Maruf tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maruf tumani

معروف
tuman
31°26′18.0049″N 67°2′12.4973″E / 31.438334694°N 67.036804806°E / 31.438334694; 67.036804806 G OKoordinatalari: 31°26′18.0049″N 67°2′12.4973″E / 31.438334694°N 67.036804806°E / 31.438334694; 67.036804806 G O
Mamlakat Afgʻoniston
Aholisi
 (2006)
200 000
Vaqt mintaqasi UTC+4,30
Maruf tumani xaritada

Maʼruf tumani (forscha: معروف, shuningdek, Maʼruf yoki Maruf) — Afgʻonistonning Qadahor viloyatidagi tuman. Gʻarbda Arghistan tumani, shimolda Zabul viloyati va sharq va janubda Pokiston bilan chegaradosh. Aholisi 2006-yilda 200 ming kishini tashkil qilgan. Tuman markazi — Maʼruf shaharchasi, tumanning shimoliy qismida joylashgan. Bu Pokiston yaqinidagi togʻli dovonlarga ega boʻlgan tuman. Bu tumanda 360 ta qishloq bor. Maʼruf tumani asosan qishloq xoʻjaligi uchun unumdor yerlarga ega tuman hisoblanadi.

Bu tuman pashton qabilalari uchun alohida tarixga ega: Maʼruf va Argʻiston tumanlarining eski nomi 2300-yil avval Arakoziya boʻlgan. Podshoh Amir Abdurahmonxon hukmronligi davrida Ma’ruf tumani chegarasi oʻsha paytda Balujiston tumaniga qadar yetgan. Keyinchalik Job, Qlalqala Saifulloh va Tobah kabi hududlar Pokiston tarkibiga kirgan. 

Ushbu tumanda asosan Pushton qabilalari yashaydi: Barakzay, Alizai, Kakar Osean, Alokozai, Ishoqzai, Khog Yani, Sydan, Adizai va boshqalar shular jumlasidandir.

Afgʻon imperatori Ahmad Sho Baba umrining soʻnggi yillarida Ma’ruf tumanida yashagan.

Bu tumanda ikkita mashhur daryo bor; Samee va Bayek.

2018-yil 22-fevral kuni Tolibon kuchlari tuman markazini egallagan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Taliban: Marouf district of Kandahar province Afghanistan fell to the hands of the Taliban Kandahar“ (en). Afghanistan news map - security alerts from Afghanistan - afghanistan.liveuamap.com. Qaraldi: 2019-yil 21-oktyabr.