Chita viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chita viloyati — RF tarkibidagi viloyat. 1937 yil 26 sentabrda tashkil kilingan. Baykalortida joylashgan. Chita viloyati Aga Buryapglari muxgpor okrugini oʻz ichiga oladi. Maydoni 431,5 ming km². Aholisi 1156,2 ming kishi (2002), asosan, rus, buryatlar, shuningdek, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari xam yashaydi. Shahar aholisi 64%. 31 maʼmuriy tuman, 10 shahar, 45 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Chita shahri Boshqa yirik shaharlari: Krasnokamensk, Borzya.

Relyefida oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (balandligi 3072 m) va ularni boʻlib turgan soylik koʻp. Shim.da togʻlar 3072 m. gacha koʻtarilgan (Kodar tizmasi). Jan. da keng Ononboʻyi tekisligi bor. Foydali qazilmalari: qalay, oltin, polimetallar, mis, molibden, volfram, temir rudalari, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, magnezit va boshqa konlar mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Qishi quyoshli, quruq va sovuq. Yanv.ning oʻrtacha trasi —26°, —33°. Yozi iliq, qisqa. Iyulning oʻrtacha trasi 17—21°. Yiliga 240–400 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 120—160 kun. Muzloq yer koʻp. Asosiy daryolari: Shilka va Argun (Amur irmoqlari), Xilok va Chikoy (Selenga irmoqlari), Olyokma va Vitim (Lena irmoqdari). Yirik koʻllari: Katta Leprindo, Leprindokan, Nichatka, Chita koʻllari guruhi, Kenon, ZunTorey, BarunTorey. Mineral suvlar bor. Chita viloyati oʻrta tayga va dasht zonasida joylashgan. Tuproklari, asosan, togʻtayga, podzol; dashtlarda qoratuproq va kashtan tuproq; togʻlararo soyliklarda oʻtloq muzloq va oʻtloqqoratuproq. Hududining 50%dan ziyodini togʻtayga oʻrmonlari (dauriya tilogʻochi, qaragʻay, kedr, qayin) egallaydi. Jan.da va soyliklarda turli xil oʻtli dashtlar bor. Oʻrmonlarda sobol, kolonok, tiyin, qoʻngʻir ayiq, silovsin, shim. bugʻusi, izyubr va boshqa, oʻrmonli dasht va dasht rnlarda boʻrsiq, boʻri, olasichqon, quyon, yumronqoziq va boshqa yashaydi. Qushlardan karkur, kaklik, turna va boshqa mavjud. Daryolarda baliqning noyob turlari (omul, osetr, taymen, sig va boshqalar) bor. Viloyat hududida Dauriya va Soxonda qoʻriqxonalari joylashgan.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: konchilik (oltin, molibden, kalay, qoʻrgʻoshinrux, polimetall, kumir qazib olish), qora metallurgiya, mashinasozlik (yogʻochsozlik stanoklari, kemasozlik zdlari). Oʻrmon va yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiklik elektr styasi ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: Chita, PetrovskZabaykalskiy, Krasnokamensk, Baley, Borzya.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — chorvachilik (mayin junli va yarim mayin junli qoʻychilik, qoramolchilik), shim. da bugʻuchilik va moʻynachilik. Donli ekinlar (bugʻdoy, suli, arpa), kartoshka, sabzavot va boshqa ekiladi. Transport yoʻlininglar (Transsibir temir yoʻl magistrali), avtomobil transporta rivojlangan. Chitala xalqaro aeroport bor. Shilka daryosida kema qatnaydi. Bir nechta oʻrta maxsus bilim yurti, 3 oliy oʻquv yurti, i.t. institutlari, 4 muzey, 2 teatr faoliyat koʻrsatadi. 30 dan ziyod kurort va dam olish muassasalari ishlab turibdi.