Sharana tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharana

شرنه ولسوالۍ
tuman
33°7′48″N 68°46′48″E / 33.13000°N 68.78000°E / 33.13000; 68.78000 G OKoordinatalari: 33°7′48″N 68°46′48″E / 33.13000°N 68.78000°E / 33.13000; 68.78000 G O
Mamlakat Afgʻoniston
Aholisi
 (2019)
63 626
Vaqt mintaqasi UTCAfgʻoniston Standart vaqti
Sharana xaritada
Sharana
Sharana

Sharana tumani (pushtucha: شرنه ولسوالۍ) yoki Sharan tumani (forscha: ولسوالی شاران) Afgʻonistonning Paktika viloyatida joylashgan. Paktika viloyati va Sharana tumanining markazi Sharana shahri hisoblanadi. Paktika gubernatori qarorgohi ham Sharana shahrida boʻlib, u viloyat politsiya shtabi boshqarmasiga biriktirilgan. Tuman Ghilji pushtunlariga qarashli Sulaimankhel qabilasi manzilgohining markaziy qismida joylashgan[1]. 2019-yilda aholi soni tahminan 63 626 kishini tashkil etgan[2].

Sharana shahri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharana shaharchasi Paktika gubernatori qarorgohi yaqinida joylashgan. 2006-yilning oxiriga qadar ushbu shaharchada hukumatning yagona aniq boʻlimi yoki idorasi, hatto savdo markazi ham boʻlmagan. 2007-yilning oxiriga kelib Sharanada bir nechta davlat idoralari va 2008-yil soʻnggida yangi koʻrinishdagi Sharana bozori qurildi. Sharana shahrining chegaradosh tumanlariga olib boruvchi ayrim yoʻllar ham asfaltlangan. Sharana tumani Ghazni viloyati markazidan 50 — 60 km uzoqlikda joylashgan. Tolibon va Haqqoniy tarmog'i tomonidan baʼzi koʻpriklar va suv quvurlariga shikast yetkazilganligi sababli Ghaznigacha boʻlgan masofa bir soat. Sharana aholisi asosan pushtunlardan iborat. Undan tashqari tumanda hazora va tojiklar ham yashaydi.

Viloyatni qayta qurish guruhi bazasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Camp Kearney nomli viloyatni qayta qurish guruhi bazasi Paktika viloyatining yana bir yirik shahri boʻlgan Urgun tumanida, gubernator qarorgohining sharqiy tomonida joylashgan.

Armiya bazasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek, Afgʻoniston milliy armiyasining „FOB Rushmore“ deb nomlangan bazasi ham Sharana gubernatori qarorgohi yaqinida joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Paktika Province Tribal Map (Page 11). Naval Postgraduate School.
  2. „Estimated Population of Afghanistan 2019-20“. Central Statistics Organization (18-noyabr 2019-yil). 9-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2020-yil.