Qodir Gʻulomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Gʻulomov Qodir Gʻofurovich
Gʻulomov Qodir Gʻofurovich
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri
2000-yildan — 2005-yil 18-noyabrgacha
Prezident: Islom Karimov
Oʻtmishdoshi: Yuriy Agzamov
Vorisi: Ruslan Mirzayev[1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport boʻyicha davlat maslahatchisi
2005-yil 18-noyabrdan — 2006-yil 16-yanvargacha
Prezident: Islom Karimov
Oʻtmishdoshi: Sh. Egamberdiyev
Vorisi: M. Ikromov
 
Tavalludi: 15-fevral 1945-yil (1945-02-15) (75 yosh)
Toshkent
 
Mukofotlari:

Andoza:Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti2-darajali Shon-sharaf ordeni

Gʻulomov Qodir Gʻafurovich (1945.15.2, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari d-ri (1980). Moskva davlat universitetini tugatgan (1968). Ayni paytda Dubnadagi Birlashgan yadro tadqiqotlari institutda ishlagan (1967-68). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida kichik ilmiy xodim (1969-70), Fizika-texnika institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1971—88). "Fizika—Quyosh" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktor muovini (1988—89), Bosh direktori (1989—99), Oʻzbekiston FA Bosh ilmiy kotibi (1991—99), Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri (2000—2005), Prezident davlat maslahatchisi (2005-2006). Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadro fizikasi, elemen-tar zarralar fizikasi, materialshunoslik sohalariga oid. Uning rahbarligida turli tipdagi quyosh kollektorlari, fotobatareyalar, yangi abraziv uskunalar, izolyatorlar va keramik buyumlar yaratildi hamda ularni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983)[2].

Manbalar[tahrir]

  1. О назначении Гуломова К.Г. государственным советником Президента Республики Узбекистан по вопросам развития науки, образования, здравоохранения и спорта / 18.11.2005 г. / УП-3685 / Вед. ОМ, N 11, ст. 398
  2. OʻzME