodimlar, jihozlar va binolar yetishmaydi. Baʼzi odamlar anʼanaviy mentalitetlari tufayli qizlarni maktabga yuborishga qarshi.

Tumanda 2006-yildan buyon bittagina vrachlik punkti mavjud, ammo u barcha sogʻliqni saqlashga muhtoj boʻlganlarga xizmat qila olmaydi. Bu oʻlim darajasining yuqorilab borishiga sabab boʻladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Takhar Maps Combined“. nps.edu. AIMS (2004-yil yanvar). Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
  2. „Mapping Taliban Control in Afghanistan“. longwarjournal.org (29-avgust 2017-yil). Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
  3. „Islands by Land Area“. islands.unep.ch (1998). — „787.3 sq.km. Dominica“. 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
  4. „Afghanistan Administrative divisions“. aims.org.af (2007-yil mart). 23-sentabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
  5. Pajhwok Reporter. „Ministry Cancelles Takhar gold mine project“. pajhwok.com. Pajhwok Afghan News (8-may 2019-yil). — „Nuraba gold mine in Chah Ab district of northern Takhar province“. Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.