Chakhansur tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chakhansur tumani

چخانسور
Tuman
Skyline of Chakhansur tumani
31°10′0″N 62°4′0″E / 31.16667°N 62.06667°E / 31.16667; 62.06667 G OKoordinatalari: 31°10′0″N 62°4′0″E / 31.16667°N 62.06667°E / 31.16667; 62.06667 G O
Aholisi
11 165 (2 004-yil)
Vaqt mintaqasi UTC+4.30
[[File:|290px|Chakhansur tumani xaritada]]
Chakhansur tumani
Chakhansur tumani
Janubiy Afgʻoniston, Pokiston va Eronning chang boʻroni paytidagi sunʼiy yoʻldoshdan olingan tasviri.

Chaxonsur (forscha: چخانسور) — Afgʻonistonning Nimruz viloyatidagi tumanlardan biri. 2004-yil holatiga koʻra tumandagi aholi soni 11 165 nafarga yaqin. Bularga pushtun, tojik, baluj va hazora etnik guruhlar kiradi[1].

Iqtisodiyoti birinchi navbatda qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Sugʻorish uchun zarur boʻlgan suv vaqti-vaqti bilan qurib qoladigan Siston havzasining holatiga bogʻliq.

Afgʻonistonning bu hududi oʻrta asrlarda Ipak yoʻlidagi asosiy madaniy markazi boʻlgan. Ammo koʻpgina qadimiy inshootlar hozirda qum bilan qoplangan. Chaxonsur hududida tarixiy sugʻorish tizimlari, shu jumladan kanallar belgilari hamon koʻrinib turibadi. Boshqa joylarda esa kanallar loy bilan toʻlib qolgan va dehqonchilik dalalari qum bilan koʻmilgan. Bugungi kunda hududda nisbatan kam aholi yashaydi. Tumanda suvni nazorat qilish, davriy suv toshqini va qurgʻoqchilik bilan bogʻliq muammolar mavjud[2][3][4].

2004-yilda Chaxonsur dehqonlari qattiq va uzoq muddatli qurgʻoqchilikni boshidan kechirgan edi. Butunjahon oziq-ovqat dasturi yordam berganiga qaramay, 20 000 kishi suv va ish qidirish uchun uylarini tashlab ketishgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Chakhansor District“. Central Statistics Office Afghanistan. Afghanistan's Ministry of Rural Rehabilitation and Development (2004). Qaraldi: 2012-yil 18-iyul.
  2. „Floods kill three, destroy 300 houses in western Afghanistan“. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 31-iyul.
  3. „History of Environmental Change in the Sistan Basin 1976 - 2005“. 2007-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-oktyabr.
  4. „Restoration, Protection and Sustainable Use of the Sistan Basin“. Qaraldi: 2007-yil 20-iyul.
  5. Gall, Carlotta. „Afghans dig in, but losing ground to 7-year drought - 37 percent of population can't meet basic needs“. San Francisco Chronicle (2004-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 31-iyul.