Kontent qismiga oʻtish

Hikmatilla Tursunov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Hikmat va familiyasi Tursunov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Tursunov Hikmatilla Qoʻchqorovich
Турсунов Ҳикматилла Қўчқорович
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri
Mansab davri
1997-yil – 2000-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Rustam Ahmedov
Vorisi Yuriy Agzamov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-iyun 1954-yil (1954-06-18) (71 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

Tursunov Hikmatilla Qoʻchqorovich (oʻzbekcha: Турсунов Ҳикматилла Қўчқорович, 1954-yil 18-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonning harbiy arboblaridan biri, sobiq Mudofaa vaziri (1997—2000). General-polkovnik.

Maʼlumoti – oliy, 1977-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini va 1989-yilda Moskva bronetank qoʻshinlari akademiyasini bitirgan. 1991-yilgacha SSSR Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida faoliyat yuritgan[1]. 1991—1997-yillarda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tizimida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1997-yil 29-sentyabrda Prezident Islom Karimov uni Mudofaa vaziri etib tayinlagan. 2000-yil 20-fevralda isteʼfoga ketgan[2].

  1. Biografiya | Labirint.ru
  2. Biografiya | Centrasia.ru, 2017-04-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-09-07