Baharak tumani, Taxor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baharak tumani — Afgʻonistonning Takhar viloyatidagi tuman. Tuman 2005-yilda Taluqan tumanidan ajralib chiqqan[1]. Aksariyat odamlar qishloq xoʻjaligi sohasida ishlaydi. Bu tuman Afgʻoniston hukumati va Tolibon oʻrtasidagi janglar joyi boʻlgan; Baharak 2018-yil oxirida munozarali deb topilib, 2021-yil avgustida Tolibon qoʻliga oʻtgan[2][3].

Geografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Takhar viloyati xaritasi

Baharak 231 kvadrat kilometr maydonga ega, bu nisbatan qaralganda San-Visente maydoniga teng[4]. Tumanni viloyat markazi Taloqan bilan bogʻlaydigan ikkinchi darajali yoʻllar va Khwaja Ghar tumani bilan bogʻlaydigan kichikroq yoʻl mavjud. Tuman Taloqandan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Baharak shimoldan Khwaja Ghar tumani, sharqdan Hazar Sumuch tumani, janubdan Taluqon tumani va gʻarbdan Dashti Archi tumani hamda Bangi tumani bilan chegaradosh. Dashti Archi Qunduz viloyatida, qolgan barcha tumanlar Takhar viloyatida joylashgan[5]. Baharak ham Aqtosh tumani bilan chegaradosh deb qaralishi mumkin, ammo Aqtosh vaqtinchalik tuman.

Badaxshon viloyatida yana bir Baharak tumani bor.

Demografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baharak aholisi 34339 kishini tashkil qiladi va jins nisbatida har 100 ayolga 101 erkak toʻgʻri keladi. Tumanning koʻp qismini oʻzbeklar, pushtun, tojik va hazoralar tashkil qiladi. Oʻrtacha yosh 16,6 va aholining 57,6 foizi ishsiz. Ishsizlarning 13 foizi ish izlamoqda. Baharakda 4800 ga yaqin xonadon bor, har bir oiladagi aʼzolarning oʻrtacha soni 7,1 kishidan iborat.

Iqtisodiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baharakdagi ish bilan band odamlarning yarmiga yaqini qishloq, oʻrmon xoʻjaligi yoki baliqchilik sohalarida ishlaydi. Bugʻdoy va sholi asosiy ekinlar boʻlib, arpa, joʻxori, kunjut, makkajoʻxori, paxta, poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Biroq chigit, texnika, maxsus omborxonalar va oʻgʻit yetishmaydi. Ilgari chorvachilik ham bor edi, lekin urush va qurgʻoqchilik tufayli koʻp imkoniyatlar yoʻqotildi.

Hunarmandchilik Baharakdagi yana bir asosiy soha hisoblanadi.

Taʼlim va sogʻliqni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baharakda 15-24 yoshdagi odamlar orasida savodxonlik darajasi 35 % ni tashkil qiladi. Tumanda bitta madrasa, 2 ta oʻrta maktab va boshlangʻich maktablar bor. Bu taʼlim ahvoli yaxshilanib borayotganidan darak beradi, chunki 2002-yilda tumanda sanoqli maktablar mavjud edi. Biroq, oʻqituvchilar va oʻqish uchun jihozlar yetishmaydi, bundan tashqari taʼlimga nisbatan qarshilik ruhi ham mavjud.

Baharakda ikkita sogʻlomlashtirish punkti mavjud — biri tuman markazida, ikkinchisi Qora Kamar qishlogʻida. Zarur hollarda bemorlarni Taloqanga olib borish uchun tez yordam mashinasi ham ajratilgan. Ammo, hududda sil va bezgak kasalliklari muammo boʻlib qolmoqda. Baharak aholisi tibbiy bilim, mablagʻ, shifokor va tibbiy asbob-uskunalar etishmasligidan aziyat chekadi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „398 District Division Matching to 329 District Division“. aims.org. 22-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-avgust 2020-yil.
  2. „Quarterly Report to the United States Congress“. SIGAR (30-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 14-avgust 2020-yil.
  3. „Mapping the advance of the Taliban in Afghanistan“ (en-GB). BBC News (5-avgust 2021-yil). Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
  4. „Islands by Land Area“. unep.ch (1998). 20-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.
  5. „Takhar Province Reference Map“. humanitarianresponse.info. United Nations Office for the Coordination of Humanitarian Affairs (9-fevral 2014-yil). Qaraldi: 13-avgust 2020-yil.