Khwaja Ghar tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Khwaja Ghar tumani — Afgʻonistonning Takhar viloyatidagi tuman. Tumanga 1996—2001-yillardagi Afgʻoniston fuqarolar urushi paytida Tolibon va Shimoliy alyans oʻrtasidagi janglarda jiddiy talofot yetkazilgan.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Takhar viloyatining 2005-yilgacha boʻlgan xaritasi
Takhar viloyatining 2005-yildan keyingi xaritasi

Khwaja Ghar 402 kvadrat kilometr maydonga ega boʻlib, bu Wight orolining maydoniga nisbatan teng[1]. Tumanni Dasht-i-Archi va viloyat markazi Taloqon bilan bogʻlaydigan asosiy yoʻllar mavjud, ammo ular minalangan. Khwaja Gharni Dashti Qala tumani bilan bogʻlaydigan kichikroq yoʻl bor. Khwaja Ghar Koʻkcha va Amudaryoning suv havzasi orasida joylashgan[2].

Khwaja Ghar shimoli-sharqda Dashti Qala va Rustoq tumanlari, sharqdan Hazar Sumuch tumani, janubdan Baharak tumani, gʻarbdan Dashte Archi va shimoldan Khatlon tumanlari bilan chegaradosh. Khatlon viloyati Tojikistonda, Dashte Archi Qunduz viloyatida joylashgan . Boshqa barcha chegaradosh tumanlar Takhar viloyatida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Khwaja Ghar birinchi marta 1973-yilda Muhammad Ashraf tomonidan aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish uchun xaritaga tushirilgan[3].

Keyinchalik, 2001-yilda, Tolibon 2001-yil boshida[4] Khwaja Gharni qoʻlga oldi va oʻsha yilning noyabrigacha oʻz nazoratida ushlab turdi[5]. Jang 20 yil ichidagi eng ogʻir jang boʻlgan va tumanning katta qismini vayron qilinishiga olib kelgan.

2005-yilda Khwaja Gharning bir qismidan Dashti Qala tumani tashkil etilgan[3][6]. Muhammad Umar 2006-yilda tuman hokimi etib tayinlangan[7].

Tolibon 2010-yil boshida Dashte Archi tumanidagi isyonchilardan yordam olib, Khwaja Gharni nazorat qilish uchun hukumatga daʼvo qila boshlagan. 2010-yil oxirida tumanning katta qismi munozaralar ostida qolib, goh Tolibon nazorati ostida boʻlgan, goh oʻzini oʻzi boshqargan[4].

2006-yil avgust oyida xavfsizlik kuchlari tomonidan himoya kelmaguncha Tolibon qisqa muddatga tuman markazini egallab oldi. Tinch aholining aytishicha, tuman markazida boʻlgan aholi salbiy taʼqibga uchragan[8][9]. Tolibon 2017-yil mart oyida Khwaja Gharning 20 foizini oʻz nazoratiga olganini daʼvo qildi[10]. Keyinroq oʻsha yilning iyun oyida 10 ta qishloq Tolibon tomonidan bosib olingan[11]. Oʻshandan beri Khwaja Gharda koʻplab voqealar sodir boʻldi[lower-alpha 1]. 2018-yil oxirida tuman isyonchilar taʼsirida boʻlgan deb hisoblangan[12].

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 74769 nafar aholi istiqomat qiladi va jins nisbati har 20 ayolga 21 erkakdan toʻgʻri keladi. Khwaja Ghar aholisining asosiy qismini koʻpchilik oʻzbeklar va qisman kamroq boʻlgan pushtun va tojiklar tashkil qiladi. Oʻrtacha yosh 16,4 boʻlib, aholining taxminan 40 % ishlaydi. Ishsizlarning 10 foizi ish izlamoqda. Tumanda 10,5 mingga yaqin xonadon mavjud boʻlib, ulardagi oʻrtacha odam soni 7,1 kishini tashkil qiladi.

Tumanda 62 ta qishloq bor.

Iqtisodiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ish bilan band boʻlganlarning 40 % qishloq xoʻjaligi, ovchilik, baliqchilik yoki oʻrmonchilik sohalarida ishlaydi — bu Khwaja Ghardagi eng katta sektordir. Asosiy ekinlari bugʻdoy, arpa, paxta, zigʻirdan iborat. 14 ming gektarga yaqin sugʻoriladigan, 32 ming gektar lalmikor yerlar mavjud, ammo barcha yerlardan foydalanilmaydi. Sugʻorish Taloqan daryosi orqali taʼminlanadi, ammo Khwaja Gharga yetguncha suv darajasi pasayib boradi. Qishloq xoʻjaligida yetishtirilgan urugʻlik, zamonaviy dehqonchilik usullari, taʼlim, jihozlar, muzlatgichlar yetishmasligi sababli yetishtiriladigan mahsulotlar kam. Tumanda chorvachilik bilan ham shugʻullaniladi, bunda asosan qoʻy va echki boqiladi[4].

Ishchi kuchining 30 foizi xizmat koʻrsatish sohasida ishlaydi. Ayollarning asosiy qismi toʻquvchilik va tikuvchilik bilan shugʻullanadi.

Tuman bozori bu hudud Tojikistonga yaqin boʻlgani uchun shimoli-sharqdagi eng yirik bozorlardan biriga aylangan. Khwaja Ghar qonuniy va noqonuniy transchegaraviy savdodan foyda koʻradi[4].

Taʼlim va sogʻliqni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Khwaja Ghar 15-24 yoshdagilar uchun savodxonlik darajasi 50 foizni tashkil etadi. Bu yerda 5 ta umumtaʼlim maktabi, 7 ta boshlangʻich maktab, 1 ta diniy maktab boʻlib, ularda 150 ga yaqin oʻqituvchi ishlaydi. Biroq, maktablar yaxshi jihozlanmagan va qoʻshimcha mablagʻ, oʻqituvchilar, binolar va transportga muhtoj.

Tumanda 3 ta vrachlik punkti, 9 ta dorixona mavjud. Khwaja Ghar aholisi ichimlik suvi, shifokorlar va professional doyalar yetishmasligidan aziyat chekadi. Shunga qaramay, 2020-yil 1-mart kuni tumanda bitta klinika yopilgan[13].

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. See here for specific instances

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Islands by Land Area“. unep.ch. — „391.5 sq.km. Wight, Isle of“. 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  2. „Description of Watersheds“. aizon.org 109. Qaraldi: 10-avgust 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 „Afghanistan District Maps“. arcgis.com. Qaraldi: 11-avgust 2020-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Koehler. „Conflict and Stability in Afghanistan: Methodological Approaches“. Qaraldi: 11-avgust 2020-yil.
  5. Dr. Abdullah Abdullah. „Abdullah Abdullah: Northern Alliance has Taken Taloqan“. transcripts.cnn.com. CNN (11-noyabr 2001-yil). Qaraldi: 11-avgust 2020-yil.
  6. „398 District Division Matching to 329 District Division“. aims.org. 22-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2020-yil.
  7. Reuter. „Why a Deal with the Taliban May Be Inevitable“. spiegel.de (6-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 11-avgust 2020-yil.
  8. Pajhwok Report. „Fierce fighting on as security forces retake Khwaja Ghar“. pajhwok.com. Pajhwok Afghan News (22-avgust 2016-yil). Qaraldi: 11-avgust 2020-yil.
  9. „End of one hour Taliban presence in Khawaja“. swn.af (1-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 11-avgust 2020-yil. [sayt ishlamaydi]
  10. „Percent of Country under the control of Mujahideen of Islamic Emirate“. alemaraenglish.net. Voice of Jihad. 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2020-yil.
  11. „Taliban captured ten villages in Takhar“. 1tvnews.af (18-iyun 2017-yil). 2017-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2020-yil.
  12. „Quarterly Report to the United States Congress“. sigar.mil. Qaraldi: 11-avgust 2020-yil.
  13. „Humanitarian Update (24 February- 1 March 2020)“. reliefweb.int. Qaraldi: 10-avgust 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Khwaja Ghar xaritasi

Takhar viloyati xaritasi